103
joylashishga (bevosita ish beruvchiga yoki ish bilan ta’minlash
davlat
xizmatiga murojaat etish orqali) harakat qilgan, mehnat qilish qobiliyatiga
ega bo’lgan fuqarolar, ishsiz shaxs deb e’tirof etiladilar.
yaponiyada ishsiz shaxs deb, so’nggi bir hafta davomida bir soat ham
ishlamagan, Buyuk Britaniyada esa, so’nggi
bir hafta mobaynida
ishlamagan, shu davr mobaynida ish qidirgan yoki kasalligi tufayli ish
qidirish imkoniyatiga ega bo’lmagan fuqarolar tushuniladi.
Ayrim
mamlakatlarning qonun hujjatlariga binoan, ishsiz deb, ishdan bo’shatilgan
va mehnat stajiga ega bo’lganlar tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash
to’g’risida»gi Qonuniga binoan ishsiz shaxs deb, mehnatga qobiliyatli (o’n
olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olgunga
qadar), ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmagan, ish
qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro’yxatga olingan,
mehnat
qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o’tishga,
malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar e’tirof etiladi.
Ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun quyidagi to’rt shart mavjud
bo’lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: