Tadqiqot metodikasining tavsifi. Milliy istiqlol mafkurasi hamda yurtboshimizning milliy mafkura va madaniyatga doir dasturiy ko’rsatmalari, gumanitar sohalar va umuman ilmiy tadqiqot ishlarining ustuvor yo’nalishlariga oid qarashlari ushbu magistrlik ishining metodologik asosini tashkil etadi. Mavzuni izchil va atroflicha yoritish maqsadida ilmiy bilishga asoslangan qiyosiy-tarixiy, qiyosiy-tipologik, ilmiy tavsif va sharh metodlaridan foydalanildi. Adabiyotshunoslik sohasida fundamental tadqiqotlar yaratgan mumtoz adabiyotshunoslar A.Taroziy, Shahmsiddin Qays Roziy,Atoulloh Husayniy, zamonaviy adabiyotshunoslar A Fitrat, S.Ayniy, H.Sulaymon, E.Shodiyev,S.Rafiddinov, S.G’aniyeva, M.Muhammadjonov, Q.Ergashev B.Fayzullayev kabi olimlarning tadqiqotlari ushbu magistrlik dissertatsiyasini yozishda metodologik asos vazifasini bajardi.
Tadqiqotning Respublika fan texnologiyalari rivojlanishi ustuvor yo’nalishlariga mosligi. Magistrlik dissertatsiyasi respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy- ma’rifiy rivojlantirishda inovatsion g’oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo’llari ustuvor yo’nalishiga muvofiq bajarilgan.
Tadqiqotning nazariy amaliy ahamiyati.Ushbu magistrlik ishida tadqiq etilgan ayrim masalalar matnshunoslikda qizg’in bahs-munozaralarga sabab bo’lgan esa-da, hozirga qadar o’zining aniq yechimini topgan emas. Bu esa ishning amaliy ahamiyatini belgilaydigan dastlabki omillardandir. Ishda Alisher Navoiyning “Devoni Foniy” nashrlarining qiyosiy tahlili asos qilib olindi.
Tadqiqot natijalari 3 ta xalqaro , 2ta respublika miqiyosidagi ilmiy- amaliy anjumanlarda muhokamadan o’tkazilgan.
Ish tuzilmasining tavsifi.Magistrlik dissertatsiyasi Kirish, uch asosiy bob, Xulosa va Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Umumiy hajmi sahifani tashkil etadi.
I bob.Navoiyning forsiy g‘azallarida tatabbuchilik an’anasi va tatabbu’ g‘azallarda shoirning badiiy mahorati masalasi