36
attestatsiya komissiyasi (OAK) eksp ert kengashi tavsiyasiga binoan, oliy
ma‘lumotga ega bo‘lgan shaxslarga OAK tomonidan beriladi. Ilmiy
daraja muvofiqlashtirilgandan so‘ng haqiqiy hisoblanadi. Shuningdek,
O‗zbekistonda chet davlatlardagi ilmiy muassa salar tomonidan berilgan
faxriy ilmiy darajalarga ega mutaxassislar ham bor.
Jumladan,
fakultetimizda uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan ustozimiz filologiya
fanlari doktori, professor Mazluma Asqarova Rossiya Federatsiyasi
Ta‘lim akademiyasining akademigi un voniga sazovor bo‘lgan. Bunday
ilmiy daraja O‗zbekistonda fan, texnika
va madaniyat sohasidagi
yutuqlari uchun chet el olimlariga ham beriladi. Chet el oliy o‘quv
yurtlari va ilmiy tadqiqqot muassasalarida litsentsiat, bakalavr, magistr,
fan doktori ilmiy darajalari mavjud.
Ilmiy unvon – oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqot
institutlari
ilmiy xodimlariga beriladigan unvon. O‗zbekistondagi oliy
o‘quv yurtlarida
dotsent va
professor, ilmiy tadqiqot institutlarida
katta
ilmiy xodim, professor ilmiy unvonlari joriy etilgan.
Professor, dotsent,
katta ilmiy xodim unvoni ilmiy darajasi bo‘lgan va oliy o‘quv yurti yoki
ilmiy tadqiqot muassasasida pedagogik yoki ilmiy tadqiqot ishlarini
bajarish jarayonida yetarli malaka ko‘rsatgan shaxslarga oliy o‘ quv
yurtlari
va
ilmiy
tadqiqot
institut
ilmiy
kengashlariga
asosan
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan beriladi.
Dostları ilə paylaş: