133
2. Haqiqatda xodimning mehnatga munosabatini belgilab beradigan
asoslovchi omillar.
Shu bilan birga, agar omillarning birinchi guruhi (boshqaruv uslubi,
shaxslararo munosabatlar, ish haqi, ish bilan bandlik kafolatlari, mehnat
sharoitlari, kasbiy maqom) normal talablarni qoniqtirmasa, u holda ishdan
manfaatdorlik yo’qligi effekti vujudga keladi, bu hol inson resurslarining
mehnat potentsialini faollashtirishni boshqaruv tizimi uchun mumkin
bo’lmaydigan qilib qo’yadi yoki nihoyatda qiyinlashtirib yuboradi. Biroq,
qo’llab-quvvatlovchi omillar etarli darajada namoyon bo’lishini boshqaruv
tizimi bilan ta’minlash mehnatga ijodiy munosabatning zarur, lekin etarli
bo’lmagan sharti hisoblanadi.
Ijodiy potentsialni faollashtirish uchun quyidagi asoslovchi omillarni
harakatga keltirish talab qilinadi:
• shaxsiy muvaffaqiyat;
• e’tirof etish;
• ilgari surish;
• mehnatning boyitilishi («ish o’z yo’li bilan»);
• kasbiy jihatdan ko’tarilish imkoniyati;
• mas’uliyat.
Asoslovchi omillarni faollashtirish personalning kompaniya ishlarida
eng ko’p darajada ishtirok etishini: o’z ish joyida mustaqil va mas’uliyatli
qarorlar qabul qilishdan tortib to kompaniyaning innovatsion dasturlarida
hamkorlik qilish va sherik sifatida ishtirok etishini ta’minlash uchun
qodirdir.
Umuman, 70-yillarning boshlaridan e’tiboran butundunyoda bosh-
qaruvning yaponcha modeli tobora ko’proq qiziqish uyg’ota boshladi. Bu
model XX asrning 20-yillarida vujudga kelgan bo’lib, lekin g’oyat chuqur
ildizlarga egadir, ular yapon madaniyatining qadimiy davrlariga borib
taqaladi.
«Inson potentsiali»ni amalga oshirishni ta’minlaydigan yapon
tajribasining farq qiluvchi xususiyatlari sifatida quyidagi asosiy belgilarni
hisoblash kerak:
Dostları ilə paylaş: