O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy chiqimlari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy chiqimlari. Ishsizlikning iqtisodiy 
chiqimlari mahsulot ishlab chiqarmaslik bilan bog’liqdir. Agar iqtisodiyot 
ishlashni xohlaydiganlar va ishlay oladiganlar uchun etarli miqdordagi ish 
o’rinlarini yaratib berishga qodir bo’lmas ekan, tovarlarni potentsial ishlab 
chiqarish va xizmat ko’rsatish butunlay yo’qoladi. SHunday vaziyat 
vujudga keladiki, unda yalpi milliy mahsulotning hajmi yaratilishi mumkin 
bo’lgan potentsial yalpi milliy mahsulotdan kamroq bo’ladi. Haqiqiy va 


117 
potentsial yalpi milliy mahsulotlar o’rtasidagi farqni yalpi milliy 
mahsulotning orqada qolishi deb atash qabul qilingan.
Ishsizlikning tashqi iqtisodiy chiqimlari jamiyatdagi ijtimoiy, ruhiy 
va siyosiy larzalarning sirtida yotadi. Bu faqat jamiyatdagi ijtimoiy 
taranglikni ko’paytirib qolmasdan, shu bilan birga mamlakat siyosiy 
yo’lining islohotlar yo’lidan uzoqlashish tomonga keskin o’zgarishi 
mumkinligini ham bildiradi. O’z vaqtida Gitler Germaniyada hokimiyat 
tepasiga chuqur iqtisodiy tanglik vujudga keltirgan ommaviy ishsizlik 
negizida kelgan edi. Ommaviy ishsizlik jamiyatning ayrim a’zolariga ham 
bevosita ta’sir ko’rsatadi, bu hol o’z-o’zini o’ldirishlar, ruhiy kasalliklar, 
yurak-tomir kasalliklaridan o’lishning ko’payishiga olib keladi.
8.3. Ishsizlikni kamaytirish yo’llari 
O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida, umuman, aholini 
ijtimoiy himoyalashning muhim sharti sifatida ish bilan bandlik va 
ishsizlikdan himoyalash siyosati dunyodagi ko’pgina rivojlangan 
mamlakatlarning boy tajribasiga asoslangandir. Ammo, bu tajribalarning 
ko’pchiligi O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tub mohiyatiga 
tatbiqan etarlicha to’g’ri kelavermaydi. Biz umumlashtirgan aholini ish 
bilan bandlik siyosatining asosiy yo’nalishlari ish bilan bandlik siyosati 
evolyutsiyasining faqat tarkibiy emas, balki tarixiy-mantiqiy tasvirini ham 
beradi. Aslini olganda, ish bilan bandlikning faol siyosatidan oldin yaxshi 
yo’lga qo’yilgan ishsizlarni hisobga olish, ro’yxatga olish, ishsizlarni 
samarali qo’llab-quvvatlash maqsadida ularni ijtimoiy himoyalash 
uslublari (passiv siyosat) amalga oshirilishi mamlakatda zarur edi. 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko’rsatishicha, hukumat ishsizlarning 
ijtimoiy himoyasini ta’minlagandan keyingina, boshqa ishlarga kiritishi — 
dastlab ish bilan bandlikni barqarorlashtirish (saqlash)ga, so’ngra uning 
o’sishini rag’batlantirishga kirishishi mumkin. Bunda ish bilan bandlikning 
o’sishini rag’batlantirish uch yo’nalishda amalga oshiriladi: 
• tadbirkorlar bilan ishlash, masalan, yangi ish joylari yaratilganda 
soliq imtiyozlarini berish, ishsizlarning ish izlashlarini faollashtirish; 
• ishchi kuchi taklifini rag’batlantirish; 
• yollanma ishchilar sinfini mehnat bozoridan chiqarish, o’z-o’zini 
band qilishni rag’batlantirish. 
O’zbekistonda ishsizlikning keskin ko’payishi ish bilan bandlik 
siyosatining normal evolyutsiyasi yo’lidan izchil borishga vaqt 
qoldirmaydi. Shuning uchun, ish bilan bandlikni ta’minlashning xilma-xil 


118 
dasturlari mo’ljallanganlarni davlatning haqiqiy moliyaviy imkoniyatlarini 
yaxshilab muvofiqlashtirib olmay, ish bilan bandlik ishining barcha 
yo’nalishlarini bir yo’lga qamrab olishga urinmoqda. Fikrimizcha, eng 
avvalo, ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirishga yo’llaniladigan 
moliyaviy mablag’larni muvofiq tarzda taqsimlab, mehnat bozorini 
tartibga solishning umumdavlat va mintaqaviy sohalarini belgilab olish 
kerak. Mahalliy mehnat bozorini tahlil qilish asosida ajratilgan 
mablag’larning har bir so’mini ish bilan bandlikning o’sishi ko’rinishidagi 
samara bilan qaytishi uni qaerga yo’llash kerakligini aniqlash kerak 
bo’ladi.
Ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirish usullari ham qayta ko’rib 
chiqilishi kerak. Ma’lumki, har qanday tartibga solish jarayoni, ma’muriy 
yoki iqtisodiy bo’lishi mumkin bo’lib, shu jumladan, mehnat bozoriga ham 
taalluqlidir. Tartibga solishning bu usullari o’rtasidagi chegara bozor 
mexanizmiga aralashuv darajasi chizig’i bo’ylab o’tadi. Ma’muriy usullar 
mehnat bozori ishiga bevosita, ba’zida hatto bozor mexanizmini buzib
aralashuvni nazarda tutadi. Tartibga solishning iqtisodiy usullari buyruq 
beradigan emas, tavsiyaviy, rag’batlantirish usullari asosida amalga 
oshadi.
O’zbekistonda 
amalga 
oshirilayotgan 
iqtisodiy 
islohotlar
Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyillar 
asosida bo’lib, unda ma’lum davrda iqtisodiyotni boshqarishda davlat 
tomonidan tartibga solishning ustuvorligi nazariy hamda amaliy jihatdan 
muhim o’rin egalladi va shu bilan bu bozor iqtisodiyotida o’z-o’zini 
boshqarish g’oyasini ham inkor etmadi.
Shunday qilib, ish bilan bandlikni tartibga solishning faol iqtisodiy 
usullariga quyidagi tadbirlarni kiritish mumkin: 
• mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni umumiy sog’lomlashtirish, 
investitsion faollikni rag’batlantirish, barqarorlashtirish va keyinchalik 
iqtisodiy o’sishga erishish; 
• iqtisodiyotni nodavlat sektorlarini rivojlantirish va kengaytirish 
uchun shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan, kichik biznes va o’z-o’zini 
ish bilan band qilishni qo’llab-quvvatlash; 
• ish bilan bandlikning oqil tuzilmasini yaratish maqsadida kasbiy 
o’qitish, qayta tayyorlash va maslahat berishni ta’minlash. 
Ko’rinib turibdiki, bu vazifalarni amalga oshirish bugun ham — 
kelajakda ham muhim omil bo’lib, ish bilan bandlikni ta’minlash ishsizlik
darajasining kamayishiga imkon beradi.


119 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin