O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Genri Fordning nomidan kelib chiqib, «Fordizm» deb atalgan edi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

Genri Fordning nomidan kelib chiqib, «Fordizm» deb atalgan edi.
Mazkur tizim ishlab chiqarish jarayoni ayrim qismlarning faoliyatini 
muayyan marom va izchillikda aniq kelishib olishga asoslanadi. Bu 
tizimning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat edi: 
1) texnologik jarayonlarni dastlabki tarzda batafsil ishlab 
chiqish, ishlab chiqarishning barcha ishtirokchilari bilan uning 
borishini kelishib olish; kompleks texnologiya; 
2) ishlab chiqarish jarayoniga mexanizatsiya va avtomatlashtirishni 
joriy etish, bunda eng oddiy operatsiyalar va harakatlarga bo’lishga 
asoslanish; 
3) mehnat taqsimoti va ish sur’ati nihoyatda yuqori bo’lgan sharoitda 
eng kam malakali ishchi kuchidan foydalanish mumkinligi; 
4) ishlab chiqarishni: xom ashyo, materiallar, texnologiyalar, mehnat 
usullari, tashkil etish va boshqarish shakllarini to’liq standartlash. 
Mazkur tizimning asosiy maqsadi – mehnatni maksimal darajada 
intensivlash (jadallashtirish)dir.
Umuman 
olganda, 
Teylor 
andozasi 
personalni 
boshqarish
funktsiyalarini haddan tashqari soddalashtiradi va cheklaydi. Bu 
funktsiyalar ko’proq yosh, sog’lom va halol ishlaydigan xodimlarni 
tanlash; ularni ancha yuqori ish haqi bilan moddiy rag’batlantirish; 
tashkilotga va uning bo’linmalariga avtoritar tarzda rahbarlik qilish; 
xodimlarni muntazam ravishda qattiq nazorat qilish va ishyoqmaslarni, 
asosan, ishdan bo’shatish yo’li bilan jazolash; homiylik tarzidagi turli 
ijtimoiy tadbirlar yordamida xodimlar bilan rahbariyat o’rtasidagi 
munosabatlarni yumshatishdan iboratdir.
Teylorizm boshqaruvni tashkil etishda, ayniqsa, Amerika Qo’shma 
SHtatlarida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu erda buning uchun qulay 
shart-sharoit — asosan kelgindilardan iborat ko’p miqdordagi yosh va 
sog’lom ishchi kuchining mavjudligi edi. Mazkur kishilar etarli 
ma’lumotga ega bo’lmagan yoshlar bo’lsa ham, lekin ularning deyarli 
hammasi yuqori ish haqi olib ishlashni mo’ljallar va ishdan mahrum 
bo’lishdan qo’rqar edilar. Bu xildagi shart-sharoitlar mavjud bo’lmagan 
mamlakatlarda Teylor tizimi, xususan, uning konveyer modifikatsiyasi 70-
yillardayoq qiyinchiliklarga, avvalo, etarli sifatga ega bo’lgan ish 
kuchining yo’qligi, mehnat intizomining pastligi, ommaviy progullar va 


127 
kadrlar qo’nimsizligi, mehnatga rag’batlantirish va shu kabilarning pasayib 
ketganligi bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarga duch keldi.
Xodimning ishlab chiqarish imkoniyatlari cheklanganligidan, 
mehnatning bir xilligi va qiyofasizligidan, unda o’zining shaxsiy ijodiy 
imkoniyatini namoyon qilish mumkin emasligidan qoniqmasligi 60-70-
yillarda ko’zga tashlandi. O’sha davrda Evropaning bir qator 
mamlakatlarida mehnat operatsiyalarini batafsil tabaqalashtirish, konveyer 
tipidagi va teylorcha boshqaruv usulidagi bir xil mehnat bilan bog’liq 
ishlab chiqarishlar uchun malakali ish kuchining etishmasligi sezildi. Bu 
xildagi korxonalarda band bo’lgan xodimlar orasida absenteizm - 
umumtashkiliy 
ishlarda 
ishtirok 
etishdan 
bosh 
tortish, 
kadrlar 
qo’nimsizligi, mehnat intizomining buzilishi, mehnat qilishga befarq 
qarash va boshqa salbiy holatlar tarqaldi. Xodimlarning bunday 
munosabati o’z natijasini bermay qolmadi. Bunday holatlar g’oyat xilma-
xil faktlarda: mahsulot sifatining pasayib ketishi, ommaviy ravishda brak 
(yaroqsiz) mahsulot chiqarishda, ish tashlashlarda, stixiyali va tashkiliy 
norozilikning boshqa shakllarida namoyon bo’ldi. Bularning hammasi 
katta ijtimoiy va ishlab chiqarish xarajatlariga sabab bo’ldi, korxona 
egalari va menejerlar tomonidan bularga javob tariqasida yuzaga kelgan 
harakat «insoniy qiyofaga ega bo’lgan teylorizm» bo’ldi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin