O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

Ikkinchidan, yashirin (xufiya) ish bilan bandlikning ko’payishi, u ishchi 
kuchi va ishsizlarning sezilarli qismini ochiq mehnat bozoridan topib 
turadi. Ko’pincha, yashirin ishsizlik to’g’ri yashirin ish bilan bandlikka 
aylanadi, bunda rasmiy ish bilan bandlik ko’rsatkichi birmuncha pasayadi, 
ishsizlik ko’rsatkichi esa birmuncha ko’paymaydi.
Demak, yashirin ishsizlik va xufiya ish bilan bandlik — bu 
ishsizlikning haqiqiy darajasini buzib ko’rsatadigan va ayni bir vaqtda, ish 
bilan bandlik va ishsizlik sohasidagi bo’lg’usi muammolarning yashirin 
potentsiali hisoblanadigan ikki kuchli omildan iboratdir. Ammo, bu 
omillar hozircha yashirin holatda bo’lib, shu asnoda rasmiy ishsizlik 
darajasini ham etarlicha yuqori darajada saqlaydi. Bu narsa o’z navbatida, 
ishsizlikning asosiy sabablaridan tashqari, iqtisodiyotda bir qator 
«an’anaviy» sabablarga ham bog’liq bo’ladi. Bu sabablarni ishsizlikning 
asosiy turlarini ko’rib chiqishda tahlil qilish mumkin.
yashirin ishsizlikni to’liq bo’lmagan ishsizlikdan va qisman ish 
bilan bandlikdan ajratish kerak. Qisman ish bilan bandlik tabiiy va xodim 
uchun ko’p hollarda nufuzli ish bilan bandlik shakli hisoblanadi va 
keyinchalik, chamasi kengayib boradi. Qisman ish bilan bandlik yashirin 
ishsizlik shakli hisoblanmaydi, balki ish bilan bandlikni tashkil etishning 
tobora kengayib borayotgan shakllaridan biri hisoblanadi. To’liq 
bo’lmagan ish bilan bandlikka kelsak, xalqaro ta’rifga ko’ra unga 
yollanma mehnat bilan shug’ullanuvchi barcha kishilar yoki korxonalarida 
ish bilan band bo’lgan kishilar kiradi, ular xoh ishlayotgan bo’lsin yoki 
ishda qatnashmayotgan bo’lsin, normativ ish vaqtidan kamroq ishlab, 
qo’shimcha ish qidirib, hisobot davrida unga kirishishga tayyor bo’lgan 


115 
xodimlardir. Bu ta’rifdan kelib chiqishiga qaraganda, uch mezon mavjud 
bo’lib, ana shu mezonlar bo’yicha xodimlar to’liq bo’lmagan ish bilan 
bandlik toifasiga kiritiladi: 1) normativ vaqtdan kamroq davom etadigan 
ish; 2) bunday ish bilan bandlikning majburiy xususiyati; 3) boshqa ish 
qidirish va unga kirishishga hozirlik. Xodimni to’liq ish bilan band 
bo’lmaganlar toifasiga kiritish uchun, bu barcha uch mezon bir vaqtning 
o’zida bajarilishi kerak. Ishsiz yoki iqtisodiy jihatdan faol bo’lmagan kishi 
to’liq ish bilan band bo’lmagan kishi deb hisoblanishi mumkin emas. 
Ma’lumki, «yashirin ishsizlik» tushunchasi «to’liq bo’lmagan ish 
bilan bandlik» tushunchasidan ancha kengroqdir, chunki uning uchun 
to’liq bo’lmagan ish bilan bandlik ta’rifiga kiradigan barcha mezonlar 
majburan yashirin ishsizlik sifatida ta’riflanadigan holatda bo’ladi. Boshqa 
mezonlarga kelganda, rasman «yashirin ishsiz» ishda standart ish vaqtida 
hozir bo’ladi, ko’pincha boshqa ish qidirmaydi va har gal ham boshqa 
ishga kirishishga tayyor bo’lmaydi. U odatda, o’zining ish o’rnida normal 
ishlashga tayyordir.
To’liq bo’lmagan ish bilan bandlik va yashirin ishsizlik o’rtasidagi 
muhim tafovut shundan iboratki, birinchisi ish beruvchi uchun iqtisodiy 
yuk bo’lmaydi, ish bilan bandlikning bu shakli uning uchun iqtisodiy 
jihatdan oqlangan va muayyan ma’noda e’tiborlidir. Demak, qisman ish 
bilan band xodim tepasida bevosita bo’shatib yuborilishi xavf solib 
turmaydi, holbuki, yashirin ishsizlik o’z mohiyatiga ko’ra korxonaning 
mablag’iga qo’shimcha yuk bo’ladi va ish bilan bandlik nuqtai nazaridan 
ochiq ishsizlik arafasidir. Biroq to’liq ish bilan band bo’lmagan kishi 
o’zining mavjud ahvolidan rozi emas va ish qidiradi, u yuqoridagi ta’rifga 
binoan yashirin mehnat bozoridadir va demak, yashirin ishsiz hisoblanadi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin