23
Mana shunday tadqiqotlar tadqiq manbaini yangi bosqichda o‗rganish
uchun mayoq - ilmiy faraz bo‗lib xizmat qiladi.
Har bir jiddiy va tom
ma‘noda ilmiy izlanish fan oldiga yangi -yangi muammolarni, maxsus
o‗rganilishi zarur masalalarni qo‗yadi, tadqiq manbaini yang i
bosqichda tahlil va tavsif etishga zamin hozirlaydi.
Ilmiy faraz tadqiqotchi tomonidan ehtiyotkorlik bilan asosli
ravishda shakllantirilishi va bayon etilishi,
atroflicha tekshirilib
navbatdagi bosqich tadqiqotlari uchun mayoq qilib olinishi zarur.
Ilmiy tadqiqning muhim bosqich va qismlaridan yana biri faktik
material yig‗ish va tajriba-sinov (eksperement) ishlari o‗tkazishdir.
Faktik material deganda tadqiqotchidan tashqarida (unga bog‗liq
bo‗lmagan) mavjudlik sifatida berilgan borliq (voqelik) narsa -hodisa,
aloqa-munosabat, qonuniyatlar tushuniladi. Har bir fan uchun faktik
material o‗ziga xos. Chunonchi "
Suv" kabi bir narsa (modda)ning
tuproq, yer va o‗simlikka ta‘siri biologiya va qishloq xo‗jaligi uchun
faktik material bo‗lsa, uning qancha darajada qaynashi yoki qotishi
fizik uchun, qanday
moddalar bilan aralasha olishi, reaksiyaga kirishi
va kirmasligi ximiya uchun faktik materialdir. "
Suv” so‗zining xilma-
xil ma‘nolarni ifodalab kela olishi esa tilshunos uchun faktik
materialdir.
Faktik material i lmiy tadqiq jarayonida kamida uch marta yig‗iladi:
Ilk bosqichda faktik material, odatda, mavzuning o‗rganilish
tarixi bilan tanishish jarayonida ilmiy -tadqiqiy adabiyotlardan
yig‗iladi va bo‗lajak ilmiy tadqiqning
manbayi va predmetini,
metodologik asoslarini belgilashda zamin vazifasini o‗taydi.
Ikkinchi marta jiddiy va katta miqdorda faktik material mavzu
rasmiylashtirilgach,
uning
o‗rganilish
tarixi
bilan
atroflicha
tanishilgandan keyin bo‗lajak ilmiy tadqiqotning moddiy, ashyoviy
asosi, qurilish materiali sifatida juda katta miqdorda yig‗iladi.
24
Tilshunoslik
bo‗yicha
ilmiy
tadqiqotlarda
bu
bosqich
o‗rganilayotgan til hodisasining qo‗llanilish holatlarini (shevashunos
bo‗lsa, sheva xususiyatlarini, grammatikachi bo‗lsa grammatik
shakllarning, leksikolog bo‗lsa, o‗z tadqiq manbaiga oid so‗zlarning,
uslubshunos bo‗lsa u yoki bu til birliklarining ma‘lum bir
maqsadlarini ko‗zlab qo‗llanilishlarini,
biror yozma yodgorlikning
lisoniy xususiyatlari tadqiqotchisi bo‗lsa, shu yodgorlik yoki asarning
til xususiyatlarini v.h.) qayd etib, kartochkalarga ko‗chirish, har bir
kartochkada hodisa to‗g‗risida o‗z qaydlarini, hodisa olingan manbani
aniq (kerak bo‗lganda osongina topa oladigan shaklda) ko‗rsatib
berishdan iboratdir.Bunday
izlanish
- o‗rganilayotgan birlik
voqelanishining qayd qilish va yig‗ib borish yangi voqelanishlar
topish
mumkin
bo‗lmagan,
topilgan
hodisalar
oldin
qayd
etilganlarning
faqat
takroridan
iborat
bo‗lguncha
davom
ettiriladi.Yig‗ilgan material yuzlab kartochkalarni tashkil etishi
mumkin.Shundan keyingina tadqiqotchi yiqqan faktik materialini
sistemalashtirish,
tartibga
solish
ustida
ishlaydi.
Bunda
u
kartochkalarni ularda qayd etilgan hodisalarning o‗zaro o‗xshash va
farqliligiga ko‗ra guruhlaydi, ularning sistematik katalogga o‗xs hash
kataloglarini tuzadi.
Bunda tabiiyki, bir -biriga yaqin hodisalar birin -
ketin keladi, bir-biriga yaqin joylashgan guruhlarda o‗zaro farq,
asosan, miqdoriy, juz‘iy bo‗lsa, bir-biridan ancha uzoq turgan
guruhlar orasida farq sifatiy bo‗ladi. Sistemalash tirilgan material
katalogi
tadqiq
manbaining
tadqiqotchi
topgan,
qayd
qilgan
hodisalarining (voqelanishlarining) ilk tasnifidir. Bu amaliyotning
mukammalligi ilmiy tadqiqotning
muvaffaqiyatli yakunlanishi
garovidir.
Sistemalashtirish yakunlangach, agar t adqiqot hodisalar (bilimlar)
tavsifini o‗z oldiga maqsad qilib qo‗ygan bo‗lsa, sistemalashtirilgan
faktik material batafsil tavsiflanadi.
25
Tavsiflash jarayonida hodisaning ayrim voqelanish turlariga
material yetarli emasligi, hodisalar voqelanish zanjirida uzilish
sezilishi mumkin.Bunday hollarda uchinchi
marta endi - maqsadli
ravishda faktik material yig‗iladi.
Natijada tilning biror bo‗g‗ini birliklarning (tabiiy fanlarda ma‘lum
turdagi eksperementlarning va ularning natijalarining) mufassal
tavsifini beruvchi tavsifiy tadqiqot yuzaga keladi. Ilmiy tadqiqotda
manba tavsifi yakunlangach, ilmiy ish xulosalanishi zarur.
Dostları ilə paylaş: