YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI
OʻQITISHNING DOLZARB MASALALARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
16-iyun, 2023- yil
541
ONA TILI TA’LIMIDA UNLI TOVUSHLARNI O‘QITISHNING MAVJUD HOLATI
TAHLILI
Ganiyeva Dildora Sagdullayevna
Samarqand davlat universiteti 2-kurs tayanch doktoranti
+99-890-731-67-92, dganiyeva084@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.8051929
Annotatsiya.Ushbu maqola ona tili dastur va darsliklarida unli tovushlar ta’limiga doir
o‘quv materiallaritahlili, “Ona tili” darsliklarida unli tovushlarni o‘qitishning muammo va
yechimlari. O‘quvchilarda adabiy talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish usullarini rivojlantirish.
Shuningdek, milliy unli tovushlarni o‘qitishning qonun-qoidalari, orfoepik jihatiga e’tibor
qaratish, metodika sohasida mazkur yo‘nalishda ilmiy tadqiqot olib borgan ayrim olimlar fikriga
qisman munosabat.
Kalit so‘zlar: fonetika, talaffuz, imlo, unli va undosh tovushlar, mashq va topshiriqlar.
Tilni o‘rganish tovushdan boshlanadi. Har qanday tilda unli tovushlar muhim ahamiyatga
ega, ayniqsa, turkiy tillarda. Unli tovushlar bo‘g‘in hosil qiladi, urg‘u oladi,
musiqiylik kasb
etadi. Eng asosiysi, muloqotning jozibali bo‘lishiga xizmat qiladi, agar so‘zlovchi uni to‘g‘ri
talaffuz qila olsa. O‘zbek tilini ona tili sifatida o‘qitishda eng katta muammolardan bir bu adabiy
talaffuzga o‘rgatish, to‘g‘ri talaffuz va to‘g‘ri yozishga o‘rgatish bo‘lib, bu, albatta, unli
tovushlar bilan bevosita bog‘liq. Bugunga qadar o‘zbek o‘quvchisi o‘z
ona tili tovushlarini
to‘g‘ri ayta olmayotgan ekan, demak, buning ikkita sababi bo‘lishi mumkin:
birinchidan,
ilmiy lingvistik asoslarning yetarli emasligi, ya’ni o‘zbek tilida unli
tovushlar va ularni ifodalovchi grafemalarning nomutanosibligi;
ikkinchidan,
metodik jihatdan yetarlicha o‘rganilmaganligi, ya’ni o‘zbek tili tovushlarini
o‘qitishning pragmatik
usullari ishlab chiqilmagan, ilg‘or pedagogik texnologiyalar yetarlicha
joriy etilmaganligi.
Ona tili ta’limida hali ham qaysi sinfda nimani o‘qitish, unli tovushlarni o‘qitishda o‘quv
topshiriqlardan qaysi birini qo‘llash kabi muammolar hal etilmay turibdi. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining “Ona tili” darsliklarida unli tovushlarni o‘qitishning o‘rganilishi ayrim holatlarni
ta’rif va tavsiflash bilan chegaralanib qolmoqda. Holbuki, o‘zbek tilining fonetik qurilishi o‘ziga
xos murakkabliklarga ega bo‘lib, uni o‘zlashtirish nafaqat xorijliklardan, balki o‘zbeklardan
ham qunt bilan ishlashni talab etadi. Zero, bugungi kunda ommaviy axborot
vositalarida ayrim
teleboshlovchilar, radiomuxbirlarning o‘z nutqlarida g‘ayritabiiy talaffuzlardan foydalanishlari
kishining g‘ashini keltiradi va bu holat ularning adabiy talaffuz me’yorlarini to‘g‘ri o‘zlashtira
olmaganliklarini sezdirib turadi.
Vaholanki, o‘zbek o‘quvchilariga ham unli tovushlarni o‘qitish ta’limi jarayonida faqat
nutq organlarining darslikdagi umumiy grafik chizmasi bilan
chegaralanib qolmasdan, tovushlar
talaffuzi holati aks etgan maxsus chizmalar asosida ta’lim berish, fonetik mashqlarga imkoni
boricha boshlang‘ich sinflarda ko‘proq o‘rin ajratish, yuqori sinflarda ularga o‘rni bilan qaytib
turish adabiy til me’yorlarini egallashning muhim omili ekanligini shu o‘rinda alohida ta’kidlash
lozim.
Maktab “Ona tili” darsliklarida ham, oliy ta’lim darsliklarida ham fonetik mashqlarga
o‘rin ajratilmagan. Bu holat o‘zbek adabiy talaffuz me’yorlarining o‘quvchi
va talabalar
tomonidan yetarlicha o‘zlashtirilmay qolishiga olib kelayotgan sabablardan biridir. Ona tili