112
kamayadigan bo’lsa, umumiy talab yanada ko’proqqa kamayadi va
boshqalar.
Fikrimizcha, O’zbekistonda ishsizlikning paydo bo’lishi va o’sish
tarixi aynan Keyns qarashlarining to’g’riligini isbotlaydi. Ishsizlar rasmiy
ro’yxatga olingandan boshlab, ishsizlik darajasi ma’lum
darajada
muntazam ortib bordi, shunga ko’ra ish bilan bandlik ko’rsatki chlari esa
pasayib bordi. Ishga joylashtirish qanchalik yuqori bo’lsa, ishsizlik
darajasi shunchalik past bo’ladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasini tushirishga qaratilgan har qanday
iqtisodiy siyosat yo ishdan bo’shash darajasini pasaytirishga yoki ishga
joylashtirish darajasini oshirishga ko’maklashishi kerak.
Ishsizlik bu
darajadan ko’tarilib ketsa, har qanday mamlakat uchun mudhish hollarni
yuzaga keltiradi.
Ishsizlik darajasi ikki asosiy ko’rsatkichlar bilan o’lchanadi. Ulardan
birinchisi – yuqorida aytib o’tilganidek, faol aholi sonida rasmiy ro’yxatga
olingan to’liq ishsizlar salmog’i sifatida hisoblanadigan ishsizlik
darajasidir. Biroq, bu ko’rsatkich ish bilan bandlik sohasidagi vaziyat
haqida to’liq tasavvur bermaydi. Uni haqqoniy aniqlash uchun ish joyidan
mahrum bo’lgan kishilar sonini va ular qancha
vaqt davomida shunday
holatda bo’lishlarini bilish kerak. Ishsizlar sonini bekor o’tkazgan
vaqtlariga ko’paytirsak, soatlarda ifodalanuvchi haqiqiy ishsizlik
darajasiga erishamiz.
Ishsizlik va ishsizlik darajasini aniqlash uchun uni turkumlash
maqsadga muvofiqdir. Ishsizlikni bir necha xususiyatiga ko’ra turkumlash
mumkin (kelib chiqish sababiga ko’ra, shaklan, mazmunan namoyon
bo’lishiga ko’ra, davom etish muddatlari va egallagan makoniga ko’ra).
Ish bilan bandlikning keskin kamayishi
iqtisodiyotdagi tarkibiy
o’zgarishlar (davlat sektorining kamayishi) inflyatsiya hamda xo’jalik
yuritishni
muqobil
shakllari
(xususiy
korxonalar,
hissadorlik
jamiyatlari)ning etarlicha tez o’smaganligi tufayli ko’pgina korxonalarda
moliyaviy ahvolning yomonlashuvi bilan qo’shilishidan yuzaga keldi.
Bularning hammasi, tabiiyki, umumiy talab hajmida salbiy aks etdi: davlat
ta’siri qisqardi, investitsiya faoliyati sustlashdi, iste’mol
xarajatlari esa
inflyatsiya ta’sirida turmush darajasining yomonlashuvi tufayli birmuncha
kamaydi. «Plyus» belgisi bilan qolgan umumiy talabning yagona
komponenti - xom ashyo chiqarishga an’anaviy asoslangan sof eksport
bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: