34
(OAK)
tomonidan
belgilanadi.
Shuningdek,
muhim
ixtiro
va
kashfiyotlar, ayrim shaxs va jamoa tomonidan yangi mashina, boshqarish
tizimi, turli asboblar, qurilma va texnologik jarayonlar yaratishdagi
tugallangan ishlar, bir muallif tomonidan tayyorlangan
mustaqil ilmiy va
ilmiy metodik asar darajasida bo‘lgan orginal darsliklar ham ikmiy
ma‘ruza shaklida taqdim etilishi mumkin.
Dissertatsiya himoyasi oldidan uning asosiy mazmuni va xulosalari
yozilgan avtoreferat e‘lon qilinadi. Himoya qilingan nomzodlik va
doktorlik dissertatsiyalari OAK tomonidan
belgilangan muddatla rda
tasdiqlangandan so‘ng dissertatsiya himoya qilgan shaxsga davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi. Himaya
qilingan dissertatsiyalar himoya o‘tgan ilmiy muassasa kutubxonasida,
shuningdek, muayyan soha kutubxonalarida saqlanadi.
O‗zRda 2000-2001 o‘quv yilidan boshlab oliy ta‘lim
tizimida
magistrlar uchun ilmiy yoki ilmiy texnikaviy mazmundagi magistrlik
dissertatsiyasini himoya qilish joriy qilindi.
Rezyume (fransuzcha rezume - qisqacha bayon qilmoq). Yozilgan,
aytilgan yoki o‘qilgan matn mazmunining qisqacha bayoni. Rezyume o‘z
ichiga quyidagilarni oladi:
– tayanch (eng muhim) so‘zlar;
– tadqiqot obyekti ;
–
tadqiqot maqsadi;
– tadqiqot metodlari;
– olingan natijalar va ularning yangiligi;
– amaliy ahamiyati;
– tatbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi;
– qo‘llanish sohasi;
Keyingi paytlarda magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy
ishlariga ham qisqa tarzda avtoreferat tuzish va uning qisqacha mazmuni
– rezyume kiritish tavsiya qilinmoqda.
35
Tezis (yunoncha thesis - qoida, isbot) 1) keng ma'noda - bahsda
yoki biror nazariyani bayon qilishda
aytilgan har qanday fikr; tor
ma'noda - asosiy fikr, prinsip; 2) mantiqda isbot qilishni talab etuvchi
fikr. Tezis og‘zaki ma‘ruza yoki yozma bayon qilinishi zarur bo‘lgan
fikr-mulohazalarning qisqacha ifodasidir. Tezisning xususiyatlari:
– tezis o‘rganilgan manbaning asosiy mazmunini qamrab olishi
shart;
– tezis hajm jihatidan ilmiy maqoladan qisqa bo‘ladi;
– tezisda muallifning fikri nihoyatda aniq va lo‘nda bo‘lishi kerak;
–
tezisda umumlashtirilgan, asoslangan, mustaqil yondashilgan
xulosalar bo‘lishi shart.
Dostları ilə paylaş: