O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Emerson, M. Veber, A. Fayol, G. Ford



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

Emerson, M. Veber, A. Fayol, G. Ford va boshqalar nomi bilan bog’liq 
edi. Menejment nazariyasining mazkur klassiklari barcha korxonalar 
uchun «optimal» bo’lgan boshqarish va mehnatni tashkil etishning ilmiy 
usullarini ishlab chiqdilar. Teylorizmning umuman boshqarish va xususan 
personalni boshqarish to’g’risidagi qarashlarida asosiy g’oya mehnatni eng 
oddiy operatsiyalar majmuidan iborat, deb tasavvur qilishdan iborat edi. 
Bunda mazkur operatsiyalar tor ixtisosdagi xodimlar tomonidan vaqt 
standartlarini belgilash yo’li bilan bajarilar va mahsulot ishlab 
chiqaruvchilar daromadlarining ko’payishi va iste’molchilarga past narxlar 
belgilanishi nazarda tutilar edi.
Teylorchilar andozasining tayanch tamoyillari quyidagilar edi: 
• mehnat jarayonini (ishlab chiqarish operatsiyalarini) tarkibiy 
qismlar va elementlarga bo’lib chiqish va bu bilan mehnat funktsiyalarini 
soddalashtirish; 
• xronometraj yordamida mehnat jarayonlarini bajarish mo’ljallangan 
zarur vaqtni aniqlash va shu asosda ham butun ishga doir, ham uni tashkil 
etuvchi ayrim operatsiyalarga doir topshiriqlarni (normalarni) belgilash; 
• mehnat usullarini ishlab chiqish, eng unumli usulni tanlab olish,
uni texnologik hujjatlarda qayd etish, barcha xodimlar ularni bajarishi 
shart ekanligini ta’kidlash; 
• belgilangan topshiriqni bajarish va oshirib ado etish uchun 
mo’ljallangan asoslovchi vositalarni tatbiq etish.
F. Teylor o’z tizimini ishlab chiqar ekan, vaqtni tejash mahsulot 
ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish imkonini berishiga asoslandi.
1912 yilda G. Emerson tomonidan ifodalab berilgan mehnat
unumdorligi tamoyillari (maqsadning aniq qilib qo’yilishi; sog’lom fikr; 
chuqur bilimga ega bo’lgan maslahatchilar; intizom; personalga adolatli 
munosabatda bo’lish; tez, to’liq, aniq va doimiy hisobga olish; yozib 


123 
qo’yilgan yo’riqnomalar; erishilgan unumdorlik uchun rag’batlantirish) 
mezon sifatida e’tirof etildi, uning yordamida har qanday korxona, ishlab 
chiqarish, operatsiya tekshirilishi mumkin, ishning muvaffaqiyati esa 
yuqorida sanab o’tilgan 12 tamoyildan farq qilish darajasi bilan 
belgilangan.
Agar ishlab chiqarish personalni boshqarishning klassik usullari,
asosan, Frederik Teylor va uning izdoshlari tadqiqotlarining natijalari bilan 
mos kelsa, ma’muriy boshqaruv personaliga klassik yondashuvlar Anri 
Fayol nomi bilan bog’liqdir, u klassik maktabning asoschisi hisoblanadi va 
uni ba’zan «menejmentning otasi» deb atashadi.
Klassik maktab namoyandalarining ishlari faqat ishlab chiqarish 
personali mehnat unumdorligini oshirishga emas, balki umuman 
tashkilotni boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan edi. Ma’muriy 
boshqaruv maktabining yaratuvchilari katta biznesdagi boshqaruvning 
yuqori bo’g’ini rahbarlari sifatida bevosita tajribaga ega edilar. Anri Fayol 
ko’mir qazib chiqarish bo’yicha frantsuz kompaniyasiga rahbarlik qilgan. 
Lindvall Urvik Angliyada boshqaruv sohasida maslahatchi bo’lgan, Jeyms 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin