Tadqiqotning predmeti ergashgan qo‗shma gaplar semantikasi va
sintaksisini tadqiq qilish.
Tadqiqotning metodologik asoslari va metodlari. Ishda O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ma‘naviyat, ma‘rifat, milliy va
umumbashariy qadriyatlar to‗g‗risidagi fikr-mulohazalari, milliy til va
madaniyatning rivojlanish tarixi, taraqqiy etish yo‗llari haqidagi
qarashlari, hamda ergashgan qo‗shma gaplarga oid qilingan tadqiqotlar
metodologik asos bo‗lib xizmat qildi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy,
tavsiflash, analiz va sintez, mantiqiylik kabi metodlar asosida tahlillar
olib borildi.
Ishning ilmiy yangiligi. Ishda o‗zbek tilshunosligida mavjud
qarashlar asosida ergashgan qo‗shma gaplarning o‗rganilish tarixi tadqiq
qilindi. Bunda:
- o‗zbek tilshunosligida ergashgan qo‗shma gaplar tasnifi masalasiga
munosabat bildirildi;
-ergashgan qo‗shma gaplarning tadqiq darajasi aniqlandi;
-monografik tadqiqotlarda ergashgan qo‗shma gaplar xususiyatlari
qiyosiy tadqiq qilindi;
-ta‘lim bosqichlari dastur va darsliklarida ergashgan qo‗shma gaplar
masalasining qo‗yilishi o‗rganildi;
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.Tadqiqotning
ilmiy qimmati ergashgan qo‗shma gaplar masalasi tadqiqining qiyosiy
o‗rganilishi bilan xarakterlanadi. Shuningdek, tadqiqotning xulosalari va
tahlil materiallari o‗zbek tilining sintaktik qurilishi taraqqiyoti
masalalariga oydinlik kiritadi, uni o‗rganishda manba bo‗la oladi.
Ta‘lim bosqichlarida ergashgan qo‗shma gaplar mavzusiga doir dars
ishlanmalarini yaratishda amaliy material sifatida xizmat qiladi, o‗zbek
tilining
sintaktik
qurilishini
o‗rganishga bag‗ishlangan amaliy
mashg‗ulotlarni o‗tkazishda tadqiqot materiallaridan unumli foydalanish
mumkin.