O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


o’zlariga zarur bo’lgan, tanazzul davrida chiqarib tashlangan ishchi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

o’zlariga zarur bo’lgan, tanazzul davrida chiqarib tashlangan ishchi 
kuchini tez topadilar. Ammo ilmiy texnika taraqqiyotiga asoslangan 
ishlab chiqarishning hozirgi darajasi «mehnatning zaxiradagi bunday 
armiyasini» iqtisodiyot uchun kam samaraliga aylantiradi - firmalarga 
Ishsiz shaxs dеb e'tirof etish uchun quyidagi to`rt shart mavjud bo`lishi 
lozim 
Birinchi shart — fuqaro mehnatga qobiliyatli bo’lishi va amaldagi 
qonun hujjatlariga binoan pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lmasligi 
kerak.
Ikkinchi shart — fuqaro ishga va ish haqiga ega bo’lmasligi 
lozim. Nafaqalar, alimentlar, qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan
dividendlar, banklarga qo’yilgan mablag’larga hisoblangan foizlar ish 
haqiga (mehnat daromadi) kirmaydi. 
Uchinchi shart — fuqaro ishlashga tayyor bo’lishi lozim. 
Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligini, uning mahalliy mehnat 
organiga ish qidirib rasmiy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda 
mehnat organida qaytadan ro’yxatdan o’tib turishi va mehnat organlari 
tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari 
tasdiqlaydi.
To’rtinchi shart — fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim 
qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida 
ro’yxatdan o’tishi lozim.


106 
oddiy ishchi kuchi emas, balki belgilangan sifatdagi, belgilangan 
malakadagi mehnat kerak.
Shuning uchun, ishsizlikning bozor iqtisodiyoti uchun «tabiiy», ya’ni 
normal va hatto zarur degan tushunchasi bugungi kunda turlicha talqin 
qilinadi. Iqtisodchilardan birlari ishsizlikning tabiiy darajasini ish haqi 
va inflyatsiya barqaror bo’ladigan daraja sifatida ta’riflaydilar: 
ishsizlikning bu darajadan pasayishi inflyatsiyaning o’sishiga olib keladi. 
Aslida tabiiy ishsizlikning bunday ta’rifi inflyatsiyani ish haqi va ish bilan 
bandlik darajasiga bog’liq deb hisoblaydigan neoklassiklarga tegishlidir. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin