117
potentsial yalpi milliy mahsulotlar o’rtasidagi farqni yalpi milliy
mahsulotning orqada qolishi deb atash qabul qilingan.
Ishsizlikning tashqi iqtisodiy chiqimlari jamiyatdagi ijtimoiy, ruhiy
va siyosiy larzalarning sirtida yotadi. Bu
faqat jamiyatdagi ijtimoiy
taranglikni ko’paytirib qolmasdan, shu bilan birga mamlakat siyosiy
yo’lining islohotlar yo’lidan uzoqlashish tomonga keskin o’zgarishi
mumkinligini ham bildiradi. O’z vaqtida Gitler Germaniyada hokimiyat
tepasiga chuqur iqtisodiy tanglik vujudga keltirgan ommaviy ishsizlik
negizida kelgan edi. Ommaviy ishsizlik jamiyatning ayrim a’zolariga ham
bevosita ta’sir ko’rsatadi, bu hol o’z-o’zini o’ldirishlar, ruhiy kasalliklar,
yurak-tomir kasalliklaridan o’lishning ko’payishiga olib keladi.
8.3. Ishsizlikni kamaytirish yo’llari
O’zbekistonning
ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida, umuman, aholini
ijtimoiy himoyalashning muhim sharti sifatida ish bilan bandlik va
ishsizlikdan himoyalash siyosati dunyodagi ko’pgina rivojlangan
mamlakatlarning boy tajribasiga asoslangandir. Ammo, bu tajribalarning
ko’pchiligi O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tub mohiyatiga
tatbiqan etarlicha to’g’ri kelavermaydi. Biz umumlashtirgan aholini ish
bilan bandlik siyosatining asosiy yo’nalishlari
ish bilan bandlik siyosati
evolyutsiyasining faqat tarkibiy emas, balki tarixiy-mantiqiy tasvirini ham
beradi. Aslini olganda, ish bilan bandlikning faol siyosatidan oldin yaxshi
yo’lga qo’yilgan ishsizlarni hisobga olish, ro’yxatga olish, ishsizlarni
samarali qo’llab-quvvatlash maqsadida ularni ijtimoiy himoyalash
uslublari (passiv siyosat) amalga oshirilishi mamlakatda zarur edi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko’rsatishicha, hukumat ishsizlarning
ijtimoiy himoyasini ta’minlagandan keyingina, boshqa ishlarga kiritishi —
dastlab ish bilan bandlikni barqarorlashtirish (saqlash)ga, so’ngra uning
o’sishini rag’batlantirishga kirishishi mumkin. Bunda ish bilan bandlikning
o’sishini rag’batlantirish
uch yo’nalishda amalga oshiriladi:
•
tadbirkorlar bilan ishlash, masalan, yangi ish joylari yaratilganda
soliq imtiyozlarini berish, ishsizlarning ish izlashlarini faollashtirish;
• ishchi kuchi taklifini rag’batlantirish;
• yollanma ishchilar sinfini mehnat bozoridan chiqarish, o’z-o’zini
band qilishni rag’batlantirish.
O’zbekistonda ishsizlikning keskin ko’payishi ish bilan bandlik
siyosatining normal evolyutsiyasi yo’lidan izchil borishga vaqt
qoldirmaydi. Shuning uchun, ish bilan bandlikni ta’minlashning xilma-xil
118
dasturlari mo’ljallanganlarni davlatning haqiqiy moliyaviy imkoniyatlarini
yaxshilab
muvofiqlashtirib olmay, ish bilan bandlik ishining barcha
yo’nalishlarini bir yo’lga qamrab olishga urinmoqda. Fikrimizcha, eng
avvalo, ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirishga yo’llaniladigan
moliyaviy mablag’larni muvofiq tarzda taqsimlab, mehnat bozorini
tartibga solishning umumdavlat va mintaqaviy sohalarini belgilab olish
kerak. Mahalliy mehnat bozorini tahlil
qilish asosida ajratilgan
mablag’larning har bir so’mini ish bilan bandlikning o’sishi ko’rinishidagi
samara bilan qaytishi uni qaerga yo’llash kerakligini aniqlash kerak
bo’ladi.
Ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirish usullari ham qayta ko’rib
chiqilishi kerak. Ma’lumki, har qanday tartibga solish jarayoni, ma’muriy
yoki iqtisodiy bo’lishi mumkin bo’lib, shu jumladan, mehnat bozoriga ham
taalluqlidir. Tartibga solishning bu usullari o’rtasidagi chegara bozor
mexanizmiga aralashuv darajasi chizig’i bo’ylab o’tadi. Ma’muriy usullar
mehnat bozori ishiga bevosita, ba’zida hatto bozor mexanizmini buzib
aralashuvni nazarda tutadi. Tartibga solishning iqtisodiy usullari buyruq
beradigan emas,
tavsiyaviy, rag’batlantirish usullari asosida amalga
oshadi.
O’zbekistonda
amalga
oshirilayotgan
iqtisodiy
islohotlar
Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyillar
asosida bo’lib, unda ma’lum davrda iqtisodiyotni boshqarishda davlat
tomonidan tartibga solishning ustuvorligi nazariy hamda amaliy jihatdan
muhim o’rin egalladi va shu bilan bu bozor iqtisodiyotida o’z-o’zini
boshqarish g’oyasini ham inkor etmadi.
Shunday qilib, ish bilan bandlikni tartibga solishning faol iqtisodiy
usullariga quyidagi tadbirlarni kiritish mumkin:
• mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni umumiy sog’lomlashtirish,
investitsion faollikni rag’batlantirish, barqarorlashtirish
va keyinchalik
iqtisodiy o’sishga erishish;
• iqtisodiyotni nodavlat sektorlarini rivojlantirish va kengaytirish
uchun shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan, kichik biznes va o’z-o’zini
ish bilan band qilishni qo’llab-quvvatlash;
• ish bilan bandlikning oqil tuzilmasini yaratish maqsadida kasbiy
o’qitish, qayta tayyorlash va maslahat berishni ta’minlash.
Ko’rinib turibdiki, bu vazifalarni amalga oshirish bugun ham —
kelajakda ham muhim omil bo’lib, ish bilan bandlikni ta’minlash ishsizlik
darajasining kamayishiga imkon beradi.