O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Natijalarning joriy qilinishi



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/25
tarix23.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#120337
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
oilada maktabgacha yoshdagi bola shaxsi ozini-ozi anglashning ijtimoiy psixologik omillari

Natijalarning joriy qilinishi. Ishning natijalari psixologiya kafedrasi ilmiy 
kengashidamuhokama etilgan va va respublika ilmiy amaliy konferensiya 
materiallarilari makola tarzida e‟lon kilngan.
Ishning sinovdan o„tishi. Tadqiqot
Natijalarning e‟lon qilinganligi. Ilmiy tadqiqot yuzasidan
 
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsion ish kirish, 3 ta bo„lim,


15 
I BOB. OILAVIY MUNOSABATLAR TIZIMIDA BOLANING O„ZINI-
O„ZI ANGLASHI MUAMMOSI. 
1.1. Ong va o„zini-o„zi anglash, “Men” konsepsiyasi va “Men” obrazi 
fenomenining psixologiyada o„rganilishi. 
Bugun oilaning benazir nufuzi, ulkan ijtimoiy ahamiyatga molikligi hech 
kimda shubha uyg„otmaydi. Zotan, oila chindan ham jamiyatning asosiy hujayrasi 
va ijtimoiy tayanchidir. Har bir oilaning baxtiyorligi va farovonligi pirovard 
natijada jamiyatning barqarorligi, gullab yashnashi hamda farovonligi shartidir. 
Oila nafaqat inson naslini davom ettirish omili sifatida, balki jamiyat a‟zolarini, 
ayniqsa o„sib kelayotgan yosh avlodni milliy istiqlol g„oyasi asosida tarbiyalash 
maskani sifatida ham katta ahamiyatga ega. Inson shaxsini shakllantirishda oila, 
shubhasiz, dastlabki bosqich vazifasini o„taydi, ya‟ni oilada odamlarning bir-birlari 
bilan o„zaro munosabatlariga ham, jamiyat va davlvtga nisbatan munosabatlariga 
asos solinadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1948 yil 10 dekabrda 
qabul qilingan “ Inson huquqlari umumjahon deklatsiyasining” 16-moddasida 
shunday deyiladi: 
“1. Balog„atga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati va diniga qarab biror 
bir cheklashlarsiz nikohdan o„tish va oila qurish huquqiga egadirlar. Ular nikohdan 
o„tayotganda ham nikohda bo„lgan vaqtda ham va nikoh bekor qilinayotganida 
ham bir xil huquqlardan foydalanadilar. 
2. Nikoh, nikohdan o„tayotgan ikkala tomonning hohishi va batamom 
roziligi bilangina tuzilishi mumkin. 
3. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy xo„jayrasidir va u jamiyat, davlat 
tomonidan muhofaza etilish huquqiga ega”. *
Hozir yer yuzida 6,2 milliard kishi istiqomat qilmoqda. Ularning 43 foizi 
shaharlarda, qolganlari esa qishloqlarda yashashadi. * 
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o„rganish markazi 1999 yildan buyon 
“Jamiyat va oila: ma‟naviy va axloqiy olam” mavzuida so„rov o„tkazib keladi. 
Tadqiqotdan ko„zlangan maqsad O„zbekiston fuqarolarining oila va oilaviy 
munosabatlariga qarashi, milliy qadriyatlar va mahallaning oila hayotidagi o„rni, 


16 
bu borada barqaror an‟analarnitiklash, aholining huquqiy savodxonligi darajasini 
aniqlash va o„rganishdan iboratdir. So„rovda 10 ta viloyat, Qoraqalpog„iston va 
Toshkent shahri qamrab olindi. Unda erkaklar va ayollar, shahar va qishloq aholisi 
ishtirok etadi. 
2002 yilgi so„rovda “Zamonaviy oila jamiyat hayotida qanday vazifani 
o„taydi?” degan savolga so„ralganlarning 47,5 foizi oila jamiyat va davlat asosi, 
deb javob berdi. So„rov ishtirokchilarining 21,2 foizi oila yosh avlodni tarbiyalash 
vazifasini bajaradi, degan fikr bildirdi. 11,2 foiz so„rov ishtirokchilarining 
fikricha, oila mamlakatda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga 
ko„maklashadi. 7.9 foiz odamlar esa oila vazifasini nasl qoldirishda deb biladi 
Oilaning har bir inson hayotidagi ahamiyati haqida so„ralganlar quyidagi 
fikrlarni bildirdi: “u naslni davom ettirish, bolalar tug„ilishi va tarbiyasi uchun 
zarur”(63,2 foiz), “oila – inson qo„rg„oni, unga hayotda ishonch bag„ishlaydi” 
(28,8 foiz), “oila odam qariganida uni ta‟minlash uchun zarur” (4,9 foiz). Ayni 
paytda so„ralgan poytaxtliklarning 52,2 foizi “oila ular uchun, avvalambor, 
hayotda ishonch bag„ishlovchi qo„rg„on ekanligini ko„proq ta‟kidlashdi” 
2003 yilgi so„rovda esa “Oilaning jamiyatdagi vazifasi nimadan iborat?” 
degan savolga so„ralganlarning aksariyati (70,5 foizi) oila hozirgi sharoitda, avvalo 
tarbiyaviy vazifalarni bajaradi, deb javob bergan. “Jamyatimizda inson 
ma‟naviyatini shakllantirishga nimalar ko„proq ta‟sir ko„rsatadi?” degan savolga 
so„rovda ishtirok etganlarning 77,1 foizi “oila”, deb javob bergan. Shuningdek, 
ushbu savolga boshqa ijtimoiy institutlar orasida mahalla (43,2 foiz), ijtimoiy 
muhit yaqin qarindosh va do„stlari (36,9 foiz) kabi javoblar olingan. Oila 
qurishning ahamiyati haqidagi savolga so„ralganlarning ko„pchiligi er-xotinning 
o„zaro muhabbati (52,6 foizi) va bir-biriga bo„lgan ishonchi (48,9 foizi) 
mustahkam oila qurishning muhim sharti, deb javob bergan. “Har uch kishidan 
biri(34,9 foizi) hayot qiyinchiliklariga chidash va undan qoniqish hosil qilish, 27,7 
foizi esa farzandlar – oilaning mustahkamlanishiga yordam beradi, deb biladi. 


17 
So„rovda ishtirok etganlarning har beshtasidan biri (20,5 foizi) uchun oilaning 
moddiy farovonligi muhim omil hisoblanadi.* 
Oilaviy hayotni tizimli tarzda tasavvur etib, uning psixologik xususiyatlarini 
o„rganishga jazm etgan olimlardan biri amerikalik tadqiqotchi Virjiniya Satir 
(1992, 2000) hisoblanadi. U oilaviy hayotni tavsiflash uchun quyidagi 
tushunchalarni ishlatadi:
Oila energetikasi, oila tizimi, chegarasi va funksional xususiyatlari. Bu bilan u 
kelib chiqishi nuqtai nazaridan biologik hisoblangan ijtimoiy institutga texnologik 
metodologiyani tadbiq etishga urinadi. Bunday yondoshuv XX asr o„rtalariga xos 
bo„lib, u tufayli olim oilani tushunish borasida nafaqat yangi yo„nalishga asos 
soldi, balki uni davolash, bu boradagi tibbiy muammolarni ham o„rganishni 
boshlab berdi. nikoh tarixiga qiziqqan olimlardan biri qadimgi grek faylasufi 
Platon bo„lgan. Uning fikricha, barcha zamon va makonlarda patriarxal oila 
ijtimoiy munosabatlarning, jamiyat hayotining asosi bo„ladi, davlat esa ana shu 
kabi oilalarning birlashuvidan paydo bo„lgan.
1
Lekin Platonning o„zi o„z 
qarashlarini oxirigacha himoya qilib, fikrlarini yakunlay olmadi. “Ideal davlat”
2
deb nomlangan loyihasida u jamiyatda hamjihatlikni ta‟minlash uchun ayollar, 
bolalar birlashmalari va sarmoyalarning umumiyligiga erishish lozim, degan fikrni 
ilgari surdi. Lekin ayni shu oxirgi fikr aslida yangi emas edi. Qadimgi grek tarixchi 
olimi Geradot o„zining mashhur “Tarixlar” deb nomlangan asarida ayollar 
birlashmalari bir qator qabilalar uchun o„ziga xos xususiyat ekanligini ta‟kidlagan 
edi
3
Bu kabi ma‟lumotlar antik davrga xos bo„lgan qator manbalarda o„z ifodasini 
topgan. 
Aristotel Platonning izdoshi sifatida uning “ideal davlat”ga oid fikrlarini 
rivojlantirib, ustozining patriarxal, ya‟ni, erkak kishi yetakchi bo„lgan oila 
modelini yoqlab fikr bildirgan. Uning fikricha, oilalar birlashib, “turar-joylarni”, 
“turar-joylar” birlashib, yaxlit davlatni tashkil etadi. Platon va Aristotellarning shu 
kabi nuqtai nazarlari anchagina davrgacha hukmron bo„ldi va oila jamiyatning 


18 
bo„lagi sifatida, o„ziga xos bo„linmas patriarxal institut sifatida idrok etildi. 
Fransuz ma‟rifatparvari Jan-Jak Russo o„z davrida “Oila – eng qadimiy va asli 
tabiiy bo„lgan jamiyat bo„lagidir. Oila – kerak bo„lsa, jamiyat siyosiy qiyofasini 
belgilovchi obraz, bunda yetakchi, rahbar – go„yoki ota misoli, xalq esa – 
farzandlar kabidir”
i
deb yozgan edi. Bu aslida insoniyat tarixida uzoq vaqtgacha 
ustivor bo„lgan paternalizm tamoyilining yaqqol timsolidir (“patern” – ota, otalik, 
yetakchilik ma‟nosini bildiradi). 
Shunday qilib, antik davrning faylasuflari ham, ulardan keyingi o„rta asr, 
hattoki, yangi davrga kelib ham ko„plab tadqiqotchilar va allomalar oila institutiga 
alohida ahamiyat berib, o„z asarlarida ijtimoiy munosabatlarning tabiati va 
namoyon bo„lishini aynan oilaviy munosabatlarning xarakteridan qidirish lozimligi 
fikrini yoqlab keldilar. Shu kabi fikrni nemis faylasuflari Kant va Gegelning 
mutloq g„oyaga aloqador asarlarida ham ko„rish mumkin. Ular avvalo “oila” va 
“nikoh” tushunchalari o„rtasida bevosita aloqa mavjudligini ta‟kidlaydilar. Shu 
bois bo„lsa kerak, hanuzgacha shu ikki tushuncha ko„pincha sinonimlarday o„zrao 
bog„liqlikda ishlatiladi. Shunday bo„lsada, oilashunoslar bu ikki tushunchaning 
o„rtasida nafaqat farq borligini, balki ular aslida tarixan turli davrlarda paydo 
bo„lganligini ham isbot qila oldilar. 
Masalan, rus olimi A.G. Xarchevning kitoblarida bu ikki tushunchani 
farqlovchi jihatlar aniq belgilangan. Xususan, uning talqinida “nikoh – erkak va 
ayol o„rtasidagi tarixan o„zgaruvchan o„zaro munosabatlarni bildirib, shu orqali 
jamiyat ularning jinsiy hayotlarini tartibga soladi, o„zaro er-xotinlik 
munosabatlarini hamda farzandlari bilan shakllanadigan munosabatlarni, bu 
boradagi huquq va majburiyatlarni belgilaydi, yo„naltiradi”
ii
. Oila esa nikohga 
nisbatan murakkabroq tabiatli munosabatlarni ifodalaydi, chunki u nafaqat er va 
xotinlarning o„zaro munosabatlarini, balki ularning farzandlari, qarindosh-urug„lar, 
ikkalalari uchun yaqin bo„lgan insonlar munosabatlarini ham qamrab oladi. 
Oila va nikoh masalalariga tarixiy yondashuv shveysariyalik olim I.Baxoven 
(1815-1887) ishlarida, ayniqsa, uning “Onalik huquqi” kitobida yoritilgan. Undan 


19 
tashqari, amerikalik tadqiqotchi L.Morgan (1818-1881)ning asarlarida ham oilaga 
nisbatan evolyutsion qarashlar bayon etilgan bo„lib, “Qadimgi jamiyat” kitobi 
buning yaqqol namunasi hisoblanadi. Bu asarlarda oila institutining bevosita 
jamiyat 
tarqqiyoti 
bilan 
bog„liqligi, 
jamiyatdagi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarning takomili oilaning mustahkamligiga bog„liq ekanligi g„oyasi o„z 
isbotini topgan. Bu o„zgarishlar tarix mobaynida turli jins vakillari o„rtasidagi 
o„zaro munosabatlarga bog„liq tarzda kechishi ham ta‟kidlangan. 
Shunday qilib, oilani ijtimoiy institut sifatida idrok etish va uni ilmiy jihatdan 
o„rganish an‟analari tarixi XIX asrning o„rtalariga to„g„ri keladi. Ayni shu davrdan 
boshlab jahonning turli burchaklaridagi taniqli sotsiologlar va antropologlar 
(L.Morgan, M.Kovalevskiy, B.Malinovkiy, P.Sorokin, keyinchalik A.Xarchev, 
S.Golod va boshqalar.) oila muammolarini o„zlarining aniq tadqiqot mavzulari 
sifatida o„rgana boshladilar. Olimlarning ta‟kidlashicha, oila institutining o„zi 
tabiati nuqtai nazaridan ancha konservativ, ya‟ni o„zgarmas, turg„un tizim bo„lgani 
bois, jamiyat miqyosida ro„y beradigan o„zgarishlar oila doirasida taxminan 10-30-
yillardan keyingina aks eta boshlaydi. Bundan tashqari, rus sotsiologi S.Golodning 
yozishicha, Yevropa xalqlari hayotida, oilaviy munosabatlarda kuzatiladigan 
barcha ijobiy jarayonlar monogam, patriarxal oilaning saqlanib qolingani sababli 
ro„y bergan bo„lsa, qolgan barcha salbiy holatlar aksincha, oilada ro„y berayotgan 
salbiy, yomon jarayonlardan kelib chiqadi. Bu kabi talqinlar tabiiyki, ko„plab 
tadqiqotchilarga oila va uning istiqbolini tushunishga, mazkur yo„nalishda jiddiy 
tadqiqotlar olib borishga xalaqit beradi. 
Shunga qaramay, oila institutida kuzatilayotgan har qanday o„zgarishlari 
odatda eng avvalo, ayolning – xotin-qizlarning jamiyat va oilada tutgan 
maqomlarining o„zgarib borayotganligi, ular malakalarining oshib borayotganligi 
va kasb-hunar, lavozim pog„onalarida erkaklardan qolishmaslikka intilayotganligi 
bilan izohlanadi. Qayd etilgan holat bevosita oila hayotida ro„y berayotgan turli xil 
o„zgarishlarga, ham salbiy, ham ijobiy hodisalarga sabab bo„lmoqda. 
Ikkala jins vakillari xaq-huquqlarining amalda tenglashib borayotganligi 


20 
xotin-qizlarning erkaklar – yigitlar oldida o„zini tutishi va o„z navbatida 
yigitlarning qizlarga, erkaklarning ayoliga bo„lgan munosabatlari, xushomad 
qilishlarida o„z aksini topmoqda. Ayniqsa, Yevropa xalqlarida nikoh oldi sovchilik 
instituti yo„qolib, uning o„rniga o„z xohishi bilan o„ziga nikoh sheriginini tanlashi 
an‟anasi barqarorlashdi. Lekin ayni holat saqlanib qolgan mamlakatlarda, 
jumladan, O„zbekistonda oila institutiga munosabat boshqacharoq, ya‟ni 
an‟analarga sodiqlik saqlanib qolgan. Sovchilikning ahamiyati shundaki, bunda 
o„rtada turganlar, kelin-kuyov oilasini tanigan, bilgan, surishtirgan odamlar 
bo„lgani sababli ham ular yosh oilaning mustahkam bo„lishidan juda 
manfaatdordirlar, shuning uchun haqiqiy o„zbekona mezonlar, “teng-tengi bilan” 
tamoyili asosida, sovchilar yordamida qurilgan nikohlar aksariyat holatlarda 
mustahkam bo„ladi. 
Shuni ta‟kidlash lozimki, har bir davrda bo„lgani kabi hozir ham yoshlarning 
o„z ihtiyori bilan, bir-birlarini yoqtirib qolishlari oqibatida paydo bo„lgan oilalar 
mavjud. Yoshlarning ayrimlari o„z ixtiyori bilan qalliq tanlashni, yoqtirib, sevib 
turmush qurishni oldindan niyat qiladi. Shunisi borki, o„z ihtiyori bilan turmush 
o„rtog„i tanlashda ota-ona va oilasi manfaatlari, ularning istak-xohishlari deyarli 
inobatga olinmaydi. Odatda bu kabi yoshlar nikoh oldidan ota-otasining roziligini 
olmaydi, shu sababli, ko„pincha, bunday nikoh yengil-elpi qarorlar oqibati bo„lib, 
uzoqqa bormasligi mumkin.
Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi 2003 yilda o„tkazgan tadqiqot 
natijalariga ko„ra, ajralishib ketgan yosh oilalarning 90 foizidan ortig„i nikoh 
motivi-sababi sifatida “sevish-sevilish”ni ko„rsatganlar. 
Xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligi tufayli XX1 asrga kelib ayolning oila 
va jamiyatda tutgan o„rni va maqomi keskin o„zgardi. Oxirgi paytlarda butun 
dunyoda matriarxat davridagi kabi oilaning yetakchisi, boshlig„i roliga ko„pincha 
ayol da‟vogarlik qila boshlashi kuzatildi. Buning oqibatida erkak kishining 
oiladagi yetakchilik roli, oilada resurslarni boshqarish, qarorlar qabul qilish va 
farzandlarni jamiyat hayotiga jalb etishdagi maqomi sezilarli darajada pastladi. 


21 
Ikkinchi tomondan, ayol-onaning oilasi va bola tarbiyasi uchun bo„sh 
vaqtining kamayib borayotganligi, reproduktiv mas‟uliyatning jamiyatda 
lavozimlar pog„onasida yuqoriroq o„rin egallash istagiga nisbatan pastlab 
borayotganligi salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Shu sababli sanoati rivojlangan 
mamlakatlarda tug„ilishlar sonining kamayib borayotganligi, oqibatda aholi 
sonining keskin pasayishi kuzatilmoqda. Afsuski, bunday holatlar O„zbekistonning 
shahar hududlarida ham kuzatilmoqda. 
Oilaning tarbiyalovchi vazifasi oila a‟zolaridan tashqari boshqa insonlarga, 
muassasalarga – enaga va guvernantkalarga, yoki davlat tomonidan to„la 
muhofazaga olingan tashkilotlar – Mehribonlik uylari, Muruvvat uylari va 
boshqalar zimmasiga yuklatilmoqda. Sobiq totalitar tuzum davrida ushbu 
vazifaning davlat zimmasida ekanligi, individual, oilaviy tarbiyaning gruppaviy 
tarbiya bilan, tarbiyalanuvchi shaxsiga e‟tiborning keskin kamayishi bilan 
o„zgartirildi. Oqibatda hech kimga tegishli bo„lmagan, psixik va aqliy rivojlanishi 
o„rtamiyona bo„lgan bolalar paydo bo„ldi. Bu ochiq yoki yashirin onalik 
deprivatsiyasini keltirib chiqardi. 
Ya‟ni, XX asr o„rtalariga kelib, monogam oilada o„zgacha uyg„unlik kashf 
etgan, yaxlit guruhday tasavvur etilgan oilaning vazifalari – nikohga kirish, jinsiy 
hayotni ta‟minlash va o„zidan nasl qoldirish – reproduksiya bir-biri bilan 
bog„lanmagan vazifalar tarzida ayrocha, alohida funksiyalarday tasavvur etila 
boshlandi. Agar XX asrda oila paydo bo„lishi bilan unda farzandlar tug„ilishini 
kutish odatga aylangan bo„lsa, yangi davrga kelib, qachon tashkil bo„lganligiga 
qaramay, bola tug„ilishini rejalashtirmaydigan oilalar hamda boshqa tomondan, 
oilasiz, nikohsiz ham tug„iladigan bolalar ko„paydi. Ochiqroq aytadigan bo„lsak, 
turmushga chiqmasa-da, bola tug„adigan yolg„iz onalar ham paydo bo„ldi. Shu 
tariqa nikoh bilan oilaning reproduktiv vazifasi o„rtasida tafovut paydo bo„ldi. 
Jinsiy hayot borasida sodir bo„lgan o„zgarishlar shuki, agar ilgari bunday 
munosabat oiladan tashqarida ro„y bersa, jamiyat ham, din ham uni qoralar edi. 
So„nggi o„n yilliklarda dunyo miqyosida erkaklar ham, ayollar ham erkin jinsiy 


22 
hayotga oddiy munosabat sifatida qaraydigan bo„lishdi. Ma‟naviy inqiroz 
hisoblanmish bunday munosabatlarga jamiyatning befarqligi ilg„or fikrlovchi 
insonlarni jiddiy tashvishga solmoqda. Buning asosiy sababi jamiyatda ma‟naviy 
qadriyatlar inqirozga yuz tutgani bo„lsa, ikkinchi tomondan, bunga ayollar 
o„rtasida kontratseptiv vositalardan foydalanishning urf bo„lishi va ular o„zlariga 
berilgan ijtimoiy erkinliklarni noto„g„ri idrok etishlari, ommaviy axborot vositalari 
orqali u yoki bu xalq mentalitetiga mos kelmaydigan axborotlarning keng 
tarqalishi sabab bo„layotir. 
Eng achinarlisi, ayrim yoshlar va ularning ota-onalari uchun “nikoh” va 
“ajrim” tushunchalari oddiy narsaday, ziddiyatsiz qabul qilinadigan bo„ldi. Ular 
o„z shaxsiy mas‟uliyatini his etmayaptilar. Sanoat rivojlangan mamlakatlarda 51 
foizgacha bo„lgan nikohlar muayyan muddatdan so„ng barbod bo„layotganligi 
odatiy holday qabul qilinadi. Chet el axborot vositalarining ba‟zi taniqli shaxs, 
aktyor yoki millionerning har 3-4 yilda almashinib turiladigan nikohlari to„g„risida 
yozilayotgan maqolalari eng o„qimishli, qiziqarli axborotday talqin etilmoqda. 
Tabiiyki, bu ularni o„qiyotgan yoshlar ongiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Ta‟kidlash 
joizki, bunday holatlarda ajrimlarning tashabbuskorlari ko„pincha ayollar bo„lib, 
bu o„z navbatida oila ajrimlari sonining ortib borishiga, farzandlarning aybsiz 
aybdorlarday noto„liq oilalarda tarbiyalanishiga olib keladi. 
Oilani turlarga bo„lganda, turli olimlar turlicha yondashadilar. Masalan, Sank-
Piterburg lik olim S.I. Golod (1998) faqat er va xotin hamda ularning 
farzandlaridan iborat oilalarni tasavvur etgan holda ularning oila davrasidagi 
ijtimoiy nufuzlari va rollari nuqtai nazaridan oilani toifalarga bo„lib o„rganishni 
taklif etadi. Xususan, u monogam oiladagi munosabatlarni oilaviy tabaqalar nuqtai 
nazaridan farqlashni taklif etgan. Undan tashqari, Golod o„z kitobida oxirgi 
yillarda Rossiyada keng tarqab borayotgan o„ziga xos tabaqali oilalarga ham ilmiy 
jamoatchilikning diqqatini qaratadi. Patriarxal monogam oila – bu o„z mohiyatiga 
ko„ra oiladagi erkak kishining nufuzi, yetakchilik roli, xotinning unga, 
farzandlarning ota-onaga tobeligini nazarda tutadi. Bundany oilada o„g„il bolalar 


23 
otaning oilasini sira tark etmaydi, aksincha, uylangan taqdirda ham turmush 
o„rtog„ini shu xonadonga olib keladi, qizlar esa kimga turmushga chiqsa, uning 
familiyasiga o„tib, o„z ota-onasining uyini tark etadi. Bunday oilada urug„ning 
atalashi (familiya), shajara va mulkka egalik otaning yo„lidan amalga oshiriladi, 
oilaviy rollar esa erkaklarniki yoki xotinlarniki tarzida aniq tafovutlanadi. Erkaklar 
oilaning moddiy boyliklari, resurslari, ta‟minoti bilan shug„ullansalar, ayollar 
asosan uy ishlari bilan band bo„ladilar. 
Oilaning ijtimoiy nufuzi, obro„si otaning, erning, o„g„ilning iqtisodiy 
maqomidan kelib chiqadi, ayolniki esa – farzandlar soni bilan belgilanib, uning 
professional maqomi ko„p hollarda oilaning, turmush o„rtog„ining ijtimoiy 
maqomiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi, farxzandlar ko„z o„ngida otaning avtoriterti 
pastlaganday bo„ladi, ayrim holatlarda erning oila ta‟minotaidagi ulushi tushib 
ketishi ham ayolning oila moddiy ta‟minotiga bevosita aralashishiga sabab bo„ladi. 
Bola manfaatiga yo„nalgan oilaning ham turli ko„rinishlari bo„lib, ulardan biri 
avtoritar tipdir. Bunda bola soni bittami yoki ikkitami ota-onaning cheksiz 
g„amxo„rligi, ular obro„si bilan parallel tashkil etiladi. Masalan, ko„pgina 
amaldorlarning oilasi shunday. Ota-ona bola nazarida eng nufuzli, aqli har narsaga 
yetadigan, shuning uchun bola ham xuddi otasi yoki onasiday bo„lib yetishish 
motivatsiyasi kuchli bo„ladi. 
Ambivalent detotsentrik oiladagi bola ko„proq ota-onaning hissiy-emotsional 
g„amxo„rligi ta‟sirida bo„ladi. Masalan, bu agar qiz bo„lsa, u faqat otasi yoki onasi, 
yoki ikkisining doimiy erkalashlari og„ushida katta bo„lib, oxir-oqibat shunday 
holatga ko„nikib ketadi. Oilaviy munosabat faqat shunday bo„lsa kerak, degan fikr 
ba‟zan o„zi mustaqil oila qurganda, uning yangi xonadonga ko„nikishiga jiddiy 
xalaqit beradi. 
Kvaziavtonom detotsentrik oilada bola huquqlari kattalarniki bilan deyarli 
tenglashtiriladi, ularga kattalar bilan bir qatorda oilaviy yumushlarni bajarish erki, 
o„z holicha qarorlar qabul qilish huquqlari berilgan bo„ladi. Buning albatta, ham 
ijobiy, ham salbiy jihatlari bor. 


24 
Er-xotin oilasi XX asrning 60-chi yillarida paydo bo„lib, u ham ayollar, ham 
bolalar emansipatsiya jarayonlarining oqibati sifatida qaraladi. Bunday oiladagi 
o„zaro munosabatlar asosan erkak va xotin o„rtasidagi muomalaga, uning 
qanchalik samimiy, iliqligiga bog„liq bo„ladi. Ayolga o„z xohish-irodasini mumkin 
qadar namoyon etish, unga ma‟lum ma‟noda mustaqil erishish imkoniyati 
yaratiladi. U ko„p holatlarda turmush o„rtog„iga suyukli, erka va zarur yor rolini 
o„ynaydi. Golod er-xotinning bir-birlariga yaqin bo„lishlarining 4 xil jihatini 
farqlaydi: simpatiya (yoqtirish), samimiyat, minnatdorlik va erotik jihatdan 
bog„liqlik. 
Monogam bo„lmagan oila toifasi chin ma‟noda nikoh munosabatlariga 
tayanmaydi. Bundan oilaning uch xil ko„rinishi mavjud:
Ajrimlar tufayli paydo bo„lgan noto„liq oila – XX asrning oxirlarida ko„payib 
ketgan noto„liq oila turi. Golodning ma‟lumotlariga ko„ra, Rossiyadagi oilalar 
ajrimi shu qadar ko„paydiki, har 100 ta nikohga 51 ta oila ajrimi to„g„ri keldi. 
Bunga sabablardan biri ota-onalik rollarining bajarilmasligi, otaning bola 
tarbiyasidan sovuqqonlik bilan chetlashishidir, chunki ko„pgina otalar 
ajralishgandan so„ng ma‟lum muddat o„tgach, farzandlari bilan umuman yuz 
ko„rmas bo„lib ketishadi. Afsuski, O„zbekistonda oila va nikoh nechog„li 
qadrlanmasin, oilaviy ajrimlar ham qayd etiladi. Statistik ma‟lumotlarga ko„ra, 
oxirgi yillarda yiliga o„rtacha 14,5 mingdan 15 mingacha oila ajrimlari qayd 
etiladi, ajrimlarning sudlar orqali rasmiylashtiriladigan turlari FXDYo orqali 
rasmiylashtiriladiganidan ko„proqdir. Ajrim bo„lgan oialalrning 70 foizi yosh 
oilalar bo„lib, ularda o„rtacha 2,5 ta bola chala yetim bo„lib qoladi. Bu kabi 
noto„liq oilalarda o„ziga yarasha ijtimoiy-iqtisodiy muammolar paydo bo„ladiki, 
shu bois ham davlatimizning oila siyosatining mazmuni noto„liq oilalar sonini 
kamaytirishga qaratilgandir. Bunda masalaning moddiy tomonidan ham uning 
ma‟naviy-ahloqiy tomonlari bizni ko„proq tashvishga soladi. 
Beva bo„lib qolish, yoki turmush o„rtog„ining vafoti munosabati bilan 
noto„liq bo„lgan oila ham ko„proq onaning farzandi bilan yolg„iz qolishidir. 


25 
Bunday oilalardagi ma‟naviy muhit ajrim tufayli paydo bo„lgan noto„liq 
oilanikidan farq qiladi. O„zbek onalari bunday holatlarda otasining ruhi hurmatidan 
farzandlarida yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashga intiladi. Bunday o„ziga 
xoslik qator tadqiqotlarda alohida qayd etilgan (G. Yadgarova, 2003). 
Nikohdan tashqari oila 90-chi yillarda ko„paygan oila turi, unda asosan 
yolg„iz qolgan ayol-ona oilani tebratadi. Bunday oilalar o„sha davrda Rossiyada 
20-21 foizni, Buyuk Britaniyada va Fransiyada – 32-35 foizni tashkil etgan bo„lib, 
ko„proq yoshgina bo„la turib ona bo„lganlar (15-19 yoshlilar) yoki aksincha, 
reproduktiv yoshdan o„tib qolganlar – 40-44 yoshlilar tashkil etadi. Bu o„rinda 
ikkala holatda xotin-qizlarning nikohga kirmasdan tug„ish motivlari turlicha 
bo„ladi. 
Rossiyada ota-onalardan bittasigina bo„lgan oilalarda 1989 yilda 4,5 mln. bola 
yashagan bo„lsa, bu ko„rsatgich 1994 yilda 5 millonga yetdi (A.G.Volkov, 
Ye.L.Soroko, 1999). O„zbekiston sharoitida bu kabi holatlar favqulotda holatlar 
sifatida qaraladi, chunki ayrim udumlar va milliy qadriyatlarimiz farzandning 
nikohdan tashqari paydo bo„lishini qoralaydi, Shunday bo„lsa-da, turli sabablar va 
otag„onalarning vaziyatlar qurboni bo„lishi natijasida mamlkataimizda otalikni 
belgilash holatlari ortib bormoqdaki, unda ham ko„pincha rasman oila nikohsiz 
oiladay tasavvur etiladi. Sha‟riy nikoh o„qilgani bilan rasmiy ravishda nikohning 
o„z vaqtida qayd etilmasligi mentalitetimizga zid bo„lgan shu toifa oilaalrning 
rasmiylashtirilib qolishiga sabab bo„lmoqda. 
Alternativ oila turlari – kam uchraydigan oila turlari bo„lib, ular ayrim 
jihatlari bilan boshqalardan farqlanib turadi va o„z navbatida toifalarga bo„linadi. 
Masalan, ulardan biri – fuqarolik nikohi deb atalib, unda erkak va ayol o„z 
ixtiyorlari bilan rasmiy nikohni qayd emay, yashayveradi. Ba‟zan bunday qarorga 
ular kutilmagan homiladorlik paydo bo„lganda ham kelishlari mumkin. Bunday 
nikoh bizning sharoitimizga, musulmonchilikka sira ham to„g„ri kelmaydi. 
Alternativ nkiohlar ko„proq g„arb mamlakatlariga xosdir. Lekin Golodning 
ta‟kidlashicha, hozirda Rossiyada mavjud oilalarning 7% shunday nikoh asosida 


26 
tashkil topgan. Oilaning muqaddasligini tinimsiz targ„ib etishimiz azaliy 
qadriyatlarni ardoqlab kelayotgan yurtimizda bunday salbiy holatlarning 
bo„lmasligiga xizmat qiladi. 
Alternativ nikohning yana bir ko„rinishi qayta nikohlardir. Odatda bunday 
nikoh turi beva yoki tul qolgan shaxslarda uchraydi. Aslida ham birinchi qayta 
nikohlar XVI asrda Angliyada qayd etila boshlagan. Hozirda esa bunday nikohlar 
odatda beva qolganlar yoki ajrashib ketganlar o„rtasida qayd etilishi mumkin. 
Bunday oila turi ham ajrimlar ko„payishiga mos tarzda ortib bormoqda. 
Aralash oilalar yoki begona ota-onalar bilan yashaydiganlar oilasi. Bu – 
yetimlarni boqib olish hisobiga paydo bo„ladigan, otalikka olish, o„gay ota yoki 
ona bilan yashaydiganlar oilasidir. Ming afsuski, turli hayotiy vaziyatlar tufayli 
shunday oila ham bor, ular nisbatan ko„p bo„lmasa-da, O„zbekistonda ham mavjud. 
Godvin – nikohlar, uning asoschisi bo„lgan ingliz sotsial-monarxi U.Godvin 
(1756-1836) nomi bilan bog„liq. U bunday oilani ideal deb hisoblagan, chunki 
bunday oilalar, asosan, ota-onaning xohish-irodasiga ko„ra paydo bo„ladi, 
yoshlarning istaklari bunda inobatga olinmaydi. Bunday nikohlarda jinsiy yaqinlik 
ko„zda tutilmaganligi sababli, o„zaro hurmat va bir tom ostida alohida yashashga 
mo„ljallangan bo„ladi, er va xotin bir-birlarining oldida faqat ma‟naviy jihatdan 
majburiyatlarga ega xolos. To„g„ri, bir qarashda bunday nikoh bizdagi sovchilik 
yo„li bilan quriladigan oilaga o„hshab ketadi, lekin bizda zurriyod qoldirish, birga 
yashash talab etiladi. Shuning uchun yigit va qiz bir-birlarini sevmagan bo„lsalar-
da, nikoh o„qilayotganda ularning rizochiliklari so„raladi, javob ijobiy bo„lgach, 
ular chimildiqqa kiritiladi. Godvin tipidagi nikohlar ko„pincha O„zbekistonda 
keksalar o„rtasida rsmiylashtiriladi. Masalan, kampiridan uning qazosi tufayli juda 
bo„lgan otaxon o„zaro kelishuv natijasida o„zga bir beva ayolga uylanadi, ular 
o„rtasidagi munosabatlar o„zaro samimiyat, hurmat, qo„llab-quvvatlov, keksalikni 
bezashga yo„naltirilgan. Lekin bu oila o„zidan zurriyod qoldirish kabi haqiqiy 
oilaga xos funksiyalarning barchasini bajarmaydi. Bunday oila Islom dini 
arkonlariga ham mos bo„lib, bu ikki keksa odamning bir-birlari umrlarini 


27 
cho„zishga qaratilgan samimiy munosabatlari majmuidir. 
Qo„shxotinlilik ham alternativ nikoh turlaridan biri bo„lib, bunda bir erkak 
ko„pincha hufyona o„z qonuniy nikohidagi ayoldan tashqari yana boshqasi bilan 
shar‟iy nikohda yashaydi. Qo„shxotinlilik ko„proq Osiyo va Sharq mamlakatlari 
aholisiga xos deb hisoblansa-da, hozirda bunday oilalar hattoki, Rossiyada ham 
kuzatilmoqda. Lekin bunday oila turi qonunan man etilgan. 
Oila energetikasi tushunchasi o„z ichiga ko„plab jabhalarni xususan, oilaning 
tibbiy-biologik xususiyatlaridan tortib, uning psixologik mavjudligini belgilovchi 
omillar, ekologik shart-sharoitlardan boshlab, tiriklikning mezonlari bo„lmish 
ovqatlanish hamda har bir oila a‟zosining xatti-harakatlarining namoyon 
bo„lishigacha qamrab oldi. Oilaviy hayotning psixologik energetikasini tavsiflash 
uchun Satir “oilaning emotsional qozoni” tushunchasini ishlatadi, ya‟ni, oila 
a‟zolarining kundalik muloqot, muomala jarayonlarini u go„yoki “bir qozonda 
qaynovchilarning birgalikda yashashida namoyon bo„ladigan hissiyotlar 
ko„zgusiday” tasavvur etadi. Bu “qozonda”gi his-kechinmalar hayotning muayyan 
davrlarida o„ta jo„shqin va boy bo„lsa, boshqa bir davrda mazmunan tor yoki 
tarang ham bo„lishi mumkin. Oila a‟zolarining bir birlariga mehr-muhabbati, 
yaqinligi, hamkorligi ma‟lum davrlarda kuchli ijobiy bo„lsa, boshqa davrda 
kimnidir kimdandir tobeligi bois yoki kimningdir qattiqqo„lligi bois torroq, 
mazmunsizroq bo„lishi ham ko„zatiladi. Oilaviy munosabatlar tizimi – Satir 
ta‟rifida oila a‟zolarining muayyan rollar doirasida u yoki bu holatlarda o„zligini 
namoyon etishi yoki ijrosi emas, balki, bu har bir oilaga xos bo„lgan o„zaro 
munosabatlar “xaritasi”dir. Masalan, biror oilaga yordam bermoqchi bo„lgan 
terapevtga ayni shu xarita kerak, chunki u real a‟zolarning real o„zaro 
munosabatlarini boshqachasiga tasavvur etishi mushkul. Bu xaritaga ayni shu oila 
a‟zolaridan tashqari, ularning yaqinlarining ta‟siri ham kiradi. Masalan, agar erkak 
kishi oilada qandaydir ajrab qolgan bo„lib, xotini va farzandlari bilan yashagan 
taqdirda ham uning xotiniga bo„lgan real munosabatlariga boshqa uyda 
yashaydigan onasining ta‟siri bo„lsa, demak, oilaviy munosabatlar xaritasida 


28 
qaynonaning ta‟siri ham albatta nazarda tutilishi shart. Yoki birinchi nikohidan 
ajralgan ayol sobiq erining farzandi bilan birga yashayotganligi bois, hamisha uni 
eslab turishi, bolasining istagiga ko„ra, sobiq eri bilan ko„rishib turishi, hattoki, 
moliyaviy jihatdan unga tobe ham bo„lishi mumkin. Bu, tabiiy, ayni paytda real 
oilaviy munosabatlarga ta‟sir etmay qolmaydi. 
Oilaning funksional xususiyatlari – bu oila a‟zolari o„rtasidagi munosabatlarning 
sifatiy taraflarini tavsiflaydi. Masalan,

muloqot uslublari; 

har bir oilaga xos bo„lgan tartib-qoidalar;

o„zaro muloqot jarayonida kommunikativ to„siqlarning mavjudlari 
(yo„qligi). 
Satir o„zining psixoterapevtik tajribasidan kelib chiqqan holda oilaviy 
munosabatlar jarayonida ko„zga tashlanadigan muloqotning 5 xil uslubini 
ajratadiki, ulardan to„rttasini u samarasiz deb ataydi, bittasi yetarli darajada tajriba 
va bilimga ega bo„lgan yetuk muloqot uslubiga kiradi. Dastlabki to„rttasi odatda 
muomala jarayonida biror muammo yoki to„siqni yengishga, o„zini ataylab yaxshi 
ko„rsatishga, kimgadir yoqishga yoki aksincha, kimnidir nimagadir ayblashga, 
tanqid qilishga xizmat qiluvchi uslublardir. Masalan,

Xushomadgo„ylik uslubi kimlargadir ataylab yoqish maqsadida 
barcha oila a‟zolarining xatti-harakatlaridan andoza olish, o„zini yerga urib bo„lsa-
da, o„zgalar bilan kelishib yashash, bu bilan o„zini hamisha yerga urishni nazarda 
tutadi. 

Ayblovchi uslub doimo kimnidir nimagadir o„rgataverish, tanqid 
va nazorat qilish, faqat o„zidan kuchli odam oldidagina biroz o„zini tortish bilan 
bog„liq kommunikativ harakatlarni o„z ichiga oladi. Birinchi va ikkinchi uslublar 
go„yoki bir birini to„ldiradi. 

Hisob-kitobli muomala uslubi shundayki, unga ko„ra odam 
hamisha va har qanday vaziyatda aniq, bexato harakatlar qilishga intiladi, chunki 
bunday odam adashmay, doimo “to„g„ri, benuqson” bo„lishga intiladi, shuning 


29 
uchun bunday insonning harakatlari doimo sun‟iyday, his-tuyg„ulari esa 
mazmunsiz, doimo tazyiq ostiga olinganday bo„ladi. 

Chetlashtirilgan muomala uslubi o„zini nima qilib bo„lsa-da 
o„zgalardan uzoqda, muayyan masofada tutishga qaratilgan, odamoviday 
boshqalarning nazaridan ham, ularning ta‟siridan ham o„zini tortadi (masalan, 
bizda odatda yangi kelinchak o„zini ana shunday tutadi). 

Yetuk, adaptiv muomala uslubida esa inson hamisha o„z 
oiladoshlari bilan to„g„ri, samimiy, ochiq munosabatlarga tayyor bo„ladi. Bunday 
odam o„zining barcha fazilatlarini bilgani va saqlagani holda boshqalarning ham 
shaxs ekanligini, individualligini unutmagan tarzda muloqotga kirishadi. U 
gapirishni ham maromida eplaydi, o„zgalarni tinglashni ham biladi, shu sababli, 
unga qandaydir kommunikativ to„siqlar xatarli emas. 
Psixoterapevtik amaliyotda Satir ham Karl Rojers kabi barcha muomala 
uslublarini tahlil qilar ekan, bir insonning boshqa bir insonni tinglay olishiga 
alohida e‟tibor qaratadi. Asosiy maqsad shundan iboratki, har bir oila a‟zosini o„z 
tartib-qoidalarini buzmagan holda muomala madaniyatiga o„rgatishdir. Masalan, 
oilaning muayyan tartib qoidalariga quyidagilar kirishi mumkin: “Yakshanba 
kunlari hamma to„planib, birga tushlik qilishadi”, “Otamiz uxlagan paytda unga 
hech kim xalaqit bermaydi”, “Maktab xarajatlari uchun bolalarga muayyan 
miqdorda pul beriladi” va hokazo. 
Ochiq tartib-qoidalardan tashqari, har bir oilaning yashirin qoidalari ham 
mavjudki, ular ham oilaviy munosabatlarning yaxshi bo„lishida katta rol o„ynaydi. 
Odatda bunday qoidalar muayyan mavzularning oila davrasida ko„tarilmasligi yoki 
ma‟lum tarzda his-kechinmalarning namoyon etimasligida ko„rinadi. Masalan, 
otasining oldingi nikohdan farzandlari borligi mavzusi, oilada nogiron borligi, 
bolaning qandaydir falokat tufayli ruhan yoki jismonan dardman bo„lib qolgani, 
kimnidir qamalib ketganligi, ota va onaning birga yotmayotganligi, otaning spirtli 
ichimliklarga ruju qo„yganligi kabilar odatda oila a‟zolari to„plangan paytda ochiq 
muhokama qilinmaydi. Chunki rasman taomil bo„yicha bunday holatlarga bevosita 


30 
bolalarning aloqasi ham, aybi ham bo„lmaydi, shuning uchun ularda shu kabi 
salbiy tajriba paydo bo„lishidan saqlagan tarzda bu kabi holatlar muhokama 
qilinmaydi. 
Oilaning chegarasi va hududi deyilganda, odatda oilaning boshqa sotsiomadaniy 
muhit vakillari bilan aloqasi, ularga bog„liqligi darajasi nazarda tutiladi. Satirning 
fikricha, shunday oilalar ham bo„ladiki, ular boshqalar bilan deyarli muloqotga 
kirmaydi, bu oilaga darvozadan ham, devoridan oshib ham kirib bo„lmaydi, u 
go„yoki o„z qobig„iga o„ralib olganday, o„z navbatida u boshqa oilalarga ham 
qiziqmaydi, oilaviy tantanalarga yaqin qo„shnilarni ham chaqirmaydi, o„qishi yoki 
ishxonasini hisobga olmaganda, boshqa ijtimoiy muassasalarga, masalan, teatr, 
kino, klublarga ham bormaydi. Odatda bunday “yopiq” turdagi oilalar unchalik 
inoq-ittifoq ham yashamaydi. Bizning sharoitimizda mahalla-kuyning tadbirlari 
ham ularsiz o„tadi. Shuning uchun ochiq turdagi, keng muloqotlarga asoslangan 
oila baxtli va mustahkam hisoblanadi. Bu oilalarning dahlsizligiga ham zarar 
yetkazmaydi. 
Taniqli amerikalik oilaviy psixoterapevt Salvador Minuxin ham o„ziga xos 
konsepsiyaning asoschisidir. (Minuxin S., Fishman Ch., 1998). Uning fikricha, oila 
– murakkab tuzilishga ega bo„lib, tarkibiga ayrim alohida individlarni, bir qator 
tizimlarni qamrab oladi. Ichki tuzilmalar koalitsiyalarga birlashib, oila doirasida 
turli hodisa va jarayonlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, har qanday oila 
boshqa o„ziga o„xshash tuzilmalar bilan murakkab munosabatlarni o„rnatadiki, bu 
tashqi tizimlar ba‟zan oilani qo„llab-quvvatlash vazifasini ham bajaradi. 
Oila – eng avvalo rivojlanuvchi tuzilma bo„lib, unga yoshga oid qonuniyatlar 
xosdir. Chunki oila a‟zolari yillar o„tgani sari rivojlanadi, yetuklikka erishadi, 
qariydi, shu bois ham oila doimiy o„zgarish va rivojlanishlarni boshidan kechiradi. 
Oilaning tarkibiy tuzilmasi ham ilmiy jihatdan muhim bo„lib, uni eng avvalo 
alohida individlar tashkil etadi. Alohida individ o„z xohish-istaklari, ehtiyojlari, 
motivatsiyasi, hayotiy maqsad-muddaolariga ega dastlabki avtonom birlikdir. Oila 
a‟zolari esa oilaga kirishib, qo„shilib ketganligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq 


31 
qiladi. Oilaning ayrim a‟zolari butun vujudi, borlig„i bilan oilaviy hayotga 
uyg„unlashga ketgan bo„lsa, boshqalari uning tarkibiga boshqa tashqi tuzilmalar 
hisobidan qo„shiladi. Masalan, uy bekasi oilaning birinchisi bo„lsa, yangi tushgan 
kelinchak ikkinchi xil oila a‟zosini tashkil etadi. Lekin barcha oila a‟zolari uning 
psixologik muhitini, undagi samimiyatni barqaror etishga o„z hissasini qo„shadi, 
faqat birinchisi oila manfaatlarini ichkaridan turib, faqat yaxshilikni, barqarorlikni 
o„ylab ish tutsa, boshqalari tashqaridan turli ma‟lumotlar, “o„ziga xos havo” olib 
kirish yo„li bilan oila muhitini muvofiqlashtiradi.
Er-xotin tizimi oiladagi er va xotindan iborat bo„ladi. Erkak va ayol qovishuvidan 
boshlanadigan bu tuzilma aslida butunlay bir-biridan farq qiluvchi qadriyatlar, 
qarashlar, kutishlar va e‟tiqodlardan tarkib topadiki, agar ularning har biri o„zaro 
muloqot jarayonida bir-birlarini bilgani sari o„z qarashlari, xatti-harakat 
me‟yorlari, odat va qiliqlaridan qisman bo„lsa-da, voz kechmas ekan, oilaviy birlik 
ro„y bermaydi. Bu juda katta psixologik jarayon hisoblanib, uning natijasi o„laroq 
oilada er-xotinning bir-biriga adaptatsiyasi, moslashuvi ro„y berishi mumkin. 
Yangicha “qovishuv”, bir-birini identifikatsiya qilish, o„xshashliklar jarayoni 
adaptatsiyaning muhim natijasi o„laroq, bunday bir-biriga yaqinlashish, 
“o„xshashlik va uyg„unlikning” paydo bo„lishi yillar davomida sayqal topib boradi. 
Lazarev va Rage degan olimlarning qayd etishlaricha, odam boshidan kechirishi 
mumkin bo„lgan stressor g„amlardan eng kuchlisi turmush o„rtog„idan judo bo„lish 
hisoblanadi, chunki ular yillar mobaynida bir-birlariga juda ko„nikib, kirishib 
ketgan bo„ladi. Ayni shu tuzilmadagi har qanday evrilishlar, nizolar va 
qiyinchiliklar yaxlit oilaning barcha a‟zolariga birday ta‟sir etadi. 
Ota-onalar tuzilmasi har doim ham er-xotinlikni nazarda tutmaydi, zero, uni 
yolg„iz momo, xola yoki to„ng„ich farzand ham tashkil etishi mumkin. Shuning 
uchun terapevtik muolajalarda yoki maslahatlarda ota-onalar tuzilmasini aynan 
kim tashkil etishini bilish ahamiyatlidir. Ota-onalar eng avvalo oilaning xavfsizligi, 
unda samimiyat muhitining bo„lishi, tarbiya jarayonlarining qanday kechishiga 
javobgardir. Ular shu oiladagi barcha farzandlarning kelajagini, kerak bo„lsa, juda 


32 
yaxshi kamol topishi uchun o„z bilim va tajribasini safarbar etadigan insonlardir. 
Aka-opa-ukalar tuzilmasi – oilada farzandlarning hayotni o„rganishlari, bir-
birlarini tushunishlari ba‟zan tortishib, ba‟zan do„stona muomalani yo„lga 
qo„yishlari juda muhimdir. Odatda oilada shakllangan va sayqal topgan aka-uka, 
opa-singilchilik munosabatlari keyinchalik do„stlar, hamkasblar, raqiblar bilan 
bo„ladigan murakkab o„zaro munosabatlarni yo„lga qo„yish uchun zarur bo„ladi. 
Muammoli oilalar deb, Minuxin oila ichidagi mavjud tuzilmalar o„rtasidagi 
munosabatlarning buzilishini tushunadi. Masalan, “pa-de-de” tipidagi oila 
(fransuzcha pas de deux – ikki kishi raqsi ma‟nosini bildiradi) odatda faqat ikki 
kishidan iborat bo„lib, bunday oilada farzand bo„lmaydi. Yoki farzandlari 
allaqachon “uchirma” qilingan bo„lib, ota-ona xonadonini tark etgan bo„ladi. Bu 
kabi oilalardagi o„zaro munosabatlar anchagina tarang bo„lib, aksariyat holatlarda 
bunday kechinmalar vaqtincha xarakterga egadir. Unda naslni davom ettirish, bola 
tarbiyasi kabi muammolarning mavjudligi er-xotin munosabatlariga rahna soladi. 
Ko„p farzandli oila (“choriq” tipli oila) munosabatlar tizimi serqirra bo„lgan 
oiladir, unda ba‟zan, farzandlarning to„ng„ichi ota-onalarday yuqori pog„onaga 
ham ko„tarilib qoladi. Bunday oiladagi munosabatlarning yaxshi bo„lishi uchun 
ota-ona har bir oila a‟zosining vazifalari va oiladagi maqomlarini aniq tasavvur 
qilib, bo„lib berishi, to„ng„ich bola bilan kichiklar o„rtasidagi muomala qoidalarini 
bolalikdan bir maromda yo„lga qo„yilgan bo„lishi talab etiladi. Bu yerda ota-ona 
tuzilmasi, ya‟ni, ota-onaning mavqei, obro„si kuchli va yetakchi bo„lishi shart. 
Distant oila yoki “akkordeon” tipidagi oilada a‟zolardan kimdir, bu ko„p hollarda 
ota – u yoki bu sababga ko„ra oila a‟zolari bilan kam ko„rishadi (uzoq muddatli 
safardagi dengizchi, harbiy xizmatchi, geolog, neft qazuvchi kabi). Ota bunday 
holatlarda o„zaro muomala jarayonlarida yo jismonan mavjud shaxs sifatida yoki 
ramziy tarzdagi ota sifatida ishtirok etadi. Oilada er-xotinlik aloqalari ham, ota va 
bola munosabatlari ham bolalar o„rtasidagi o„zaro munosabatlar ham aziyat chekib 
turadi. Gohida oilada go„yoki yashirin qolipda ajrim turganday bo„ladi. Lekin ayni 
shu holat ko„pincha distant oilaning ajrim bo„lgan oiladan afzal ekanligini 


33 
ko„rsatadi. 
Beqaror oila tarkiban ham, turar-joy, yashash joyi masalasida ham o„zgaruvchan 
bo„ladi. Masalan, ayrim ayollar birinchi nikohidan ajralganidan so„ng tez-tez 
erkaklarni almashtiradi, toki ko„ngliga ma‟qul bo„lgan insonni topmagunicha 
turlicha munosabatlar tizimida bo„ladi. Bu farzandlar tomonidan yaxshi qabul 
qilinmaydi, ona bilan bolalar munosabatlari hamisha taran turadi. Shunga o„xshash 
holatlar tez-tez turar joyini almashtirishga moyil oilaga ham xosdir. Munosabatlar 
tarangligi nafaqat shu oilaning ichida, balki yangi turar joyga kelib yangi tengdosh 
o„rtoqlar va sinfdoshlar orttiradigan bolalarga ham salbiy ta‟sir ko„rsatishi tabiiydir 
Noto„liq oila – ba‟zan turmush o„rtog„idan birining o„limi tufayli judolikka 
mahkum etiganlar oilasida ham o„ziga xos munosabatlar shakllangan bo„lib, ularda 
go„yoki “arvoh” oilaviy jarayonlarning barchasida ishtirok etayotganga o„xshaydi. 
Ayniqsa, sharq xalqlarida marhumning ruhini hurmat qilib, barcha oilaviy tadbir va 
marosimlarda ularning ruhlarini shod etuvchi duolar o„qiladi, ular yaxshi gaplar 
bilan eslanadi, duolar mavjud bo„ladi. Bu farzandlar tarbiyasida ham ijobiy, ham 
salbiy rol o„ynaydi. 
Shunday qilib, Minuxin chizmasida oilaviy o„zaro aloqalar turlicha munosabatlar 
tizimi shaklida tasavvur etiladi. 
Amerikalik tadqiqotchi Myurrey Bouen (1913-1990) – AQShda XX asrning 
boshlarida boshlangan oilani himoya qilish harakatining asoschilaridan bo„lgan, 
ushbu harakatdan ko„zlangan maqsad – oilani alohida tadqiqotlar ob‟ektiga 
aylantirish, shu orqali uning inson salomatligidagi benazir rolidan foydalanish, 
hattoki, ruhan bemor bo„lganlarni davolashda oilaning imkoniyatlaridan 
foydalanish g„oyasini targ„ib etishdan iboratdir. Bouen fikricha, inson o„z umrini 
o„tkazadigan ijtimoiy guruhlardan eng muhimi – bu oiladir. Shu bois ham har bir 
shaxsni o„rganish uning oilasini o„rganishdan boshlanmog„i lozim. Ammo, 
ta‟kidlaydi, muallif, inson qanchalik biologik tuzilmali, hissiyotlarga boy 
emotsional tizimga ega bo„lmasin, u sekin-asta o„z oilasi qobig„idan ajralib, 
shaxsiy xususiyatlarda boshqalardan o„zgacha, ajralib, differensiallashib boravedi. 


34 
Ana shunday tafovutlanish, ya‟ni, hayoti mobaynida o„ziga xos xislatlar egasi 
bo„lish, ota-onasi va yaqinlaridan farqlanuvchi sifatlarga ega bo„lib borish darajasi 
har bir insonda turlicha sodir bo„ladi. Har bir shaxsning hayotdagi insoniy 
burchlaridan biri ham ayni shu “alohidalikka, boshqachalikka” intilish va o„zgalar 
bilan hamjihatlikda yashash ko„nikmalarini orttirib borishdir. Bouen turli 
odamlarda testlar o„tkazib, ana shu farqlilikning shkalasini yaratdi. Unga ko„ra, 
shkalaning pastida joylashganlar (0 dan 25 ballgacha olganlar) odatda xavotirli 
hayot kechiradi va ko„pincha o„zgalarga tobe bo„lmaslikka intiladi, turli 
vaziyatlardan chiqib ketish yo„llarini yaxshi bilmaydi, nisbatan sokin va turg„un 
turmush tarzini boshdan kechiradi, biror xavf yoki mushkulotni sezib qolsa
yolg„izlikni, hech kimga ko„rinmaslikni afzal ko„radi. Bunday mijozlar bilan 
ishlash texnikasi shunga bog„liqki, ularni eng avvalo turli vaziyatlarda turlicha 
harakat qilish modellariga, ongi va aqli bilan bo„lib o„tgan voqea va hodisalarni 
tahlil qilishga o„rgatishdan iboratdir. Uning aksi bo„lgan, farqlar shkalasida yuqori 
ballarga ega bo„lganlar hamisha ko„pchilik ichida yuradi, ular bilan hamkorlik 
darajasi yuqori bo„lib, har qanday mushkul vaziyatlarda ham o„zini qo„lga olib, 
muammoni yechishning yo„llarini muvaffaqiyat bilan topadi. Uning 
munosabatlardagi egiluvchanligi shu qadar samaraliki, u kerak bo„lsa, odamlar 
bilan til topishish uchun o„z individualligidan ham voz kechib, odamlarga kirishib 
keta oladi, turli stress holatlarda iroda kuchini ishga solib, vaziyatni yengib chiqa 
oladi. 
Bouen oiladagi o„zaro munosabatlar tizimini tasavvur qilish uchun fanga 
“emotsional uchburchaklik” tushunchasini kiritdi. Unga ko„ra, oila tizimini, uning 
poydevorini tashkil etuvchi asosan uch inson yoki sub‟ekt bo„ladiki, boshqa 
munosabatlar ularning vaziyatni nazorat qilishlari, u yoki bu vaziyatlarda o„zlarini 
qanday tutishlariga bevosita bog„liqdir. Agar oila faqat diada tipli o„zaro 
munosabatlargagina tayangan bo„lsa, xavfli, tarang vaziyatlarda ular o„rtasidagi 
munosabatlarning salbiy tomonga o„tib ketish ehtimoli yuqori bo„ladi, ya‟ni, 
masalan, eri bilan urushib qolgan xotin uchinchi himoyachini izlaydi. Mobodo 


35 
oilada yana uchinchi shaxs, masalan, farzand bo„lsa, bu taranglikning kuchi u 
qadar sezilmaydi. Agar oilada bitta emas, bir necha farzand bo„lsa, ulardan biri ota-
onaga qo„shilib, o„sha emotsional uchburchakni tashkil etadi, ayniqsa, o„smirlik 
davri qiyinchiliklarini boshidan kechirayotgan boshqa oila a‟zosini tarbiyalashda 
ular uch kishi bo„lib, unga yordam qo„lini cho„zishlari mumkin bo„ladi.Bouen turli 
toifali muammoli oilalarni tahlil etib, ulardagi ziddiyatlarning asl sababi – ana shu 
kabi emotsional uchburchaklikning hosil bo„la olmaganligida, deb xulosa qiladi va 
shu nuqtai nazardan oilalar tipini quyidagilarga ajratadi: 

Er va xotin uzoq vaqt mobaynida ham bir-biriga ko„nika 
olmayotgan, munosabatlarini oydinlashtira olmagan oila turi. Ular emotsional 
uchburchak doirasida o„zaro munosabatlarda bir-birlarini ayblash, kamchiliklarini 
topish bilan ovora bo„ladi, lekin munosabatlariga sira bolalarni aralashtirmaydi. 
Bouennning fikricha, agar shunday tarang munosabatlarga farzand aralashsa, 
uchalasi o„rtasida yaxshi, iliq munosabatlar vujudga kelsa, bunday oila mustahkam 
bo„lishi mumkin. Aks holda, ota-onadan ayri ravishda bola yashashi, rivojlanishi 
mumkin, hattoki, uning psixikasiga bunday kemtiklik unchalik zarar yetmasligi 
ham mumkin, lekin oila oiladay bo„lmaydi. 

Ikkinchi toifa oilada a‟zolardan biri to„laligicha boshqasiga tobe 
bo„lib oladi, o„zidagi avtonomiyadan ataylab voz kechadi. Natijada bunday oilada 
ikkita “yolg„on, yashirin “Men”lar paydo bo„ladi, bir shaxs ikkinchisi ustidan to„la 
hukmronlik qila boshlaydi. Bunday nikohlar odatda mustahkam bo„lishiga 
qaramay, uni tashkil etuvchilardan biri – tobe “Men” turli psixosomatik va ruhiy 
kasalliklarga chalinib boradi, farzandlar ham shu munosabatlarga ko„nikib 
boraveradi. Aytish joizki, o„zbek oilalari orasida ayni mana shu toifa oilalar ko„p.

Uchinchi toifali oilada o„zaro munosabatlar bir maromda 
kechaveradi, lekin oilaning mut‟e, tobe a‟zosi tobora bolalarga bog„lanib, o„zidagi 
kamchiliklarni, xavotir va qo„rquvni bora-bora bolalarga yuklaydigan, ularni kerak 
bo„lsa, ayblashga o„rganib qoladi. Bu ba‟zan oilaviy nizolarga sabab bo„lishim 
mumkin. Masalan, agar bola yo nogiron, yoki yagona, erka farzand bo„lsa, barcha 


36 
nuqsonlar uning shu maqomiga bog„liq tarzda namoyon etilaveradi, onaning 
kamchiligi bolaning nochorligi yoki erkalatib yuborganlik niqobi ostida 
yashiriladi. Boshqa bolalarga xos bo„lgan u yoki bu muammo ham ayni shu bir 
bola tufayli paydo bo„lganday tasavvur etiladi.Bouen amalga oshirgan tahlillar 
Amerika muhitidan olinganday tuyulsa-da, oila universal ijtimoiy institut sifatida 
barcha hududlarda ham umumiy, ham hududiy qonuniyatlarga bo„ysungani 
sababli, yuqorida qayd etilgan holatlar va oila tiplari bizda ham mavjud. Shuning 
uchun ham biz misol tariqasida bir nechta nazariy hamda amaliy yondoshuvlarni 
ko„rib chiqdik. O„zbekistondagi oilalarning milliy o„ziga xosligi bo„lishiga 
qaramay, insoniyat taraqqiyoti mobaynida shakllangan ijtimoiy institut sifatida 
unda ham universal, umummilliy jihatlar va ular bo„ysunadigan qonuniyatlarning 
mavjudligi hech kimga sir emas. 


37 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin