YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI OʻQITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 16-iyun, 2023- yil 542
ta’limi tarixiga nazar tashlasak, bunday mashqlar o‘zbek tili fan sifatida shakllangan dastlabki
yillarda (1930–1940) chop etilgan darsliklarda ham uchramasligiga guvoh bo‘lamiz. [1]
Tilshunoslikning “Unli tovushlarni o‘qitish” bo‘limi “Orfografiya” va “Orfoepiya” bilan
bevosita aloqador bo‘lganligi bois ularni o‘qitish vositalari ham bir-biriga chambarchas bog‘liq.
Maktabda, odatda, muayyan o‘quv predmetiga tegishli darslik dars jarayonida ham, hatto
darsdan so‘ng ham o‘quvchi va o‘qituvchining shu o‘quv predmeti bo‘yicha bilim berish hamda
ma’lumot olishning asosiy vositasi, tayanchidir. Shunday ekan, asosiy diqqatni darslikdagi o‘quv
materiallarining tarkibi, tuzilishi va, albatta, mazmuniga qaratish kerak. Maktab darsliklarida
millat tafakkuri va mafkurasining eng ilg‘or namunalari aks etishi kerak [2], degan ta’kid,
fikrimizcha, “Ona tili” darsliklariga ko‘proq tegishlidir.
Adabiy talaffuz va uning me’yorlari masalasi dunyoning rivojlangan mamlakatlari
tillarida atroflicha o‘rganilganligini kuzatamiz [ingliz, fransuz va b.]. Bu borada jahon
tajribasida, jumladan, ingliz tilida fonetik mashqlardan unumli foydalaniladi. Shuning uchun
ham amaldagi asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalarida har bir nutq tovushining hosil bo‘lish
jarayoni haqida batafsil ma’lumot beriladi.[3] Oliy maktab va umumiy o‘rta ta’lim maktablari
uchun nashr ettirilgan darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarda tovushlarning talaffuz holati aks
etgan maxsus chizma (rasm)lar yo‘q.
O‘zbek tiliga xos bo‘lgan ayrim tovushlarning to‘g‘ri talaffuzini oddiy, an’anaviy mashqlar bilan yetarli darajada o‘rgatib bo‘lmasligini bugungi o‘quvchi, talaba, hatto ayrim katta yoshdagi ziyoli kishilar, xususan, o‘qituvchilarning nutqi ham isbotlab turibdi. Muammoning bir uchi yana o‘rta umumta’lim maktablarida ona tili o‘qitish masalasiga
borib taqaladi. Adabiy talaffuz – madaniyatlilik belgisi. O‘rta umumta’lim tizimida 5-sinfdan
boshlab talaffuzning asosiy birligi hisoblangan nutq tovushlari “Unli tovushlarni o‘qitish”
bo‘limi tarkibida tizimli o‘qitila boshlaydi. “Unli tovushlarni o‘qitish” bo‘limi ta’limi taqozosiga
ko‘ra shu yerda o‘quvchilarga nutq tovushlari bilan birga to‘g‘ri talaffuz hamda imlo qoidalarini
singdirish talabi ham qo‘yiladi.
O‘zbek adabiy tili turli lahjalardan o‘sib chiqqanligi sababli uning talaffuzi borasida
hududlar bilan bog‘liq jiddiy muammolar bor. Maktab ona tili darsliklarini tuzishda, ayniqsa,
unli tovushlarni o‘qitishga doir o‘quv materiallarini berishda mualliflar aholi hududiy
talaffuzining tilga ta’sirini inobatga olishlari kerak. (Masalan, AQShda har bir shtat uchun
alohida darslik yaratilgan.) Shu ma’noda dastur va darsliklar tuzishda orfoepik nuqtai nazardan
har bir hududning talaffuzidagi muammolari e’tiborga olinishi lozim.