19
torroq beriladi. Bunday bo‗lishi tabiiy, chunki talabalar quyi bosqichda ergashgan
qo‗shma gapning mohiyati, birikish usullari, ergash
gap va bosh gapni farqlash
kabi masalalar bilan atroflicha tanishishgan. Bu bosqichdagi mavzularning
mazmun-mundarijasi:
1. Qo‗shma gap qismlarini bog‗lovchi vositalar va qo‗shma gap turlari.
2. Qismlari ohang yordamida bog‗langan qo‗shma gaplar.
3. Ergashtiruvchi bog‗lovchili qo‗shma gaplar va ularning tasnifi.
4. Havola bo‗lakli qo‗shma gaplar va ularning tasnifi.
5. Havola bo‗lakli qo‗shma gaplar bilan sodda gaplar sinonimiyasi.
3.2. Ergashgan qo‗shma gap mavzusining o‘rta umumta‘lim darsliklarida
berilishi
O‘rta umumta‘lim maktablarida ergashgan qo‗shma gaplar masalasi 9-sinfda
o‗rgatiladi. Manba: N.Mahmudov va boshq. Ona tili. Umumta‘lim
maktablarining 9-sinfi uchun darslik. - T.: Tasvir, 2010. Ergashgan qo‗shma
gaplar masalasini uzviylik tamoyillari asosida ko‗rib chiqamiz. 9-sinfda
ergashgan qo‗shma gaplar quyidagi mavzular doirasida beriladi:
1. Ergashgan qo‗shma gap haqida ma‘lumot.
2. Bosh va ergash gap.
3. Ergash gapni bosh gapga bog‗lovchi vositalar.
4. Ergashtiruvchi bog‗lovchili ergashgan qo‗shma gaplar.
5. Ko‗makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‗shma gaplar.
6. Deb so‗zi yordamida ergashgan qo‗shma gaplar.
7. Shart mayli vositasida ergashgan qo‗shma gaplar.
8. Ko‗rsatish olmoshili ergashgan qo‗shma gaplar.
9. Nisbiy so‗zli ergashgan qo‗shma gaplar.
10. Ergashgan qo‗shma gaplarning sodda gaplar bilan ma‘nodoshligi.
11. Kesim ergash gapli qo‗shma gaplar.
12. Ega ergash gapli qo‗shma gaplar.
13. Hol ergash gapli qo‗shma gaplar.
20
14. To‗ldiruvchi ergash gapli qo‗shma gaplar.
15. Aniqlovchi ergash gapli qo‗shma gaplar.
Ko‗rinadiki, ergashgan qo‗shma gaplarning tasnifi masalasida ham munozarali
jihatlar ko‗zga tashlanadi. 9-sinfda olmoshlar vositasida birikuvchi ergashgan
qo‗shma gaplar ―Ko‗rsatish olmoshili ergashgan qo‗shma gaplar‖ va ―Nisbiy
so‗zli ergashgan qo‗shma gaplar‖ atamalari bilan berilsa, litsey bosqichida bu tur
―Havola bo‗lakli ergashgan qo‗shma gaplar‖ degan bitta nom ostida beriladi.
Vaholanki, quyi bosqichda
bu tasnif uchramagani, havola bo‗lakning xususiyati
haqida ma‘lumot berilmagani holda, birdaniga ergashgan qo‗shma gaplarning bir
turi sifatida beriladi va tabiiy holda talabani chalg‗itadi.
Shuning uchun vositasi xususida ham ta‘lim bosqichlarida farqli ma‘lumotlar
berilgan. 9-sinf darsligida shuning uchun vositasida birikkan ergashgan
qo‗shma gaplar ―Ko`makchili qurilmalar yordamida birikkan ergashgan
qo‗shma gaplar‖
nomi ostida berilsa, litseyning yuqorida nomi keltirilgan
darsligida shuning uchun vositasi ergashtiruvchi bog‗lovchi sifatida beriladi va
ushbu vosita bilan hosil bo‗lgan ergashgan qo‗shma gaplar esa ―Ergashtiruvchi
bog‗lovchili ergashgan qo‗shma gaplar‖ sifatida beriladi.
Tadqiqot matnida chizma, jadval, r asm va boshqa tarzdagi
ko‗rgazmalilik (illustrativ material) bo‗lsa,
ular albatta raqamlanishi
bu raqamlanishda jadval (chizma)ning qaysi qism -fasl-bob-bo‗lim-
bandga aloqadorligi, har biri sarlavhalanishi zarur. Bunday material
tadqiqot matni matn ichida - qo‗llanilgan, tahlil etilgan joyda yoki ish,
bob, bo‗lim, band oxirida alohida berilishi mumkin. Ular alohida
berilganda jadval(chizma, rasm) eslatilgan
joyda raqam va sarlavhasi,
illustratsiyaning ozi berilganda esa ost qismida ishning shu jadval
eslatilgan, tahlil etilgan beti ko‗rsatiladi. Har ikkala holatda ham matn
ichida uning o‗rni ko‗rsatilishi shart.
Ilmiy tadqiqotning
ilova qismida bu tadqiqotni yaxshiroq
tushunish, zarur bo‗lganda uni chuqurlashtirishga imkoniyat beradigan
ma‘lumotlar
va
materiallar,
fikrlarni
tasdiqlovchi
yoki
21
oydinlashtiruvchi
hujjatlar, rasmlar, har xil ko‗rsatkichlar, asarlardan
parcha va namunalar beriladi.
Ilova materiallari bitiruv malakaviy ishlarining belgilangan sahifa
miqdoriga kirmaydi, lekin sahifa raqa mlari uzluksiz qo‗yiladi.
Ilovalarning har biri o‗z mavzusiga ega bo‗ladi va o‗ng tomonning
yuqorisida
Ilova degan yozuv qayd qilinadi.
Agar ilovalar bir nechta
bo‗lsa, ular ―1-ilova‖, 2-ilova‖ tarzida rasmiylashtiriladi.
Ilmiy tadqiqot ilovalar berilg ach, yakunlangan sanaladi. U qayta
tahrir etilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: