Ilmiy xulosa ilmiy tadqiqning mag‗zi, maqsadi va uning eng zaruriy
qismidir. Ilmiy xulosa tadqiqotchi kuzatgan, tavsiflagan hodisa -narsa
haqida uning o‗zi shakllantirgan ilmiy tushunchadir. Ilmiy xulosa
ixcham, tushunarli, aniq, tadqiqotchi bayon etgan tavsiflardan kelib
chiqqan holda, sermazmun qonuniyat sifatida shakllantirilishi zarur.
Ilmiy xulosalar ilmiy tadqiqotlarda har xil bo‗ladi.Tadq iqot
tuzilishida (strukturasida) mavjud bo‗lgan har bir band (paragraf),
bo‗lim, bob, albatta, o‗z ilmiy xulosasi bilan yakunlanishi lozim.
Bandlarning xulosalari bo‗lim xulosasida, bo‗limlarniki bob
xulosalarida va nihoyat, boblarning xulosalari ishning umumiy
xulosasida yakunlanishi lozim.
Xulosalar mana shu tarzda bosqichma -bosqich biri ikkinchisini
to‗ldirib kelgan taqdirdagina ilmiy tadqiqda yaxlitlik va izchillik
saqlangan bo‗ladi.Bunday izchil ilmiy xulosalar tizimiga ega
bo‗lmagan ish mukammal ilmiy tadqiq emas, balki tartibsiz hodisalar
tavsifidir, xolos.
Shuning uchun ilmiy tadqiqotlarni o‗qish (o‗rganish), odatda,
ishning Kirish va Xulosa qismlari bilan tanishishdan boshla nadi,
zeroki, hozir ko‗rib o‗tganimizdek, Kirish qismida tadqiqotchining ilk
tayanch
nuqtalari,
xulosasida
esa
ishning
yakuni
tavsiflanadi.Aytganimizdek, ikki nuqtadan faqat bitta to‗g‗ri chiziq
o‗tkazish mumkin - Kirish bilan Xulosa tadqiqotchi yo‗lini
26
belgilaydigan nuqtalardir va shu nuqtalar aniq bo‗lsa, unda ishni
tushunish va baholash oson ko‗chadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati tuzish
Bibliografiya (yunoncha Biblion – kitob va ... grafiya) – matbuot
hamda yozuv asarlari haqida axborot tayyorlash va berish hamda ularni
ma‘lum ijtimoiy maqsadlarda targ‘ib qilish bil an shug‘ullanadigan ilmiy
va amaliy faoliyat sohasi. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, tarixi,
faoliyatini tashkil etish va uslubiyati bilan shug‘ullanadigan fan
bibliografiya fani deb ataladi.
Bibliografiya tuzish qadimgi dunyoda paydo bo‘lgan (ju mladan
miloddan
avvalgi
3 -asrda
Aleksandriya
kutubxonasida
Kallimax
rahbarligida tuzilgan bibliografiya jadval). ―Bibliografiya‖ termini
dastlab kitob ko‘chirib yozishni anglatgan, vaqt o‘tishi bilan (17 -asr
o‘rtalarida) kitoblar bayonini bildirgan. Biblio grafiya tarixi kitob bosish
yuzaga kelishi bilan boshlandi. Bosma asarlarning barcha turlari,
qo‘lyozmalar, ijtimoiy ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan eng yangi
qo‘lyozmalar (dissertatsiyalar, saqlashga topshirilgan qo‘lyozmalar)
bibliografiyaning o‗rganish sohasidir. Texnika taraqqiyoti, mikrofilm,
ovoz yozish (gramplastinka) va boshqalarning paydo bo‘lishi, matn
yozishning
o‘zagarishi
bibliografiya
ko‘lamini
kengaytirmoqda.
Bibliografiya taraqqiyotiga fan va madaniyat yutuqlari, jamiyatning
qiroatxonlik talabining o‘sishi katta ta‘sir ko‘rsatadi. O‗z navbatida
bibliografiya ham ilmiy, adabiy va texnik ijodiyotga, nashriyot va
kutubxonashunoslikka, kito b savdosi, ta‘lim va mustaqil ta‘limga ta‘sir
ko‘rsatadi. Bibliografiya bosma asarlarni aniqlash, saralash va i zohlash
bilan fan taraqqiyoti yutuqlarini jamlashga va keyingi taraqqiyotga
zamin yaratadi, madaniyat rivojlnishiga ayrim shaxs, xalq yoki
mamlakatning
qo‘shgan hissasini o‘zida aks ettiradi; masalani
o‘rganishga oid zarur tarixiy asarlarni ko‘rsatadi. Kut ubxonalarda
to‘plangan yoki yangi bosmadan chiqqan asarlarni targ‘ib qilib,
27
bibliografiya alohida ilmiy muhit, siyosiy, falsafiy va estetik
qarashlarning tarqalishiga, shuningdek , texnikaviy malakani ng oshishiga
ta‘sir etadi. Bibliografiya ilmiy va texnika xabarlari bilan yaqin aloqada.
Ulardan farqli o‘laroq, balki ular haqidagi bosma asarlar to‘g‘risidagi
ma‘lumotlar berib, ilmiy xabar bilan birga ilmiy, ma‘rifiy va tarbiyaviy
vazifani bajaradi.
Ko‘pgina mamlakatlarda, jumladan O‗zbekistonda ham bosma
asarning majburiy (kontrol) nusxasi joriy qilingan bo‘lib, shu asosda
bosma asarlarni hisobga olish, so‘ng kitobxonlarga mo‘ljallab saralash
yo‘lga qo‘yilgan. Bosma asarlarni ularning ilmiy va g‘oyaviy ahamiyati,
shuningdek mazmunini yoritib guruhlarga ajra tish muhim ahamiyatga
ega. Bosma asarlar turlar (kitoblar, davriy nashrlar va b.), rasmiy
belgilar (alfaviti, nashr joyi yoki sanasi), mazmuni (mavzu, fan va
tarmoqlar) bo‘yicha guruhlanadi. Bu bosma asarlarni guruhlarga
ajratishning umumiy asosidir, bibli ograflar har bir alohida hollarda
o‘zlarining tarmoqlar rejasini yaratadi. Bosma asarlarning tavsifnomasi
mihim ahamiyatga ega. Uning asosiy qismi tasvirlash bo‘lib, unga
muallif familiyasi, asar sarlavhasi, sarlavhachasi, nashr joyi, nashriyot
nomi, nashr vaqti (yili), hajmi (sahifa va bezaklar soni), zarur bo‘lganda
adadi, narxi va boshqalar haqidagi ma‘lumotlar kiradi. Tasvirlash
elementlari, odatda, o‘rnatilgan qoidalar, shuningdek standartlar asosida
belgilanadi. Bosma asarlar mazmuni tavsifnomasining asosiy shakllari –
annotatsiya, referat, guruh axborot (obzor).
Ijtimoiy vazifasiga ko‘ra, davlat bibliografiyasi, ilmiy yordamchi
bibliografiyasi va tavsiya bibliografiyasiga; umimiy, soha va mazmunli
bibliografiyaga bo‘linadi. Bibliografiyaning alohid a turini bibliografiya
bibliografiyasi,
biobibliografiya
(shaxs
bibliografiyasi)
va
o‘lkashunoslik bibliografiyasi tashkil etadi. Bu bo‘linish nisbiydir.
Nashr shakliga ko‘ra, bibliografik qo‘llanmalar, bibliografik jurnallar,
28
byulleten, gazeta, kitob va maqolalar ko‘rsatkichlari va adabiyotlar
ro‘yxati kabilar farqlanadi.
Turkistonda
bibliografiya
ishi
9 -15
asrlardayoq
rivojlana
boshlagan. Fan va adabiyotimizning yirik vakillari (Abu Ali ibn Sino,
Abu Rayhon Beruniy va b.)ning asarlari saroy kutubxonalari tomonidan
o‘z jamg‘armalarining bibliografik ro‘yxati va ularni tavsif qilishishlari
olib borilganligi haqida ma‘lumotlar bor. Jumladan, Beruniy ―Fihrist
kutub Muhammad ibn Zakariyo ar -Riyoziy‖ (―Muhammad ibn Zakariyo
ar-Riyoziy kitoblarining ro‘yxati‖) n omli Muhammad ibn Zakariyo
Roziy ijodiga oid bibliografiya tuzadi. Ko‘rsatkichda Roziyning 184
asarini berish bilan birga Beruniyning 1036 yilgacha yozgan 113
asarining ro‘yxati ham keltirilgan. Bibliografiya qo‘llanmalari tuzish
keyingi davrda ham davom e tdi: Ibn Abdullahab Yoqutning ―Ismlar
lug‘ati va fanlar mazmuni‖ (12 asr); Xoja Xalifaning ―Kitob va fan
nomlaridagi shubhaning bartaraf etilishi‖ (18 asr) va b.
XX asrning 20-30- yillarida bibliografiya ishiga jiddiy ahamiyat
berila boshlandi va hozirgi kunda muhim davlat ishiga aylangan. 1926 -
yildan O‗zbekiston Respublikasi Kitob palatasi, 1930 - yildan Alisher
Navoiy nomidagi davlat kutubxonasi bibliografiya bo‘limining tashkil
qilinishi o‘zbek milliy bibliografiyasining rivojlanishiga zamin yaratdi.
O‗zbek
tilida
tuzilgan
dastlabki
ko‘rsatkich
S.Dolimov
va
F.Ubaydullayevning ―Mukammal ilmiy bibliografiya‖ (1934) asari
bo‘lib, unda 3 ming kitobning tavsifi berilgan.
O‗zbekiston Respublikasi milliy kitob palatasi respublika davlat
bibliografiyasining a sosiy markazidir. O‗zbekiston Respublikasida
bibliografiya ishi bilan O‗zbekiston davlat kutubxonasi, O‗zbekiston FA
asosiy kutubxonasi va boshqa kutubxonalar ham shug‘ullanadi.
Bibliografiya ishiga oid ilmiy ishlar asosan Abdulla Qodiriy nomidagi
Toshkent davlat madaniyat institutining ―Bibliografiya‖ kafedrasida olib
boriladi.
29
BMIda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 3 qismdan iborat bo‘ladi:
1.Siyosiy adabiyotlar – ular alifbo tartibidan tashqarida, ro‘yxatning
boshida keltiriladi.
2.Ilmiy adabiyotlar – ular alifbo tartibida siyosiy adabiyotlardan
keyin keltiriladi.
3.Internetga oid adabiyotlar foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatining
oxirida keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: |