O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Hozirda BMIlarda havola berishning birinchi usulidan – muallif



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/35
tarix02.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#106075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
m.saparniyozova, n.ahmedova вitiruv malakaviy ishini bajarish bo‟yicha uslubiy tavsiyalar

Hozirda BMIlarda havola berishning birinchi usulidan – muallif, 
asari, nashriyoti, yili, zarur betlarini to„liq ko„rsatgan holda 
sahifaosti izohlarda berish tavsiya etiladi.
Masalan: O‗zbek tilshunosligida bevosita ilova konstruksiyalarni o‗rganishga 
bag‗ishlangan dastlabki ish sifatida F.Ishoqovning maqolasini tilga olish mumkin.
5

Ilmiy ishda havolalar quyidagi hollarda beriladi:


1. Biror tadqiqotchi (muallif)ning asaridan, ma‘ruzasidan ma‘lum 
bir fikr, izoh yoki ma‘lumot aynan keltirilganda. Bunda bu ol inma 
ko‗chirma gap sifatida imlo qoidalariga mos ravishda berilgani ma‘qul 
va oxirida olinma manbayi ko‗rsatilishi shart. Bunday olinma bitta 
atama, bir-ikki so‗z birikmasi yoki gap hajmida ham, katta (ba‘zan 
bir-bir yarim bet) band (yoki abzaslar)dan ibor at bo‗lishi ham 
mumkin. Bunday olinmalarda tadqiqotchi olinmaning ma‘lum bir 
5
 Ishoqov F. Hozirgi zamon o„zbek tilida ilovali konstruksiyalar.// Adabiyotshunoslik va tilshunoslik masalalari. 
2-kitob. –Toshkent: O„zFA, 1961. –B. 285-294.


15 
qismini tushirib qoldirsa, o‗sha o‗rin ko‗p nuqta (...) bilan 
belgilanadi; bir qismini alohida bo‗rttirib (kursiv, ajratilgan harflar 
ostiga chizish v.h. usullarda) ajratsa olinma ichidagi izohda 
ko‗rsatilishi lozim. 
2. 
Tadqiqotchi 
o‗z 
fikrini 
bayon 
qilayotganda 
boshqa 
tadqiqotchilarning ismi shariflarini tilga olib, ularning materiallariga 
tayanib tahlil olib borayotganligini eslatganda ham manbalarga havola 
berishi zarur. 
3. Tadqiqotchi biror hodisa (voqea) tavsifini berayotganda 
o‗zgalarning ishlaridan olgan (o‗zlashtirgan) ma‘lumotlarni alohida 
ta‘kid bilan ajratmay, o‗z nutqiga singdirib borgan hollarda 
o‗zlashtirilgan ma‘lumot manbayi shu ma‘lumotdan keyin ko‗rsatilishi 
zarur. 
Shuni esda tutish lozimki, boshqa tadqiqotchilar ma‘lumot va 
talqinlaridan foydalanib, uni ilmiy ishda ko‗rsatmaslik eng xunuk 
amaldir. Ilmiy ishda bunday o‗rinlar bo‗lsa, (yoki atigi bir abzaslik 
material birovdan olinib, manbayi ko‗rsatilmagan bo‗ls a) bu ish 
plagiat - ilmiy o‗g‗rilik mahsuli sanalib, xalqaro qonunchilikda o‗z 
aksini topgan mualliflik huquqi qoidalari asosida bekor qilinadi . 
Havolalar berilmagan yoki juda kam berilgan bitiruv malakaviy 
ishlari talabaning mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishmaganligi yoki 
kam tanishganligini ko‘rsatib turadi 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin