O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


III bob. Mavzuning amaliyotga tatbiqi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/35
tarix02.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#106075
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
m.saparniyozova, n.ahmedova вitiruv malakaviy ishini bajarish bo‟yicha uslubiy tavsiyalar

III bob. Mavzuning amaliyotga tatbiqi
3.1. Ergashgan qo‗shma gaplar masalasining akademik litsey va kasb -
hunar kollejlari darsliklarida berilishi
O‘rta maxsus ta‘lim bosqichida esa bu masala akademik litseyning 3-
bosqichida o‗rgatiladi. Darslik: A.Nurmonov va boshq. Hozirgi o‗zbek adabiy 
tili.O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi o‗quv muassasalari uchun darslik. -T.: Ilm-
ziyo. 2010. 
Akademik litseylarning 3-kursi uchun chiqarilgan A.Nurmonov va 
boshqalarning ―Hozirgi o‗zbek adabiy tili‖ o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi 
o‗quv muassasalari uchun darsligida bu masala quyi bosqichdan ko‗ra birmuncha 


19 
torroq beriladi. Bunday bo‗lishi tabiiy, chunki talabalar quyi bosqichda ergashgan 
qo‗shma gapning mohiyati, birikish usullari, ergash gap va bosh gapni farqlash 
kabi masalalar bilan atroflicha tanishishgan. Bu bosqichdagi mavzularning 
mazmun-mundarijasi: 
1. Qo‗shma gap qismlarini bog‗lovchi vositalar va qo‗shma gap turlari. 
2. Qismlari ohang yordamida bog‗langan qo‗shma gaplar. 
3. Ergashtiruvchi bog‗lovchili qo‗shma gaplar va ularning tasnifi. 
4. Havola bo‗lakli qo‗shma gaplar va ularning tasnifi. 
5. Havola bo‗lakli qo‗shma gaplar bilan sodda gaplar sinonimiyasi. 
3.2. Ergashgan qo‗shma gap mavzusining o‘rta umumta‘lim darsliklarida 
berilishi 
O‘rta umumta‘lim maktablarida ergashgan qo‗shma gaplar masalasi 9-sinfda 
o‗rgatiladi. Manba: N.Mahmudov va boshq. Ona tili. Umumta‘lim 
maktablarining 9-sinfi uchun darslik. - T.: Tasvir, 2010. Ergashgan qo‗shma 
gaplar masalasini uzviylik tamoyillari asosida ko‗rib chiqamiz. 9-sinfda 
ergashgan qo‗shma gaplar quyidagi mavzular doirasida beriladi: 
1. Ergashgan qo‗shma gap haqida ma‘lumot. 
2. Bosh va ergash gap. 
3. Ergash gapni bosh gapga bog‗lovchi vositalar. 
4. Ergashtiruvchi bog‗lovchili ergashgan qo‗shma gaplar. 
5. Ko‗makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‗shma gaplar. 
6. Deb so‗zi yordamida ergashgan qo‗shma gaplar. 
7. Shart mayli vositasida ergashgan qo‗shma gaplar. 
8. Ko‗rsatish olmoshili ergashgan qo‗shma gaplar. 
9. Nisbiy so‗zli ergashgan qo‗shma gaplar. 
10. Ergashgan qo‗shma gaplarning sodda gaplar bilan ma‘nodoshligi. 
11. Kesim ergash gapli qo‗shma gaplar. 
12. Ega ergash gapli qo‗shma gaplar. 
13. Hol ergash gapli qo‗shma gaplar. 


20 
14. To‗ldiruvchi ergash gapli qo‗shma gaplar. 
15. Aniqlovchi ergash gapli qo‗shma gaplar. 
Ko‗rinadiki, ergashgan qo‗shma gaplarning tasnifi masalasida ham munozarali 
jihatlar ko‗zga tashlanadi. 9-sinfda olmoshlar vositasida birikuvchi ergashgan 
qo‗shma gaplar ―Ko‗rsatish olmoshili ergashgan qo‗shma gaplar‖ va ―Nisbiy 
so‗zli ergashgan qo‗shma gaplar‖ atamalari bilan berilsa, litsey bosqichida bu tur 
―Havola bo‗lakli ergashgan qo‗shma gaplar‖ degan bitta nom ostida beriladi. 
Vaholanki, quyi bosqichda bu tasnif uchramagani, havola bo‗lakning xususiyati 
haqida ma‘lumot berilmagani holda, birdaniga ergashgan qo‗shma gaplarning bir 
turi sifatida beriladi va tabiiy holda talabani chalg‗itadi.
Shuning uchun vositasi xususida ham ta‘lim bosqichlarida farqli ma‘lumotlar 
berilgan. 9-sinf darsligida shuning uchun vositasida birikkan ergashgan 
qo‗shma gaplar ―Ko`makchili qurilmalar yordamida birikkan ergashgan 
qo‗shma gaplar‖ nomi ostida berilsa, litseyning yuqorida nomi keltirilgan 
darsligida shuning uchun vositasi ergashtiruvchi bog‗lovchi sifatida beriladi va 
ushbu vosita bilan hosil bo‗lgan ergashgan qo‗shma gaplar esa ―Ergashtiruvchi 
bog‗lovchili ergashgan qo‗shma gaplar‖ sifatida beriladi. 
Tadqiqot matnida chizma, jadval, r asm va boshqa tarzdagi 
ko‗rgazmalilik (illustrativ material) bo‗lsa, ular albatta raqamlanishi 
bu raqamlanishda jadval (chizma)ning qaysi qism -fasl-bob-bo‗lim-
bandga aloqadorligi, har biri sarlavhalanishi zarur. Bunday material 
tadqiqot matni matn ichida - qo‗llanilgan, tahlil etilgan joyda yoki ish, 
bob, bo‗lim, band oxirida alohida berilishi mumkin. Ular alohida 
berilganda jadval(chizma, rasm) eslatilgan joyda raqam va sarlavhasi
illustratsiyaning ozi berilganda esa ost qismida ishning shu jadval 
eslatilgan, tahlil etilgan beti ko‗rsatiladi. Har ikkala holatda ham matn 
ichida uning o‗rni ko‗rsatilishi shart.
Ilmiy tadqiqotning ilova qismida bu tadqiqotni yaxshiroq 
tushunish, zarur bo‗lganda uni chuqurlashtirishga imkoniyat beradigan 
ma‘lumotlar 
va 
materiallar, 
fikrlarni 
tasdiqlovchi 
yoki 


21 
oydinlashtiruvchi hujjatlar, rasmlar, har xil ko‗rsatkichlar, asarlardan 
parcha va namunalar beriladi.
Ilova materiallari bitiruv malakaviy ishlarining belgilangan sahifa 
miqdoriga kirmaydi, lekin sahifa raqa mlari uzluksiz qo‗yiladi.
Ilovalarning har biri o‗z mavzusiga ega bo‗ladi va o‗ng tomonning 
yuqorisida Ilova degan yozuv qayd qilinadi. Agar ilovalar bir nechta 
bo‗lsa, ular ―1-ilova‖, 2-ilova‖ tarzida rasmiylashtiriladi.
Ilmiy tadqiqot ilovalar berilg ach, yakunlangan sanaladi. U qayta 
tahrir etilishi zarur.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin