O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Demak, O’zbekistonda ishsizlik o’sishining asosiy sababi, eng



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

Demak, O’zbekistonda ishsizlik o’sishining asosiy sababi, eng 
avvalo, mamlakat iqtisodiyoti davlat sektorida ishlab chiqarishning 


113 
qisqarishi bo’ldi. Iqtisodiy o’sish dinamikasi bilan ishsizlik o’rtasidagi 
aloqa uzviy bog’liq ko’rsatkichlardir.
Qoidaga ko’ra, g’arb iqtisodchilari iqtisodiy o’sish sur’atlarini 
aholini ish bilan bandligining o’sish sur’atlari bilan, tanazzulni esa 
ishsizlik darajasining o’sishi bilan bog’laydilar. Haqiqatan ham, industrial 
turdagi normal ishlayotgan bozor iqtisodi yotida iqtisodiy o’sish doimo 
tarmoqlarning rivojlanishi va kengayishini, demak, ish bilan bandlikning 
ortishini anglatadi. Shunday bo’lsa-da, rivojlanayotgan mamlakatlarda 
bunday bog’liqlik ko’zga ochiq tashlanmaydi. Masalan, ko’pgina 
rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatning tez o’sishi ish bilan bandlikning 
muvofiq kengayishini keltirib chiqarmadi. Iqtisodchilar bu hodisani 
sanoatdagi o’sish sur’atlaridan ancha yuqori bo’lgan urbanizatsiya 
sur’atlari hamda qishloqdan shaharga ko’chib kelayotgan aholi 
malakasining pastligida deb izohlaydilar.
MDH mamlakatlaridagi voqelik ishsizlikning iqtisodiy turg’unlik 
pasayishi sur’atlari bilan bevosita aloqasini tasdiqlamaydi. Masalan, sanoat 
ishlab chiqarish hajmlari deyarli ikki marta qisqarganda, ish bilan band 
bo’lganlar soni 10,0 %dan orti qroq kamayishi mumkin. Fikrimizcha, 
buning sababi quyidagicha bo’lishi mumkin. 
• 
Birinchidan
bu 
iqtisodiyotda 
davlat 
sektorining 
saqlanganligidir. Bozor islohotlarining boshlarida, davlat mulki ustuvor 
bo’lgan va korxonalarni, shu jumladan, qaror keltiradiganlarni ham davlat 
tomonidan qo’llab-quvvatlash davom etgan, ish haqining onda-sonda va 
kechikuvchi 
indeksatsiya 
qilinishi 
munosabati 
bilan 
inflyatsiya 
darajasining kamayishi korxonalarga, hatto ishlab chiqarish kamaygan 
sharoitlarda ham, aholini ish bilan bandligini saqlash imkonini beradi. 
Ikkinchidan, bu yashirin ishsizlikning to’liq bo’lmagan ish 
vaqti, ta’minot saqlanmagan ta’tillar shaklida ko’payishidir. Rasman ish 
bilan band bo’lgan bunday ishchilar hech qaerda ishsizlar sifatida 
ro’yxatga olinmaydi, ular garchi mohiyatiga ko’ra sezilarli darajada ishsiz 
bo’lsalarda, rasman boshqa ish joyini qidirmaydilar. Qoidaga ko’ra, 
qisman ish bilan band bo’lganlar ikkinchi marta ish bilan bandlik yoki o’z-
o’zini ish bilan band qilish deb atalmish aholini ish bilan bandligiga ega 
bo’ladilar. 
Uchinchidan, ishsizlikning kuchli o’sishi, ayniqsa, keskin 
iqtisodiy o’zgartirishlardan keyingi dastlabki yillarda mehnat bozoridagi 
taklif kamayganligi tufayli ko’zga tashlanmaydi. Qo’llanilgan muddatidan 
oldin pensiyaga chiqarish, uy xo’jaligida ish bilan band bo’lganlar sonini 
ko’paytirish (asosan, ayollar), yakka tartibdagi mehnat faoliyatining keng 


114 
tarqalishi - bu iqtisodiyot yashirin sektorining rivojlanishini jadallashtiradi 
- bularning hammasi bozordagi ishchi kuchi taklifini kamaytirdi. 
Aholini ish bilan bandlik dinamikasi, YaIM bilan ishsizlik 
o’rtasidagi bevosita aloqaning tasdiqlanmasligi dastlabki qarashda 
mantiqqa zid hodisadir. Ikki dalil kishini hayratga soladi: birinchidan, 
ishsizlikni YaIMning o’sishiga qiyoslash ilgarilovchi qisqarishi; 
ikkinchidan, ish bilan bandlikning kamayishi bilan birga ishsizlikning 
qisqarishi.
Fikrimizcha, bu hodisalarni faqat statistik xatoliklar va ishsizlik 
maqomini berish shartlarining qattiqlashuvi bilan izohlab bo’lmaydi. 
Ko’rinishidan yaxshi bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlarida ish bilan 
bandlikning kamayishini ikki sabab bilan izohlash mumkin. Birinchidan
yashirin ishsizlikning yuqori darajasi saqlanganligi, u o’z potentsialini 
hatto ayrim barqarorlik sharoitlarida ham ochiq bozorga chiqarib turadi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin