O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/35
tarix02.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#106075
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
m.saparniyozova, n.ahmedova вitiruv malakaviy ishini bajarish bo‟yicha uslubiy tavsiyalar

Dissertatsiya (lot. Dissertatio – tadqiqot, mulohaza) – ilmiy daraja 
olish uchun taqdim etilgan va jamoatchilik oldida yakka tartibda himoya 
qilinadigan asar. Dissertatsiya himoya qilish dastlab o‘rta asrlarda nemis 
tilida so‘zlashadigan mamlakatlarning universitetlarida paydo bo‘lgan. 
16-17 
asrlarda 
boshqa 
mamlakatlarga 
ham 
tarqala 
boshlagan. 
O‗zbekistonda 1934- yilda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasini 
olish uchun dissertatsiya himoya qilish joriy etila boshlandi. Fan 
nomzodi darajasini olish uchun himoya qilinadigan dissertatsiya yangi 
ilmiy-amaliy xulosa va tavsifalarni o‘z ichiga olishi, uning muallifi 
(dissertant) tanlagan mutaxassisli k bo‘yicha chuqur ilmiy-nazariy 
bilimga ega ekanligini ko‘rsatib berishi lozim. Fan doktori ilmiy 
darajasini olish uchun himoya qilinadigan dissertatsiya fan va 
texnikaning muayyan sohasidagi katta ilmiy -nazariy muammoni hal 
qilishi, fan va amaliyotning ri vojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilishi lozim. 
Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari oliy o‘quv yurtlari yoki ilmiy 
tadqiqot 
institutlarida 
tashkil 
etilgan 
ixtisoslashtirilgan 
ilmiy 
kengashlarda 
himoya 
qilinadi. 
Himoyaga 
taqdim 
etilgan 
dissertatsiyaning asosiy mazmuni alohida kitob tarzida yoki jurnal, ilmiy 
to‘plam va boshqa nashrlarda e‘lon qilinishi lozim. Ualrning soni va 
hajmi O‗zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi 


34 
(OAK) 
tomonidan 
belgilanadi. 
Shuningdek, 
muhim 
ixtiro 
va 
kashfiyotlar, ayrim shaxs va jamoa tomonidan yangi mashina, boshqarish 
tizimi, turli asboblar, qurilma va texnologik jarayonlar yaratishdagi 
tugallangan ishlar, bir muallif tomonidan tayyorlangan mustaqil ilmiy va 
ilmiy metodik asar darajasida bo‘lgan orginal darsliklar ham ikmiy 
ma‘ruza shaklida taqdim etilishi mumkin.
Dissertatsiya himoyasi oldidan uning asosiy mazmuni va xulosalari 
yozilgan avtoreferat e‘lon qilinadi. Himoya qilingan nomzodlik va 
doktorlik dissertatsiyalari OAK tomonidan belgilangan muddatla rda 
tasdiqlangandan so‘ng dissertatsiya himoya qilgan shaxsga davlat 
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi. Himaya 
qilingan dissertatsiyalar himoya o‘tgan ilmiy muassasa kutubxonasida, 
shuningdek, muayyan soha kutubxonalarida saqlanadi.
O‗zRda 2000-2001 o‘quv yilidan boshlab oliy ta‘lim tizimida 
magistrlar uchun ilmiy yoki ilmiy texnikaviy mazmundagi magistrlik 
dissertatsiyasini himoya qilish joriy qilindi.
Rezyume (fransuzcha rezume - qisqacha bayon qilmoq). Yozilgan, 
aytilgan yoki o‘qilgan matn mazmunining qisqacha bayoni. Rezyume o‘z 
ichiga quyidagilarni oladi:
– tayanch (eng muhim) so‘zlar; 
– tadqiqot obyekti ; 
tadqiqot maqsadi
– tadqiqot metodlari; 
– olingan natijalar va ularning yangiligi; 
– amaliy ahamiyati; 
– tatbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi; 
– qo‘llanish sohasi; 
Keyingi paytlarda magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy 
ishlariga ham qisqa tarzda avtoreferat tuzish va uning qisqacha mazmuni 
– rezyume kiritish tavsiya qilinmoqda.


35 
Tezis (yunoncha thesis - qoida, isbot) 1) keng ma'noda - bahsda 
yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; tor 
ma'noda - asosiy fikr, prinsip; 2) mantiqda isbot qilishni talab etuvchi 
fikr. Tezis og‘zaki ma‘ruza yoki yozma bayon qilinishi zarur bo‘lgan 
fikr-mulohazalarning qisqacha ifodasidir. Tezisning xususiyatlari:
– tezis o‘rganilgan manbaning asosiy mazmunini qamrab olishi 
shart; 
– tezis hajm jihatidan ilmiy maqoladan qisqa bo‘ladi;
– tezisda muallifning fikri nihoyatda aniq va lo‘nda bo‘lishi kerak;
tezisda umumlashtirilgan, asoslangan, mustaqil yondashilgan 
xulosalar bo‘lishi shart. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin