YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI OʻQITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 16-iyun, 2023- yil 544
o‘zgarishlariga to‘xtalib, tovush tushishi hamda tovush almashishi haqida ma’lumot beradi va
“Bu holat tilimizning yengillik istaganidan kelib chiqib qolg‘on bir hol” deb izoh beradi.[9]
Uning fikriga ko‘ra, o‘zbek tili yalpi turk tilining keng bir tarmog‘i sifatida barcha turkiy
tillarga xos xususiyat o‘zbek tilida ham bo‘lishi tabiiy ekanligi, turkiy tillarning barcha
tarmoqlarida bo‘lgani kabi o‘zbek tilida ham ohangdoshlik, so‘zlar ohangi e’tiboriga ko‘ra
yo‘g‘on va
ingichka ga bo‘linishi aytiladi. Masalan,
sin so‘zi yo‘g‘on bo‘lsa,
min so‘zi ingichka
deb e’tirof etilgan. Shuningdek, ohang masalasi eski yozma asarlarimizda, qishloq shevalarida
uchrashi, fors adabiyoti ta’siri bilan buzilgan shahar shevasida bo‘lmasa-da, o‘zbek tilida bu
hodisani yo‘q deb bo‘lmasligini ta’kidlaydi.
Professor A.Fitratning unli tovushlarni o‘qitish, xususan, nutq tovushlari, talaffuz va
ohangdoshlik masalalariga milliylik nuqtayi nazaridan yondashishni kuzatamiz. Darhaqiqat, til
millat belgisi sifatida doimo o‘ziga xos xususiylikka ega bo‘ladi. Olimning milliylikka
yo‘g‘rilgan ilmiy asoslari pishiq qarashlari o‘z vaqtida maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan
“O‘zbek tili uchun darslik”larida ham o‘z aksini topgan edi. Xususan, buni bevosita
Q.Ramazon va X.Qayyumiylarning darsligi
misolida ham ko‘rishimiz mumkin.[1]
Darslik mualliflari ham A.Fitrat yo‘lidan borib tilning milliy xususiyatlarga jiddiy e’tibor
qaratishgan. Ta’kidlash kerakki, darslikdagi atamalarning ham aksariyati o‘zbekcha (
so‘zlov a’zolari, so‘z tuzumi. ..). Ushbu darslikda unli tovushlarni o‘qitishga alohida e’tibor berilib, nutq
tovushlari
unli va
unsiz (joriy darsliklarda buning o‘rniga
undosh atamasi qo‘llangan. 1940-yillar
darsliklarining ayrimlarida
shovqinlilar )ga ajratilgan. Har bir nutq tovushiga (bugungi fonetik
talqinlarga unchalik o‘xshamagan) alohida tavsif berilgan. Unlilarning talaffuzi va imlosi batafsil
yoritib berilgan. Shuningdek, bo‘g‘in mavzusiga doir nazariy ma’lumotlar ham bugungi
talqinlarga o‘xshamaydi. Masalan, “
So‘zning ayrim havo zarbiga to‘g‘ri keladigan bo‘lagi bo‘g‘in deyiladi[1] .
Jadidlar davri darsliklari bilan hozirda amaldagi darslik ma’lumotlar orasida uyg‘un
o‘rinlar ham uchraydi. Masalan, urg‘u haqidagi nazariy ma’lumot joriy darsliklardagiga aynan
o‘xshashdir. Unda nazariy ma’lumotlarni mustahkamlovchi mashqlarning mavjud emasligini
ham ta’kidlash joizdir.
Quyida 1930-1940-yillarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun chop etilgan “Ona tili”
darsliklari mundarijasining diqqatga sazovor o‘rinlariga e’tibor qaratamiz. O‘tgan asrning 30-
yillarida amalda bo‘lgan (lotin alifbosidagi) “O‘zbek tili” darsliklarining unli tovushlarni o‘qitish
bo‘limiga doir “
Unsiz tovushlar”, “Lab ohangi”, “Ohangdoshlik”, “Yo‘g‘on va ingichkalik”, “Bosim” kabi bir qator atamalar XX asr boshlarida A.Fitrat, Q.Ramazon va X.Qayyumiylar
tomonidan yaratilgan darslik hamda qo‘llanmalarda ham uchraydi.
Professor A.Fitrat dastlab o‘zbek tilini turk tilining keng bir tarmog‘i hisoblab, boshqa
turkiy tillardagi kabi o‘zbek tilida ham mavjud bo‘lgan so‘zlar ohangi masalasiga to‘xtaladi va
bu borada
“yo‘g‘on” hamda
“ingichka” atamalarini qo‘llaydi. A.Fitrat
yo‘g‘on va
ingichka likni
so‘zlarga nisbatan qo‘llagan bo‘lsa, Q.Ramazon hamda X.Qayyumiylar
[1] mazkur atamani nutq
tovushlariga nisbatan ham ishlatadi.
Unli tovushlarni o‘qitish bo‘limida “Lab ohangi” atamasini ham qo‘llaydilar va
quyidagicha ta’rif beradilar: “ Baş bog`unda kelgan lab unlilarining ikkinchi bog`unda ham lab
unlilarini istaşi lab ahani deb ataladi”.[1]
Fitrat o‘zbek tili tovushlar tizimi haqida to‘xtalganda ularning tasnifiga doir quyidagi ikki
atamani ishlatadi:
Unsiz : b, p, t, ch, j,...(23ta). Unli: o, a, u; o‘-o‘, e, i-y (9 ta. Kirill alifbosiga