31
lmiy tadqiqot va uning turlari
Ilmiy tadqiqot – yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish
faoliyati turlaridan biri. Unga ob yektivlik,
ishonchlilik, aniqlik xos.
Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha
birdek natija berilishi, bahs etilay otgan masalani isbotlashi shart. Ilmiy
tadqiqotning
asosiy
komponentlari:
mavzuni
belgilash,
mavjud
axborotni, tadqiqot sohasida shart -shroit va metodlarni, ilmiy farazlarni
oldindan tahlil qilish, tajriba o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil etish va
umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida
tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish,
ilmiy bashorat
yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamental va amaliy, miqdoriy va sifatiy,
noyob va kompleks tadqioqtlarga ajratish keng tarq algan. Ilmiy
tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning o‘zidagina emas, balki
ko‘pgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda ham keng
qo‘llaniladi.
Ilmiy bashorat – tabiat va jamiyatning ayni paytda noma‘lum,
lekin kelajakda yuzaga chiqishi yok i o‘rganilishi mumkin bo‘lgan voqea
va
hodisalarni, jarayonlarni ilmiy qonuniyat asosida oldindan aytib
berish, ko‘ra olish. Ilmiy bashorat ijodiy jarayon bo‘lib, tabiat, jamiyat
taraqqiyotini obyektiv qonunlarining fanda o‘rganilgan asarlariga
suyanadi. Ilmiy bashorat voqelik haqida to‘plangan bilim va tajribalarga,
voqelikning o‘zgarishi va rivojlanishi qonuniyatlariga tayangan holda
chiqariladigan,
ilmiy
jihatdan
asoslangan
xulosalardir.
Bunda
voqelikdagi zaruriy aloqadorlik, davriy o‘zgarishlar, hamda t asodifiy
ehtimollar hisobga olinadi. Olimlar osmon harakatlarining davriy
harakatlarini o‘lchash natijasida Quyosh
va Oyning tutilish vaqtini
oldindan aytishgan, sayyoralarning harakatlanish jadvalini tuzishgan
(mil. av. 585-y. yunon olimi Fales Quyosh tut ilishini bashorat qildi.
Ulug‘bek tuzgan yulduzlar jadvali esa osmon yoritqichlarining davriy
32
harakatini aniq aks ettirdi). Tabiatdagi davriy o‘zgarishlarni kuzatish
natijasida yil fasllarining almashinishi, shamolning yo‘nalishi va
bulutlarning holatiga q arab ob-havoning o‘zgarishini oldindan ayta
olishgan, bunday bilimlar dehqonchilik va chorvachilikda muhim
ahamiyat kasb etgan. Bashorat qilishning ayrim
elementlari jonivorlarda
ham uchraydi. Qushlar, ba‘zi hasharotlar ob -havoning o‘zgarishini
oldindan payqar ekan.
Ilmiy bashorat o‘z mohiyatiga ko‘ra, bir qancha turlarga bo‘linadi.
Bularga dinamik va statik qonuniyatlarga tayanib aytiladigan ilmiy
bashoratlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Quyosh va Oy tutilishlarini
oldindan aytib berish dinamik qonuni yatlarga tayanib aytiladigan ilmiy
bashorat bo‘lsa, meteorologik hodisalarni yoki demografik jarayonlarni
prognozlash
ilmiy
bashorat
qilishning
2 -turiga
kiradi.
Ijtimoiy
hodisalarning
rivojlanish
qonuniyatlariga
tayanib
jamiyat
taraqqiyotining kelajagini b ashorat qilish ilmiy bashoratning 3 -turidir.
Ijtimoiy ilmiy bashoratni, o‘z navbatida, iqtisodiy, demografik,
siyosiy
va boshqa turlarga ajratish mumkin. Ilmiy bashorat voqelikni, uning
kelajagini oldindan bilib olishga imkon beradigan murakkab ilmiy bilis h
shakli hisoblanadi. Ilmiy bashoratning to‘g‘riligi uni ilgari surishda
tayaniladigan
bilimlarni ng
puxtaligiga,
ko‘lamiga,
aniqligiga,
haqqoniyligiga bog‘liq.
Ilmiy bashorat payg‘ambarlar va avliyolarning karomatlari,
folbinlik yoki astrologik usulda kel ajakni bashorat qilishdan farqlanadi.
Ilmiy tadqiqot turlariga referat, kurs ishi,
kurs l oyihasi, BMI va
dissertatsiya kabilar kiradi.
Referat (lot. refero – axborot beryapman) – biror ilmiy asar,
maqola, o‘qilgan kitob va sh.k. mazmunining qisqacha yozma va og‘zaki
bayoni; o‘rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqida axborot, tegishli
adabiyot va boshqa manbalarning qisqartirilgan shahrli tahlilini o‘z
ichiga olgan ma‘lum mavzudagi ma‘ruza. Referat, odatda, ilmiy axborot
33
vazifasini o‘taydi. Unda muayyan mavzu yoritilishi bilan birga, tegishli
ilmiy
nazariyalar, ilmiy xulosalar tahlil etilishi va tanqid qilinishi
mumkin. O‗zbekistonda referat ilmiy tadqiqot muassasalarida, oliy
o‘quv yurtlari, akademik litseylar, kasb -hunar kollejlari, umumiy ta‘lim
maktablarida ko‘p qo‘llanadigan didaktik vositadir. Umumiy o‘rta ta‘lim
maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilari hamda
oliy o‘quv yurtlari talabalarining fakultativ mashg‘ulotlardagi
maxsus
axborotlari
ham
referat
deyiladi.
Dissertatsiya
yuzasidan
tayyorlanadigan referat (avtoreferat)da dissertatsiyaning asosiy mazmuni
va xulosalari ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: