O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Bitiruv malakaviy ishi va uning mazmuni



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/35
tarix02.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#106075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
m.saparniyozova, n.ahmedova вitiruv malakaviy ishini bajarish bo‟yicha uslubiy tavsiyalar

 
Bitiruv malakaviy ishi va uning mazmuni
BMIni yozish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
– mavzuni to`g‘ri tanlay olish; 
– mavzuga oid adabiyotlarni o`rganib chiqish; 
– mavzu bo‘yicha faktik materiallar yig‘ish;
– u yoki bu holatlarning ilmiy va amaliy ahamiyati hamda 
qiymatini asoslab berish, xulosalar chiqarish.
Ilmiy tadqiqot voqelikdagi biror narsa-hodisa haqida uning 
bevosita kuzatishda berilgan, xususiyliklarini kuzatish asosida narsa-
hodisaning mavjudlik, yashash va rivojlanish qonuniyatlari haqida 
umumlashma hosil qilish jarayoni bo‗lib, u ijtimoiy, sof insoniy, 
aqliy faoliyatdir. Shuning uchun ilmiy tadqiqot, bir tomondan, 
obyektiv, ya‘ni tadqiqotchidan tashqarida turgan, unga bog‗liq 



bo‗lmagan haqqoniy (real) borliq bilan, ikkinchi tomondan esa, shu 
borliqning shaxs (subyekt, tadqiqotchi) ongida in‘ikosi bilan bog‗liq 
bo‗lgan subyektivlikka aloqador murakkab jarayondir. Uning shaxs 
bilan, subyektivlik bilan bog‗liqligi Sharqu g‗arbda mashhur juda 
qadimgi hikmatli so‗zda "Hamma qaraydi, lekin hamma ham 
ko‗rolmaydi" matalida o‗z aksini topgan, zeroki, "ko‗ra olish" maxsus 
tayyorgarlikka ega bo‗lgan, o‗ziga xos tadqiq qurollari bilan 
qurollangan, 
ulardan 
foydalanish 
k o‗nikmalariga 
ega bo‗lgan 
shaxslarga, mutaxassislarga xos harakatdir
1

Ilmiy tadqiqning muhim tarkibiy qismlardan biri tadqiq manbayi
(o‗rganish obyekti)dir. Tadqiq manbayi deganda ilmiy tadqiqning 
voqelikda mavjud bo‗lgan, o‗rganilishi kerak bo‗lgan n arsa-hodisa
ularning orasidagi munosabat - aloqalar, qonuniyatlarning xilma -xil 
ko‗rinishlarda, shakl va turlarda yuzaga chiqishi tushuniladi. Nimada 
biror narsa-hodisani tavsiflash, aniqlash, sharhlash, ochish ilmiy 
tadqiq oldida maqsad qilib qo‗yilgan bo‗lsa, o‗sha narsa tadqiq 
manbaidir. Tilshunoslik fanining tadqiq manbayi inson tili, fikrini 
shakllantirish va uni ifodalashning eng asosiy vositasidir.
Tadqiq manbaiga turlicha yondashish mumkinligi bois fanda ayni 
bir tadqiq manbai turli jihatlardan va turli mufassallikda qayta -qayta 
o‗rganilishi lozim va bu tadqiq mavzusida o‗z aksini topishi zarur.
Ilmiy tadqiq mavzusi (odatda, ilmiy ishning sarlavhasi) tadqiq 
manbayiga va tadqiq predmetiga ishorani o‗z ichiga oladi.
Ilmiy tadqiq mavzusi, oda tda, ilmiy tadqiqotning sarlavhasidir.
Sarlavha qanchalik qisqa, ixcham va sermazmun bo‗lsa, shuncha 
yaxshi. Chunki sarlavha qanchalik qisqa, aniq va mazmundor bo‗lsa, 
ilmiy tadqiqotning shunchalik uqilgan va yetilganligiga ishora qilib 
turadi. Aksincha uzundan-uzoq sarlavha noqulay va ishning g‗o‗rligi 
1
Неъматов Ҳ. Лингвистик тадқиқ методикаси ва методологияси. –Бухоро, 2006. 


10 
nishonalaridan biridir. Sarlavhada ortiqcha so‗zlar bo‗lmasligi kerak.
2
Mavzuning ixcham va aniqligi uning to‗liq uqilganligining 
nishonasidir. 
Tadqiqot mavzusining o‗rganilish tarixi deganda tanlangan mavzu 
fanda kimlar tomonidan qay darajada o‗rganilganligi tushuniladi. 
Tadqiqotchi mavzuning o‗rganilish tarixini, ya‘ni undan oldin shu 
masala bo‗yicha kimlar nimalar qilganligini, qanday yutuqlarni qo‗lga 
kiritganlarini, qaysi muammolarni o‗rtaga qo‗yga nliklarini tugal 
bilmog‗i lozim. Busiz tadqiqotchi ilmiy tadqiq ishiga kirishishi, hatto 
sarlavha belgilashi va asoslashi mumkin emas. O‗rganayotgan 
(mutolaa qilayotgan) ilmiy -tadqiqiy asarlardagi ilmiy havolalar 
tadqiqotchiga yangi -yangi tadqiqotlarni topish va o‗rganish uchun 
yo‗llanmadir. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin