[h] va [
x] undoshlarini imloda ham talaffuzda farqlash uchun berilgan o‘quv
materiali boshqalariga nisbatan o‘quvchiga ancha foydali. [4]
O‘zbek tilida
[o‘] unlisi so‘zning turli o‘rinlarida bir-biridan farqli talaffuz etilishi
ma’lum, biroq uni o‘quvchilarga farqlab berish masalasi muammoligicha qolmoqda.
[o‘] unlisi
talaffuzi bilan bog‘liq nozik jihatlarga aksariyat ona tili darsliklarida e’tibor qaratilmasligi
o‘quvchilarimizning adabiy nutq me’yorlarini to‘la o‘zlashtirishlariga soya tashlab turadi. Oliy
ta’limning sohaga tegishli amaldagi darsliklarida mazkur masalaga qisman e’tibor qaratilgan
nazariy ma’lumotlar uchraydi, ammo u amaliy jihatdan ishlanmagan.[5] Ta’kidlash kerakki,
bugun keng amaliyotda bo‘lgan 5-sinf “Ona tili” darsligidagina
[o‘] unlisi talaffuzda farq qilishi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar misollari bilan keltirilgan. [6] Bu, albatta, ijobiy hodisa, biroq “bir
holatda torroq, boshqasida kengroq aytiladi”, degan izoh o‘quvchiga amaliy jihatdan yordam
berishi qiyin. Keltirilgan misollarni o‘qituvchi ko‘magisiz to‘g‘ri talaffuz qilib bo‘lmaydi.
Masalan, torroq aytilishiga
ko‘l, kengroq aytilishiga
bo‘ri so‘zlari misol tariqasida
keltirilgan bo‘lsa-da, bu hamisha ham kutilgan natijani beravermaydi. Shuni inobatga olib,
[o‘] unlisi talaffuzi bilan bog‘liq mashqlarga keng o‘rin berish zarur.
Bobning ikkinchi fasli
“Unli tovushlar tizimini o‘qitishga doir o‘quv materiallari mazmuni va ularning takomillashish jarayoni” ,
deb nomlangan. Unda muammoning yechimini
topish uchun “Ona tili” darsliklari tarixi hamda ularning mazmun-mundarijasini o‘rganib
chiqishni zarur, deb hisobladik. “Ona tili” darsliklarida mavjud nazariy ma’lumotlar, ularni
mustahkamlovchi mashq va topshiriqlar qachondan boshlab va nima uchun maktab darsliklariga
kiritilganligining sabablarini o‘rganish bu boradagi tasavvurni tiniqlashtiradi.
“XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida vatanimizda ona tili ta’limining
jadidchilik harakati bilan bog‘liq yangi turdagi o‘zbek maktablari uchun darslik va qo‘llanmalar
yaratish davri boshlandi”.[8]
Ko‘rinib turibdiki, bugungi “Ona tili” darsliklariga tamal toshni jadidlar qo‘ygan.
O‘tgan asrning 30-yillarida yaratilgan “Ona tili” darsliklari, xususan, ilk “O‘zbek tili
darslik”larining yaratilishiga xizmat qilgan olim Abdurauf Fitratning “O‘zbek tili qoidalari
to‘g‘risida bir tajriba” “Sarf” kitobida unli tovushlarni o‘qitishga oid ma’lumotlar ham berilgan.
Mazkur qismda Fitrat nutq tovushlarini tavsiflab, ularni
unli va
unsiz tovushlar deb ikki guruhga
ajratadi. Olim unlilarni 9 ta, unsizlar sonini esa 23 ta deb keltiradi. Shundan so‘ng tovush