10
6. Bolaning o„zi to„g„risidagi tasavvurlarini aniqlashga mo„ljallangan “Kel,
tanishamiz!” va “Sen kimsan?” so„rovnomasining muallif tomonidan ishlab
chiqilgan varianti.
Dissertatsiya ishining farazi:Agar
1.Maktabgacha yoshdagi bola “Men” konsepsiyasining asosiy kognitiv
mazmunida bilish faolligi negizida uning muhim tarkibiy qismi bo„lgan
ijtimoiy
psixologik yondashuv va akliy komponentlarning bola hohish istak va
mayillarining o„zlikni anglash bilan belgilanadigan komponenti yetakchi rol
o„ynaydiki, bu jihat oiladagi ota-ona va farzandlar o„rtasidagi o„zaro
munosabatlarning xarakteridan kelib chiqishi ehtimol.
2. Bola psixik taraqqiyotining keyingi bosqichlarida “Men”
konsepsiyasi
rivojlanishining asosiy omili sifatida ota-ona va bola o„rtasidagi munosabatlar
bilan birga er va xotin o„rtasidagi munosabatlarning xususiyatlari hamda er-
xotinlik munosabatlarining bola tomonidan idrok etilishi darajasiga bog„liq bo„lishi
mumkin. Ushbu asosiy taxminlarimizning mazmuni
quyidagi ishchi taxminlar
asosida o„z isbotini topadi:
a) o„zini baholashi yuqori va ota-onalar tomonidan ham baholanishi yuqori
bo„lgan bolalar o„z ota-onasining har qanday bahosini, hatto tanqidiy bahosini ham
qabul qiladi, ularning fikriga qo„shiladi, bunday bolalarda o„ziga nisbatan ishonch
hissi mavjud bo„lib, bu ularning o„z ota-onalari bilan yaqin bo„lishini ta‟minlashi
mumkin;
b) o„zini baholashi yuqori va ota-onalar tomonidan baholanishi o„rtacha
bo„lgan bolalar – o„zini baholashda ota-onasining o„zi haqida fikri baland
emasligini ifodalash orqali o„zi to„g„risida shakllanayotgan
obrazni aniq tasavvur
qilishi qiyin, shu sabab istiqbolda uning o„ziga munosabati salbiy bo„lishi ehtimol;
v) o„zini baholashi o„rtacha va ota-onalar tomonidan ham baholanishi
o„rtacha bo„lgan bolalarda ko„proq o„zaro noadekvat munosabatlar shakllanadi,
chunki bu toifa bolalar o„z hissiyotlarini aniq namoyon qila olmaydilar;
g) o„zi tomonidan baholashi o„rtacha bo„lgan,
lekin ota-onalar tomonidan
11
baholanishi yuqori bo„lgan bolalardagi “Men” obrazi ijobiy bo„lib, ularning o„zi
to„g„risidagi tasavvurlari ko„proq xolis hamda to„g„ri bo„lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: