O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Ish bilan bandlik — ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

7.3 Ish bilan bandlik — ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning 
elementi sifatida 
Ijtimoiy yo’naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim mezoni ish bilan 
bandlikka bo’lgan munosabatdir. Ish bilan bandlik kompleks ijtimoiy 
siyosatning 
ajralmas 
qismi 
deb 
qaraladi. 
Ish 
bilan 
bandlik 
muammolarining ijtimoiyligi uning avval, boshdan insonga, uning 
manfaatlariga va mehnat sohasidagi ehtiyojlariga qaratilganligi bilan 
belgilanadi.
Ish bilan bandlikning eng kam deganda to’rt ijtimoiy jihatini 
(aspektini) hisobga olish kerak bo’ladi: 
a) ish bilan bandlik insonning Konstitutsiyada belgilab berilgan eng 
muhim huquqi — mehnat huquqi bilan mustahkam bog’liqligidir; 
b) turmush darajasini va munosib hayot kechirish shart-sharoitlarini 
shakllantirishda ish bilan bandlik hal qiluvchi rol o’ynaydi. Aynan ish 
bilan bandlik, mehnat faolligini oshirish hozirgi vaqtda mehnatga 
qobiliyatli fuqarolar va ular oilalarining turmush darajasini oshirishning 
eng muhim kafolatidir; 
v) har kimning va umuman jamiyat farovonligining negizi bo’lgan 
yuqori unumli mehnatning yangi sababini shakllantirish; 
g) aynan mehnat faoliyati insonni o’zgartiradi, uning kasbiy 
imkoniyatlarini ochib beradi va ko’paytiradi, shaxsning rivojlanishini 
rag’batlantiradi. 
Ijtimoiy siyosatning boshqa jihatlari bilan birga qo’shib qaralganda 
ish bilan bandlik rivojlanishining asosiy yo’nalishlaridan biri deb qaralishi 
kerak, ushbu yo’nalishlar milliy iqtisodiyotdagi moliyaviy, moddiy va 
mehnat resurslarini qayta guruhlarga ajratishni, fan-texnika taraqqiyotining 
ustuvor yo’nalishlarini, shuningdek, ishlab chiqaruvchi kuchlarni 
joylashtirish, turmush sifati darajasini oshirish yo’llarini belgilab beradi. 
Bu g’oyat muhim muammolardan biri bo’lib, ish bilan bandlik 
muammolarini hal qilish, binobarin, butun iqtisodiyotni isloh qilishning 
muvaffaqiyati ana shu muammoni e’tirof qilish va hal etishga ma’lum 
darajada bog’liqdir.
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotida ish bilan bandlikning 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin