2
Annotatsiya
Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi
talabalari hamda usbu yo‗nalish bo‗yicha kasbiy
qayta tayyorlash va malaka
oshirish kurslari uchun uchun mo‗ljallangan. Qo‗llanma
talabalarni ilmiy
tadqiqotga yo‗llash, bitiruv malakaviy ishi va kurs ishlariga qo‗yiladigan
talablar hamda uni bajarishga doir uslubiy ko‗rsatmalar,
ilmiy tadqiqot
ishini shakllantirish masalalarini o‗z ichiga oladi.
Taqrizchilar:
O.TO‘XTASINOVA, Qo‘qon DPI O‘zbek
tilshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari
nomzodi
Sh. HAYDAROV, Jizzax DPI O‘zbek tilshunosligi
kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
Mazkur uslubiy qo`llanma Nizomiy nomidagi TDPU O'zbek tili va
adabiyoti fakulteti kengashining 20.09.2013 yildagi 2-sonli qarori bilan
nashrga tavsiya etilgan.
© Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
3
Bitiruv malakaviy ishi va unga qo„yiladigan talablar
O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining
2010-yil 9-iyundagi 225-sonli buyrug‗i bilan ―Oliy o‗quv
yurtlarida
bakalavr bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo‗yiladigan talablar‖
qarori tasdiqlangan.