Qisqacha xulоsalar Ishsizlik dеganda- ishchi kuchining ish jоyi bilan ta’minlanmaganligi
va natijada, uning birоn-bir qоnuniy darоmad manbaiga эga
bo’lmasligining muayyan хоlati tushuniladi. SHuning uchun ishsizlik
muammоsini o’rganishdan maqsadahоlining ish bilan bandligini
yaхshilash оrqali mamlakat ishlab chiqarishini kеngaytirish va ahоlini
turmush darajasini yanada yaхshilashga alоqadоr tadbirlarni ishlab
chiqishdan ibоrat.
O’zbekistonda ishsizlik o’sishining asosiy sababi, eng avvalo,
mamlakat iqtisodiyoti davlat sektorida ishlab chiqarishning qisqarishi
bo’ldi. CHunki iqtisodiy o’sish dinamikasi bilan ishsizlik o’rtasidagi aloqa
uzviy bog’liq ko’rsatkichlardir.
Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni umumiy sog’lomlashtirish,
investitsion faollikni rag’batlantirish, barqarorlashtirish va keyinchalik
iqtisodiy o’sishga erishish, iqtisodiyotni nodavlat sektorlarini rivojlantirish
va kengaytirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan, kichik
biznes va o’z-o’zini ish bilan band qilishni qo’llab-quvvatlash, ish bilan
bandlikning oqil tuzilmasini yaratish maqsadida kasbiy o’qitish, qayta
tayyorlash va maslahat berishni ta’minlash ish bilan bandlikni tartibga
solishning faol iqtisodiy usullari hisоblanadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Ish bilan bandlikning asosiy nazariyalari nimalardan iborat?
2. Aholini ish bilan bandligi va uning asosiy turlari, shakllari haqida
nimalarni bilasiz?
3. Ish bilan band bo’lishning qanday asosiy omillarini bilasiz?
4. Ish bilan bandlik va uni boshqarish mexanizmi nimalardan iborat?
5. Neoklassik va neokenslar nazariyasi nuqtai nazaridan ommaviy
ishsizlikning sabablari qaysilar?
6. Ishsizlikning o’sishi bilan iqtisodiy pasayish o’rtasida aloqa bormi?
7. Ishsizlikni kamaytirishning asosiy yo’nalishlarini aytib bering.
8. Ishsizlikni bozor tomonidan tartibga solinishiga davlatning bevosita
aralashuvini nima taqozo etadi?
9. O’zbekistonda ishsizlikning qanday darajasini tabiiy deyish
mumkin?
10.
O’zbеkistоnda ishsizlikni kamaytirish bo’yicha qanday chоra-
tadbirlar amalga оshirilmоqda?