O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


  Bitiruv malakaviy ish ining bajarilishi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/35
tarix02.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#106075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
m.saparniyozova, n.ahmedova вitiruv malakaviy ishini bajarish bo‟yicha uslubiy tavsiyalar

 



Bitiruv malakaviy ish ining bajarilishi 
Malakaviy ish oliy o‗quv yurtining, odatda, ushbu maqsadda 
maxsus ajratilgan xonalarida bajariladi. Ayrim hollarda, malakaviy ish 
korxonalar, muassasalar, ilmiy, loyihalash va boshqa muassasalarda 
bajarilishi mumkin. 
Malakaviy ishning bajarilishi bo‗yicha talabaning hisobot berish 
muddatlarini dekanat nazorat etadi. Dekanat belgilagan muddatlarda, 
talaba malakaviy ishning bajarilishi haqida rahbar va kafedra mudiri 
oldida hisobot beradi. Kafedra mudiri malakaviy ishning tayyorlik 
holatini belgilaydi.
Talaba – ish muallifi, tanlangan qarorning to‗ g‗riligiga va uning 
topshiriqqa muvofiqligiga, malakaviy ishda ko‗chirmachilik holati 
yo‗qligiga javob beradi. 
 
Bitiruv malakaviy ish ini himoya etish 
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan malakaviy ish talaba 
tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, malakaviy ish talab 
darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so‗ng, ishni o‗z taqrizi 
bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, 
qaror qilingan qarorlardagi yangiliklar va malakaviy ishning boshqa 
ijobiy tomonlari tavs iflanadi. Kafedra mudiri, taqdim etilgan materiallar 
asosida, malakaviy ishni talaba tomonidan DAKda himoya qilishga 
kiritish haqida qaror qabul qiladi. Agar kafedra mudiri talabaning 
malakaviy ishini himoyaga kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala 
kafedra yig‘ilishida rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra 
majlisining bayonnomasi fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun 
rektorga taqdim etiladi.
Taqrizchilar 
tarkibi 
bitiruvchilarni 
iste ‘mol 
qiluvchi 
soha 
mutaxassislari safidan tanlanadi. Taqrizchil arga oliy o‗quv yurtlarining 
professor va o‗qituvchilari ham jalb etilishi mumkin.



Fakultet dekani malakaviy ishni taqriz bilan himoya uchun DAKka 
yuboradi. 
Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibi O‗zbekiston 
Respublikasi oliy o‗quv yurtlari bitiruv chilarini yakuniy davlat 
attestatsiyasi to‗g‗risidagi Nizomda belgilanadi. 
BMI himoyasi zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida 
taqdimot (presentatsiya) shaklida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Arxiv, 
ARM 
va 
kafedralarda 
saqlanayotgan 
yoki 
internet 
resurslaridan 
foqdalanib 
aynan 
ko‘chirib 
olinganligi 
rasmiy 
himoyagacha aniqlanib tasdig‘ini topgan bitiruv malakaviy ishlari 
kafedra mudiri taqdimnomasiga asosan rector buyrug‘I bilan bekor 
qilinadi va bitiruvchiga qoniqarsiz baho qo‘yilib, ish rahbari key ingi 3 
yil davomida BMI ga rahbar etib tayinlanmaydi.
OTM da axborot texnologiyalari vositasida taqdimot shaklida BMI 
himoyasini tashkil etish uchun yetarli darajada maxsus jihozlangan 
auditoriyalar belgilanadi.
Malakaviy ish himoyasidan so‗ng (kamida 10 yil) oliy o‗quv 
yurtida saqlanadi. Har xil masala bo‗yicha bitiruv malakaviy ishni 
boshqalarga topshirish zaruriyati mavjud bo‗lgan holda (tadbiq etish, 
tanlovlar va h.) ishdan nusxa olinadi (ishning asl nusxasi oliy o‗quv 
yurtida qoldiriladi).
Bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbarning yozma xulosasi hamda 
ichki va tashqi taqrizchidan taqriz olinadi. Ilmiy rahbarning ish haqidagi 
xulosasida quyidagi masalalar yoritilishi shart:
1. BMI mavzusining dolzarbligi; 
2. BMIning maqsad va vazifalari talaba tomonidan qa y darajada 
yoritilganligi; 
3. BMI mavzusidagi ilmiy yangiliklar;
4. Tadqiqot natijalarining qay darajada asoslanganligi;
5. Talabaning BMI yozishdagi shaxsiy mahorati;



6. BMIdan chiqarilgan xulosalarning nazariy -amaliy ahamiyati;
7. Ishning BMIlarga qo‗yiladigan talablar ga moslik darajasi; 
8. BMI mavzusining amaliyot bilan aloqasi va bog‗liqligi.
BMIga berilgan ichki va tashqi taqrizlarda quyidagi masalalar 
yoritilishi zarur: 
1. BMI mavzusining dolzarbligi; 
2. Tadqiqotning yangiligi
3. Ishdagi ilmiy-amaliy natijalarning qay darajada asoslab 
berilganligi; 
4. BMIning amaliyot uchun ahamiyati;
5. BMI mazmuni va uning tugallanganlik darajasi;
6. Materialni bayon etish tili va uslubi;
7. BMIning ilmiy-nazariy qiymati; 
8. Ishning BMIlarga qo‗yiladigan talablarga moslik darajasi;
9. BMIni yozishda talabaning masalaga mustaqil yondasha 
olganligi va turli ilmiy-nazariy fikrlarga shaxsiy munosabati.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin