Adabiyotlar bilan ishlash
Iqtibos (arab. – ziyo olmoq), sitata – biror asardan so‘zma-so‘z
olingan parcha, ko‘chirma. Iqtibos adabiyotlarda sitata, havola,
ko‘chirma kabi nomlar bilan yuritiladi.
Iqtibos bayon qilinayotgan fikrni ishonchli fikr bilan quvvatlash,
muayyan fikrni tanqid qilish uchun hamda muhim faktik material – misol
sifatida qo‘llanadi. Iqtibos, asosan, ilmiy (ko‘pincha gumanitar) va
rasmiy nutqda ishlatiladi hamda qo‘shtirnoq bilan belgilanadi yoki
alohida harf bilan yoziladi; shuningdek, manbaga havola qilinadi.
Bunday ko‘chirmalar foydalanuvchining fikri bilan qiyoslaganda uning
mohiyatini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi. Masalan, badiiy
adabiyotning, so‘zning g‘oyaviy-estetik ta‘sir kuchi, ahamiyatini
quroldan ham kuchliroq ekanligi to‘g‘risidagi fikrni mustahkamlash
masalasida
P.Tursunning
―Adabiyot
zambarakdan
zo‘r‖
yoki
A.Qahhorning ―Adabiyot atomdan kuchli‖ degan so‘zlarini yoki
2
Неъматов Ҳ. Лингвистик тадқиқ методикаси ва методологияси. –Бухоро, 2006.
11
bo‘lmasa, ―tig‘ yarasi bitar, ammo til yarasi bitmas‖ maqolini iqt ibos
sifatida qo‘llash mumkin. Iqtibosdan ko‘p hollarda epigraf va shior
o‘rnida ham qo‘llaniladi. Agar muallif fikriga zarar yetmasa, iqtibosda
orfografiya va punktatsiyani o‘zlashtirish, so‘z (so‘zlar)ni tushirib
qoldirish mumkin (bunda ko‘p nuqta bilan belgi qo‘yiladi).
Ilmiy
tadqiqotning
muhim
tarkibiy
qismlaridan
biri
ilmiy
havolalardir. Ilmiy havolalar tadqiqotchining qanday manbalarga
tayanib tadqiqot olib borganligini ko‗rsatib turadi. Tadqiqotda
havolalar, asosan, ikki turlidir. Bular:
a) material, tadqiq hodisalariga, tajriba -sinov ishlariga havolalar;
b) ilmiy tadqiqotlarga, tadqiqotchilarning fikrlariga havolalar.
Istalgan ilmiy tadqiqot hamisha faktlarga (faktik materialga)
tayanadi. Bu faktik material tilshunoslik tadqiqotlarida tilning
voqelanish
ko‗rinishlari - nutqdan (jonli so‗zlashuv, sheva,
yozuvchilarning asarlari v.h.dan), o‗tkaziladigan tajriba -sinov
natijalaridan, zarur holatda ilmiy tadqiqotlardan olinadi. Bularning
barchasi tadqiqotchi va tadiqiqot uchun material manbayidir. Ilmiy
ishda keltirilgan har bir faktik materialning qaysi manbadan
olinganligi aniq (tadqiqotni o‗qiyotgan boshqa shaxs osonlikcha topa
oladigan shaklda) ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak. Material manbayi,
odatda, faktik material keltirilgach, qavslarda - juda ko‗p hollarda
shartli qisqartmalar bilan beriladi. Chunonchi,Qodiriy asarlarida
moziy so‗zi "o‗tmish", "o‗tgan zamon" ma‘nosida qo‗llaniladi:
Moziyg‗a qaytib ish ko‗rish xayrlik (O‗K-10).
Faktik materialning tur va xususiyatiga ko‗ra havolada uning
manbaini ko‗rsatish ham xilma-xil bo‗lishi mumkin. Faktik material
manbayi tadqiqot matni ichida (chunonchi: "bir tilli" shevada r
ma‘lum pozitsiyalarda .... tushib qoladi. ....
3
) berilishi mumkin.
3
Mirzayev M. O‘zbek tilining Buxoro gruppa shevalari. – Тoshkent: Fan, 1968. 35-b.
12
Tajriba-sinov ishlari natijalari faktik material sifatida keltirilgand a,
natijalar e‘lon qilingan bo‗lsa, nashr manbayini, e‘lon qilinmagan
bo‗lsa, o‗tkazilgan o‗rni va vaqti, uni qayd etgan muassasa
ko‗rsatilishi zarur.
Faktik material arxiv yoki muzey materiallaridan olinganda, arxiv
(muzey), uning joyi, fond raqami (nomi) , qayd raqami ko‗rsatiladi.
Faktik material havolasidan maqsad kitobxonning - zarur bo‗lganda -
shu ma‘lumotni oson topishi va tekshira olishi ekanligini unutmaslik
lozim.
Ilmiy ishda havolalarning ikkinchi turi tadqiqotchilarning ishlariga,
fikrlariga ishoradir. Bunday havolalar ilmiy tadqiqlotarda, asosan, uch
usul bilan keltiriladi:
1. Sahifaosti izohlar;
2. Matn ichida ajratilgan izohlar;
3. Bob (bo‗lim, tadqiqot) oxirida keltirilgan izohlar.
Ilmiy ishlar, fikrlar manbayini ham (monografiya, maqola, m a‘ruza
v.h.) ilmiy tadqiqotlarda 4 turda berish mumkin.
1) muallif, asari, nashriyoti, yili, zarur betlarini to‗liq ko‗rsatgan
holda;
2) raqamlash usuli bilan;
3) muallif va bosilgan yilini ko‗rsatuvchi qisqartma holida;
4) tadqiqotchi lozim ko‗rgan qisqartma shakllaridan birida beriladi.
Birinchi turdan, asosan sahifaosti izohlarda foydalaniladi. Bu usul
fikrlar manbayini kitobxonga yetkazishning eng qulay usuli, lekin,
birinchidan, juda ko‗p joyni egallaydi. Ikkinchidan, havolalarni
bunday berish kitobx on diqqatini chalg‗itib turadi.
Ba‘zan bu turdan bob yoki asar oxirida beriladigan izohlarda ham
foydalanadilar. Bu holda tadqiqot matni ichida boshqa tadqiqotlarga,
fikr manbalariga havola o‗rinlari arab raqamlari bilan batartib belgilab
boriladi va bob oxirida har bir tartib raqamlariga mos manba aniq va
13
to‗liq ko‗rsatiladi. Bunda bir muallifning ayni bir tadqiqoti takror -
takror keltirilganda, birinchi keltirilishda to‗liq berilib, qolgan
o‗rinlarda faqat muallif ko‗rsatiladi va "Ko‘rsatilgan asar" havol asi
beriladi va shu o‗ringa aloqador betlarga ishora qilinadi.
Havolalarni raqamlash usuli bilan berish eng tejamli usuldir. Bunda
bob oxirida "Foydalanilgan adabiyotlar" sarlavhasi ostida manbalar
qat‘iy alifbo tartibida beriladi. Matn ichida havola zarur bo‗lganda shu
manbaning bu ro‗yxatidagi tartib raqami, undan keyin vergul qo‗yilib,
zarur betlar ko‗rsatiladi, nuqta yoki nuqtali vergul qo‗yiladi:
Chunonchi: ―Odatda kommunikativ vaziyatning uch asosiy unsuri
mavjud bo‗ladi, ya‘ni so‗zlovchi, tinglovchi va mavzu yoki axborot.
So‗zlovchi muayyan axborotni tinglovchiga yetkazish uchun, albatta,
vosita – tegishli kanalni tanlaydi. Bilamizki, asosiy kanal tilning o‗zidir.
Ammo axborotni to‗la yetkazishda umumiy vaziyat va maqsadga
muvofiq boshqa kanallar ham ishga tushiriladi. Bu o‗rinda paralingvistik
va ekstralingvistik vositalar nazarda tutiladi. Haqiqatan ham, turli
jestlar, yuz ifodasi, boshni qimirlatish, gavda harakatlari, makon
yaqinligi, ovoz tabiati, kiyimlar, so‗zlovchi va tinglovchining ijtimoiy
yoki boshqa maqomi kabi xilma -xil omillar kommunikatsiya jarayonida
alohida qimmatga ega. Uzatilmoqchi bo‗lgan axborotning mazmuni,
maqsadi va tabiatiga uyg‗un tarzda kommunikatsiya kanali tanlanadi.‖
[139, 40]
4
Demak, M.Yo‗ldoshev bu fikrni shu shaklda "Foydalanilgan
adabiyotlar ro‗yxati"da 139-raqam ostida keltirilgan manbaning
40-betidan olgan.
Matn ichida bir o‗rinda bir necha manbaga havola etilganda, har bir
manba raqami nuqtali vergul bilan ajratib boriladi.
Havolaning bu tejamli usuli ham o‗z noqulayliklariga ega.
Birinchidan, fikr olingan manbani, tadqiqotchi kimlarning g‗oyalari va
4
Йўлдошев М. Бадиий матннинг лингвопоэтик тадқиқи. Филол. фан. д-ри ...дис. – Тошкент, 2009, 87-б.
14
materiallariga tayanib ishlayotganligini bilish uchun kitobxon bob
(ish) oxiriga qayta-qayta murojaat etishi zarur. Ikkinchidan, bunday
tizimdan foydalanish muallifdan katta ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Zeroki, bitta raqamdagi xato manbani tamoman o‗zgartirib yuboradi.
Ilmiy ishda esa bu nafaqat qo‗pol xato, balki salaflarga hurmatsizlik
deb ham sanaladi.
Havolalarni uchinchi usulda (asar muallifi va uning bos ilgan yiliga
ishora etuvchi qisqartma bilan berish yo‗li) ilmiy ishlarda eng qulay
va tejamkordir. Bu usuldan havola berishning to‗rtala turida ham
bemalol
foydalanish
mumkin.
Bu
usuldan
foydalanganda
manbalarning shartli qisqartmalari yo ishning boshida - shartli
qisqartmalar bo‗limida, yoki ishning oxirida "Foydalanilgan
adabiyotlar va ularning qisqartmalari" qismida to‗liq ochib boriladi.
Bunday
qism
ilmiy
tadqiqotda,
xususan,
dissertatsiyalarda
"Adabiyotlar ro‗yxati" zaruriy qismi o‗rnini ham bosadi.
Dostları ilə paylaş: |