99
yuritish subyektlaridan cheklashlarni olib tashlanishi byudjetdan mablag’
bilan
ta’min
etiladigan
tashkilotlar
xodimlarini
moddiy
rag’batlantirishning puxta o’ylangan chora-tadbirlari bilan qo’shib olib
borilishi kerak. Bu ma’lum darajada aqliy mehnatni (ilm-fan, ta’lim,
tibbiyot, madaniyat) rag’batlantirish bilan bog’liqdir.
Butun iqtisodiyotni isloh qilishning va
ish bilan bandlikning sifat
jihatidan yangi holatini tarkib toptirishning eng keskin muammolaridan
biri
mehnat sababidir. Mehnat sababi mehnat sharoitlarining umumiy
majmuiga va inson hayotiga, xususan, insonning
hozir ishlayotganidan
ham samaraliroq ishlay olish qobiliyatiga bog’liqdir. SHuning uchun
mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari, mehnatga haq to’lash va butun
taqsimlash siyosatini isloh qilishdan tashqari xodimni yaxshi ishlashga
rag’batlantirish, jadal va yanada samaraliroq mehnat qilish qobiliyati kasb
malakasi etarli darajada yuqori bo’lgan va ishchanlik qobiliyati rivojlangan
sharoitdagina barqaror bo’lishi mumkin. Insonning sog’lig’i
va uning
ishchanlik qobiliyatini tiklash sharoitlari ham ma’lum darajada
ahamiyatga egadir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning
sog’liq nuqtai nazaridan ishchi kuchining sifatiga bo’lgan talablari ortib
boradi.
Bundan tashqari, bugungi kunda sotsial-ijtimoiy
va iqtisodiy
munosabatlarni chuqur qayta qurish sharoitlarida mehnat sabablarida
birinchi o’ringa fuqarolarning ijtimoiy kayfiyati chiqarilmoqdaki, bunday
kayfiyat deganda hozirgi vaqtda turmush sharoitining haqiqatda
yaxshilanishigina emas, balki ijobiy siljishlarning muqarrarligiga,
tanlangan islohotlar yo’lining to’g’riligiga,
davlat tomonidan amalga
oshirilayotgan ijtimoiy himoyaning adolatli ekanligiga ishonchning
mavjudligi ham tushuniladi. Hozirgi vaqtda ijtimoiy himoya (muhofaza)
haqida ko’p gapirilmoqda, lekin u ko’pincha tor ma’noda, davlatning
ishsizlarga, ayniqsa, aholining ijtimoiy eng nochor qismiga ko’rsatadigan
yordami tariqasida tushuniladi.
Biroq, ommaviy ishsizlikka yo’l qo’ymaslik, uning oldini olish tizimi
to’g’risida g’amxo’rlik qilish jamiyat uchun e’tiborli tomonlardan biri
hisoblanadi. Bu tadbirlar orasida ancha muhimi jamiyatning har bir a’zosi
uchun ish bilan bandlik sohasidagi o’z o’rnini
haqiqatan ham erkin
tanlashga, ish kuchining ijtimoiy-kasbiy harakatchanligini oshirishga,
uning yuksak raqobatbardoshligini shakllantirishga davlatning har
tomonlama yordam ko’rsatishidir. Bularning hammasi ish bilan bandlik
sohasini demokratlashga olib keladigan ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni
rivojlantirishni talab qiladi. Avvalo, quyidagilar zarur: hudud bo’yicha
100
ko’chib
yurish erkinligini, kasbni o’zgartirish mumkinligiga odamlarning
ishonchini, aqliy mehnat va xizmat ko’rsatish sohasidagi mehnatning
nufuzini oshirish; muqobil mehnat rejimlarini rivojlantirish va hokazolar
talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: