107
bozoridagi tanglik darajasini (ishsizlikning bo’sh joylar miqdoriga qiyos)
va ijtimoiy tanglikni ham hisobga oladigan darajasi to’g’risida borishi
kerak. Ishsizlikning tabiiy darajasiga qanday ta’rif berilmasin, iqtisodiyot
uchun haqiqiy muammo ommaviy «muvozanatlanmagan» yoki
«majburiy» — davriy ishsizlikdir.
«Ishsizlik» tushunchasiga aniqlik kiritib, shuni ta’kidlash kerakki, bu
tushuncha iqtisodiy jihatdan faol aholi toifasiga kiradi, ya’ni ishsizlar -
bular shunday kishilarki, ular mehnat bozorida o’z xizmatlarini faollik
bilan taklif qiladilar,
ish qidiradilar, bu narsa ish bilan bandlikning
iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishda davlat tomonidan hisobga
olinishi darkor. Ba’zan «ishsizlar» tushunchasining ish bilan band
bo’lmagan mehnatga qobiliyatli aholi sifatida keng ma’noda talqin
qilinishi maqbul emas, chunki u faol ish qidirayotganlarni ham, ish
qidirmayotganlarni ham, shuningdek, haq to’lanadigan ish o’rnini egallash
uchun da’vogarlik qilayotgan, lekin unga o’zining
kasbmalaka jihatidan
yaroqli, sog’lig’i, ichki uyushqoqligi bilan mos kelishiga yordam
bermayotgan shaxslar ham kiritilardi.
XMT standartlariga ko’ra, ishsiz aholiga muayyan yoshga etgan,
hisobot davri mobaynida ishsiz bo’lib, darhol ishga tushishga tayyor bo’lib
turgan va faollik bilan ish qidirayotgan kishilar kiritiladi. SHunday qilib,
bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda ishsiz maqomiga ega
bo’lmoqchi bo’lgan kishi quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim:
1. Ular ish bilan bandlik xizmati idoralarida ish qidiruvchi sifatida
ro’yxatga olinishlari darkor. O’zbekiston sharoitida ko’plab kishilar
haqiqatan ham ana shunday ishsizlik maqomidan foydalanmaydilar.
2. Ishsiz deb hisoblanish uchun odam faollik bilan ish qidirishi
(odatda, ish bilan bandlik xizmatiga murojaat qilishdan oldin bir-to’rt hafta
ilgari) kerak bo’ladi. Bizning real voqeligimizda - buni ish bilan bandlik
xizmati mintaqa markazlarining xodimlari
qayd qilganlar - shunday
mintaqalar ham borki, ishsizlik bo’yicha beriladigan nafaqa ishlab turgan
korxonalardagi o’rtacha ish haqidan yuqoridir, bu ayniqsa, ishlamay turgan
korxonalar uchun xos bo’lib, vijdonsiz ishsizlar faollik bilan ish
qidirmaydilar, faqat uni izlayotgan hisoblanadilar, ular ko’pincha qayd
qilinmagan daromadlarga ham egadirlar.
3. Ishsizlar maqomi va ishsizlik bo’yicha nafaqa olish huquqi faqat
ilgari ishlagan kishilarga beriladi. Odatda, da’vogar avvalgi 12 oydan
qonunda qayd qilingan uch oy mobaynida ishga ega bo’lishi lozim. Bu
shart ijtimoiy jihatdan o’zini to’liq oqlagan bo’lishi mumkin emas, chunki
kimki to’rt oy mobaynida noto’liq ish kuni ishlagan bo’lsa, ishsizlik
108
bo’yicha nafaqa olish huquqiga ega bo’ladi, kimki ikki oy mobaynida
to’liq ish kuni ishlagan bo’lsa, u nafaqa olish huquqiga ega bo’lmaydi.
Ko’pgina g’arb mamlakatlarida bu shart ishsizlik bo’yicha nafaqa
oluvchilar sonini kamaytirishga kuchli ta’sir qildi.
4. Ishsizlik ixtiyoriy ravishda boshlanmasligi lozim. Bu hol
odamlarga o’zini mas’uliyatsiz
tutishga, alohida sabablarsiz bo’shashga
yo’l qo’ymaydi, deb hisoblanadi. Biroq, ishdan o’z ixtiyori bilan ketish va
ishdan bo’shash o’rtasidagi chegara hamisha ham aniq emas, chunki
odamlarning bir qismi korxonadan majburan ketishi qayd etilishini
istamaydi.
5. Ishsiz odam o’zi uchun ish bilan bandlik xizmati «mos keladi»
deb hisoblagan ishga joylashish taklifini rad qilmasligi lozim. «Mos
keluvchi ish» mezonlarining obyektivligi haqida masala vujudga keladi.
6. Ishsizlar boshqa daromad manbalariga ega bo’lmasligi kerak.
7. Ishsiz odam muayyan oylar mobaynida ishsizlik bo’yicha nafaqa
olib turadi, shundan keyin nafaqaning miqdori kamaytiriladi yoki uni
to’lash mutlaqo to’xtatiladi. Ishsizlik bo’yicha nafaqadan mahrum bo’lib
qolish istiqboli ishsizni o’z kuch-g’ayratini ish qidirishga qaratishga
majbur qiladi. Lekin, bu hol ko’pincha uni o’zining bilimi va tayyorgarlik
darajasiga muvofiq kelmaydigan tasodifiy ishga rozi bo’lishiga olib keladi,
pirovard natijada, bu joydan bo’shashiga to’g’ri keladi. Bu esa xodimning
bundan keyingi hayotiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Ishsizlik darajasi - mehnat bozorining hozirgi paytdagi ahvoli
haqida va unda muayyan vaqt mobaynida ro’y bergan o’zgarishlar
to’g’risida tasavvur beradigan asosiy ko’rsatkichdir. Davrning boshi (yoki
oxiri) dagi ahvolga ko’ra tegishli sanada ishsizlik maqomiga ega bo’lgan
kishilar sonining (
It) ana shu sanadagi iqtisodiy faol aholi soniga
Fat
nisbati sifatida aniqlanadi.
Id
t
=
It :
Fa
t
· 100 %,
bunda:
Id
t
– ishsizlik darajasi.
Iqtisodiy faol aholiga yollanish asosida haq olib ishlaydigan yoki o’z
korxonasida,
shu jumladan, shaxsiy yordamchi xo’jaligida ishlaydigan
yoki shunday korxonaga ega bo’lgan, biroq unda ishlamaydigan kishilar,
shuningdek, ishsiz bo’lib, yollanish yoki yollanmasdan ishlashni
xohlaydigan kishilar kiradi.
Agar joriy statistikada iqtisodiy, faol aholining soni haqidagi
ma’lumotlar bo’lmasa, u xalq xo’jaligida yoki mintaqada ish bilan band
109
bo’lganlarning ro’yxatdagi soni miqdori sifatida va: a) ish bilan bandlik
bo’yicha mahalliy markazda yoki mintaqa
ish bilan bandlik markazida
ro’yxatga olingan ish qidirayotgan ish bilan band emaslar soni: b) XMT
usuli bo’yicha hisoblab chiqilgan ishsizlar soni sifatida taxminan hisoblab
chiqarilishi mumkin.
Ishsizlik
darajasi
ko’pchilik
mamlakatlarda
iqtisodiyotni
rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy omillaridan biri sifatida qaraladi.
Hozirgi zamon fani tabiiy ishsizlik darajasi degan tushunchadan
foydalanadi. Turli mualliflar ishsizlikning tabiiy darajasini turlicha
hisoblaydilar. G’arb mamlakatlarida ishsizlikning tabiiy darajasi 4-6 %
doirasida deb yuritiladi. Bizning iqtisodchilarimiz bu ko’rsatkichni 3-5 %
deb hisoblaydilar.
Turli mamlakatlarda har bir muayyan davrda ishsizlik darajasi bir-
biridan jiddiy farq qiladi, bu esa har bir mamlakat uchun qaror topgan
«tabiiy» ishsizlik darajasiga, mamlakatdagi iqtisodiy tsikl fazasiga,
shuningdek, davlat o’tkazadigan ish bilan bandlik siyosatiga bog’liq
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: