O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Kurs ishi va unga qo„yiladigan talablar



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/35
tarix02.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#106075
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
m.saparniyozova, n.ahmedova вitiruv malakaviy ishini bajarish bo‟yicha uslubiy tavsiyalar

 
Kurs ishi va unga qo„yiladigan talablar 
Kurs ishioliy o‗quv yurtlari talabalari tomonidan o‗quv 
rejasidagi umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha bajariladigan mustaqil 
ish. Kurs ishi professor -o‗qituvchilar rahbarligida talabalarda t o‗plangan 
nazariy bilimlardan muayyan masalani yechishda mustaqil foydalanish 
ko‗nikmasini yoki mavzuni chuqur o‘rganish maqsadida bajariladi. Kurs 
soati, odatda, referativ ishlari sifatida o‘tkaziladi.


37 
Kurs ishi talabalarning muayyan o‗quv fanlarini o‗rganishdagi 
yakuniy bosqichidir. Kurs ishining maqsadi – talabalarning oldiga 
qo‗yilgan masalalarni yechishda nazariy bilimlarni mustahkamlash va 
chuqurlashtirish, mustaqil, ijodiy pedagogik, ilmiy -tadqiqot ishlarini 
bajarish ko‗nikmalarini takomillashtirish, ba‘zi hollarda esa oldinga 
qo‗yilgan ilmiy-amaliy natijalarni olishdan iborat. Kurs ishi – o‗qituvchi 
rahbarligida talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ish turi bo‗lib, 
talabaning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, amaliy masalalarni hal 
qilishda o‗z bilimidan mohirlik bilan foydalanish malakasini 
shakllantirishga, bitiruv ishini bajarishga v a mustaqil kasbiy faoliyatga 
tayyorlashga xizmat qiluvchi grafik qism va tushuntirish yozuvidan 
iborat. 
Kurs 
ishi 
– 
ilmiy-tadqiqot 
ishi 
elementlarini 
o‗zida 
mujassamlashtirgan, 
o‗qituvchi 
rahbarligida 
umumilmiy 
va 
mutaxassislik fanlaridan bajariladigan tal abalarning mustaqil ish 
turlaridan biri bo‗lib, o‗z oldiga talabalarning must aqil ijodiy ishlash 
malakasi va ko‗nikmalarini rivojlantirishni, zamonaviy ilmiy -tadqiqot 
usullarini egallashlarini, biror bir masalani, fan bo‗limining mavzusini 
chuqur o‗rganishlarini maqsad qilib qo‗yadi. 
Kurs ishi mavzusi oliy o‘quv yurtlari k afedralarida ishlab chiqiladi 
va himoya qilinadi.
Kurs ishining hajmi A4 formatda 15-20 varaqdan iborat bo‗ladi. 
Har bir sahifada 30 ta satr, har bir satrda 60 ta belgi (so‗zl ar orasidagi 
o‗tishlar va tinish belgilarini hisoblagan holda) bo‗lishi kerak.
O‘ngdan – 3 sm, chapdan – 1 sm, yuqoridan – 2,5 sm, pastdan – 2,5 sm 
joy qoldiriladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar r o‗yxatida adabiyotlar soni kamida 20 -
25 ta atrofida bo‗lishi kerak. 
Ilmiy tadqiqot ishida uzviylik va uzluksizlikni ta'minlash 
maqsadida bitiruv malakaviy ishining ma'lum bir qismi yoki bobi kurs 


38 
ishi mavzusi sifatida bеrilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, namuna 
sifatida kеltirilayotgan ―O‗zbеk tilshunosligida ergashgan qo‗shma 
gaplar talqini‖ mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini ―Hozirgi o‗zbеk 
adabiy tili‖ kursi bo‗yicha ―Ta'lim bosqichlari dastur va darsliklarida 
ergashgan qo‗shma gaplar muammosi‖ tarzida kurs ishi mavzusi sifatida 
bеrish mumkin. Shuningdеk, ushbu mavzuni ―O‗zbеk tili o‗qitish 
mеtodikasi‖ kursi bo‗yicha ―Ergashgan qo‗shma gaplar‖ mavzusini 
o‗tishda zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalardan foydalanish‖ yoki 
―Ergashgan qo‗shma gaplar‖ mavzusini o‗tishda o‗quvchilarni mustaqil 
fikrlashga o‗rgatish‖ kabi mavzularni kurs ishi sifatida bеrish maqsadga 
muvofiqdir. Natijada talabaning foydali ish koeffitsеnti oshadi: mavzuni 
har tomonlama va kеng idrok qilishi va yoritishiga, fanlar bo‗yicha esa 
savodli, talab darajasidagi kurs ishlarining bajarilishiga erishiladi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin