5
tayinlanishi mumkin. Konsultant lar talaba bajargan ishning muvofiq
qismini tekshiradilar.
Mutaxassis chiqaruvchi kafedra malakaviy ishga qo‗yiladigan
majburiy talablar hajmini belgilagan holda
malakaviy ishni bajarish
bo‗yicha uslubiy qo‗llanmalarni ishlab chiqadi va talabalarni taminl aydi.
Malakaviy ish berilgan topshiriq asosida shaxsan talaba tomonidan
bajariladi.
Malakaviy ishning har bir bo‗limi muvofiq asoslar, qarorlar va
xulosalar bilan yoritiladi.
Malakaviy ishda, ilgari bajarilgan mustaqil
ishlarning natijalari yoki boshq a mualliflarning (ilmiy ma‘ruzalari va
maqolalari, hisob-grafika ishlari, kurs ishlari va loyihalari, albatta,
nomlari ko‗rsatilgan holda) ishlari aks
ettirilishi yoki ulardan
foydalanish mumkin.
Tushuntirish qismi (poyasnitelnaya zapiska) malakaviy ishni ng
mazmunini qisqa va muayyan shaklda ifodalashi lozim. Zaruriy hollarda
tushuntirish qismiga grafiklar, rasmlar,
eskizlar, diagrammalar, sxema
va boshqalar,
shuningdek, zaruriy axborot yozilgan disketlar ilova
etilishi mukin.
Tushuntirish qismi qo‗lyozma shaklida rasmiylashtirilishi shart.
Tushuntirish qismi kamida 10 -15 ming so‗z hajmida belgilanadi.
Chizmalarning formati, shartli belgilari, shrift va masshtablari
amaldagi talablarga qat ‘iy muvofiq kelishi zarur. Odatda, chizmalar A2
formatli qog‗ozda (5-6 varaq hajmida) qalamda
bajariladi yoki texnika
vositalari orqali ekranda ko‗rsatiladi. Arxitektura yo‗nalishidagi
chizmalarga qo‗yiladigan talablar muvofiq o‗quv -uslubiy birlashmalar
(assotsiatsiyalar) tomonidan belgilanadi.
Kafedraning tavsiyasiga binoan malakaviy ish chet tillarning birida
bajarilishi mumkin. Chet tilda bajarilgan ishga davlat tilidagi
annotatsiya ilova etiladi va himoya vaqtida tarjima taminlanadi.
Dostları ilə paylaş: