O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 78,93 Kb.
səhifə4/16
tarix10.04.2023
ölçüsü78,93 Kb.
#95501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
BOSHLANG‘ICH SINFDA IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLAR MAVZUSINI O‘RGANISH

Maqsad va vazifalari. Kuzatishlarimiz boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlarini tashkil etish qoniqarli emasligini ko‘rsatdi. Bizning kuzаtishlаrimiz jаrаyonidа mustaqil qish ko‘nikmalarini shakllantirish omili bo‘lgan sinfdan tashqari o‘qish darslarining o‘tkazmayotganligini, o‘qituvchilar darsda qo‘lga tushgan asarni o‘qib berish yoki o‘qitish bilan cheklanayotganlilari ma`lum bo‘ldi. Birorta sinfda sinfdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatini ko‘rmadik. O‘quvchilar bilan suhbatda “Kimning qaysi asarini o‘qigansan?” savolimizga qiynalib javob berdilar.Bu kabi holatlarning kelib chiqishida obyektiv va subyektiv sabablar mavjud. Shunday sabablardan biri boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid maxsus adabiyotlarning yaratilmaganligi, o‘quv dasturida o‘quvchilar o‘rganishi lozim bo‘lgan adabiyotlar ro’yxatining berilmasligidir.Boshlang‘ich sinflar bo’yicha o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlarini tashkil etish bo‘yicha maxsus ilmiy-metodik tadqiqotlar bo‘lsa-da, ”Kitоbim - oftobim” qo‘llanmasini yangi asarlar bilan boyitish, o‘quvchilarni mustaqil o‘qishga o‘rgatish, o‘qish uchun qo‘shimcha badiiy asarlar tavsiya qilish, sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil qilish metodikasini takomillashtirish va kichik yoshdagi o‘quvchilarda yuksak ma`naviyatli insonlarga xos fazilatlarni shakllantirish, shuningdek, boshlang‘ich ta`lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan sinfdan tashqari o‘qish mazmunini tashkil etish usullari bilan bog‘liq muammolarni “Ta`lim to‘g‘risida”gi davlat qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida hal qilish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardandir. Hozirgi davr talabi bu ishlarni takomillashtirishni taqozo etadi. “Ona tili o‘qitish metodikasi”6, X.G‘ulomova va U. Shermatovalarning “Kitob o‘qishni sevamiz”7 qo‘llanmalarida ham o‘quvchilarda mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritilgan, o‘qish uchun asarlar tavsiya etilgan. Shuningdek matbuotda bir qancha mеtodist va o‘qituvchilarning maqolalari e'lon qilingan. Jumladan, profеssor Q.Abdullaеva, K.Qosimova, O. Safarov, S.Matchonov, B.Maqulova, T.Adashboyеv, Е.Abduvalitov, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomovalarning o‘quv va mеtodik qo‘llanmalari, maqolalari nashr etilgan. Ularda kitob tanlash tamoyillari, sinfdan tashqari o‘qish darslari mavzulari, yozuvchi va shoirlar bilan tashkil etiladigan uchrashuvlar, sinfdan tashqari o‘qish darslarida yozuvchi va shoirlarning asarlarini o‘rganish, sinfdan tashqari o‘qish darslarida krossvordlar, ta'limiy o‘yinlardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan. “Kitobim - oftobim” qo‘llanmasi B. Ma`qulovalar tomonidan yangilandi, lekin kitob hozirgi davr talablari asosida yangilanishni taqozo etmoqda. Chunki darslikdagi ayrim asarlar “Kitobim - oftobim” qo‘llanmasida takrorlangan. taqozo etadi.
Boshlang‘ich ta'limda sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishning samarador metodlarini ishlab chiqish .
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish metod, usul va vositalari.
Mazkur kurs ishida quyidagi farazlar oldinga suriladi:
1. O‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalari rivojlanib boruvchi hodisa sifatida bosqichma - bosqich shakllantirilsa, o‘qish ko‘nikmalari takomillashib boradi, badiiy asarning, bolalar adabiyotining inson hayotidagi o‘rnini, ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyatini anglab yetadilar.
2. Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining mustaqil o’qish ko’nikmalarini shakllantirishda o‘zbek, qardosh va horijiy bolalar adabiyoti namunalari tanlansa, o‘quvchilar o‘z tengdoshlari hayoti bilan, jahon bolalar hayoti bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishini tushunib yetadilar.
3. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o’rganilgan badiiy asarlarni o‘rganishga ilg‘or pedagogik texnologiyalar tatbiq etilsa, o‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish kafolatlanadi.
4. Mustaqil o‘qish ko‘nikmalari shakllangan bolada turli uslubdagi adabiyotlarni, y`ani ilmiy, publisistik va badiiy adabiyotlarni o‘qib tushunish qobiliyati o‘sadi.
- mazkur muammoga oid ilmiy – metodik adabiyotlarni o’rganish;
- boshlang‘ich sinflar Davlat ta`lim standarti, ona tili o‘quv dasturi va darsliklarini o‘rganish;
- boshlang‘ich ta`lim sinfdan tashqari o’qish darslarida o‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishning hozirgi holatini o‘rganish va tadqiqot ishining vazifalarini belgilab olish;
- boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid ilg‘or tajribalarni kuzatish va ularni takomillashtirish;
- boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga imkon beradigan ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Natija va xulosalarning asosli va haqqoniyligi anketa ma’lumotlari va o’quvchilarniig o‘qish ko‘nikmalari, o‘qigan asarlarini hisobga olish bilan asoslaniladi. Fikr esa nutq orqali ifodalanadi. Shuning uchun o‘quvchilar nutqini o‘stirishda mavzuga oid material tanlash va uni o‘zlashtirish bilan bog‘liq mantiqiy izlanishlarga katta ahamiyat beriladi. Shuning uchun sinfdan tashqari o‘qish darslarining asosiy vazifasi o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va mustaqil fikrlash iqtidorini shakllantirishdan iborat deyish mumkin. Shulardan kelib chiqib tadqiqotning ilmiy yangiligi sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Ta’lim tizimidagi yangilik va ta’lim mazmunidagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda o‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish muammosi boshlang‘ich ta`limda sinfdan tashqari o’qish darslari misolida tadqiq qilindi.
2. Boshlang‘ich ta’lim maktablarida ta`limda sinfdan tashqari o’qish darslarida o‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi asosiy nuqson va kamchiliklar aniqlandi, ularni bartaraf etishning yo’llari ko’rsatib berildi.
3.Boshlang‘ich ta'limda sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishning samaradorligini ta'minlovchi samarador mеtodlar asoslandi.
4. Boshlang‘ich ta`limda sinfdan tashqari o’qish darslarida o‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida badiiy adabiyotlar ro‘yxati tuzildi.
5. Boshlang‘ich ta`limda sinfdan tashqari o’qish darslarida o‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid maxsus mashq va topshiriqlar tizimi ishlab chiqildi.
6. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish mеtodikasi ishlab chiqildi va amaliyotga tavsiya etildi.



Yüklə 78,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin