3.1.3.jadval
O„zini-o„zi baholash natijalari
Munosabat pog„onasi
X
σ
t
Bolaning o„z
“Men”iga munosabati
Men-hozirda
4,87
0,41
2,12
Men-ilgari
4,60
0,73
1,75
Boshqalarning bola
“Men”iga munosabati
Ona
4,81
0,39
1,75
Ota
4,85
0,35
0,71
Bolaning o„zini u yoki bu pog„onaga joylashtirishi asoslarini aniqlash
natijasida qiziqarli ma‟lumotlar aniqlandi. Masalan, o„zini beshinchi pog„onaga
joylashtirgan bolalar o„z tanlovini izohlash uchun quyidagi dalillardan foydalandi:
“Men yaxshiman”, “Men quloq solaman”, “Men chiroyliman”, “Men baxtliman”
va hokazo. O„zini “juda ham yaxshi” deb hisoblamaydigan qolgan kam sonli
bolalar “Chunki mening qo„limdan doim ham hamma narsa kelavermaydi”, “Men
hali hamma narsani qila olmayman”, “Men eng chiroyli emasman”, “Ba‟zida men
quloq solaman, ba‟zida esa – yo„q” deb aytishgan. Shuni qayd etib o„tish kerakki,
“yaxshi” tushunchasi bolalar uchun 50%dan ortiq holatlarda “quloq soluvchan”
tushunchasi bilan (keyingi “Sen kimsan?” eksperimentidagi kabi), “baxtli” atamasi
esa “quvnoq” atamasi bilan bir xil ma‟noni anglatadi.
Bolalarning o„zi uchun ahamiyatga ega bo„lgan kattalar tomonidan
baholanishi ko„proq differensiyalangan bo„lib, har bir bola o„z ota-onalarini ularga
nisbatan o„ziga xos munosabatda, deb hisoblashadi, onaning bahosi bola uchun o„z
bahosidan biroz pastroq ahamiyat kasb etadi. Onaning baholashi va pog„onani
tanlash motivatsiyasi bola tomonidan bashorat qilinganda, bolaning onaga
munosabatini namoyish etadi: “Onam meni dunyoda hammadan ko„proq yaxshi
ko„radi”, “Onam menga doim sen eng aqllisan deb aytadi”, – 4-5 pog„ona,
“Ba‟zida men onamga quloq solaman, ba‟zida esa – yo„q” - 3 pog„ona.
66
Shuningdek, bolaning o„zini-o„zi anglashida o„zining va boshqalarning
bahosidagi “Men”iga uni ruhiy rivojlanishining uch davri orqali tahlil etildi va
bolaning “O„tmishdagi Men”, “Hozirgi (real) Men”i va “Kelajak Men”lari
orasidagi o„zaro bog„liqlik va tafovutlar aniqlandi. Natijalarda qayd etilishicha,
bola “Men”ining ikki davri, ya‟ni “Hozirgi” va “O„tmish Men”i o„rtasida o„zaro
muvofiqlikni ta‟minlagan. Bola ushbu davrlarda ijtimoiy muhit ta‟sirida, shaxsi
shakllanishida har xil o„zining yoshiga xos emotsional va xulqiy jihatlarga oid ham
ijobiy, ham salbiy ta‟sirlarni boshdan kechirgan. Bu esa bolaning baxt va
baxtsizlik, yaxshi va yomon, salomatlik yoki kasallikga aloqador munosabatlarini
individual tarzda ifodalay olishidan hamda o„zini anglashiga imkon beruvchi
taassurotlar manbaiga egaligidan dalolat beradi. Ammo bolaning “Kelajak Men”i
bilan bog„liq tasavvurlarida aniqlik yetishmayotganligini, maktabgacha tarbiya
muhitida bolada o„zining kelajak tasavvurlari reallikdan ancha uzoq bo„lishi qayd
etilgan. Bunday tassavvurlar maktabgacha yoshdagi bolalarning kelajagi
to„g„risida aniq timsollarni ifodalab berolmasligi, “Men – timsoli”ni baholay
olmasligi oqibatidir.
Hattoki, ota-onalar ham farzandlarining kelajagi bilan bog„liq holatlarni, ular
to„g„risida yaqqol tasavvurni aks ettira olmasliklari kuzatildi. Korrelyatsiya
tahlilidagi natijalar ham bolaning o„zini-o„zi baholashida “Hozirgi Men” “Ilgarigi
Men”i bilan (r=0,680, p<0.01) mos kelganligi, bolaning o„zini-o„zi anglashida
“Men”ning ikki ko„rinishi bog„lanishga ega ekanligidan dalolat beradi. Bolalarning
bu natijalari boshqalarning munosabatlari (ota-ona)da ham tasdiqlandi, ya‟ni
“Hozirgi Men” bilan ona munosabatida (r=0,636, p<0.01), ota munosabati bilan
(r=0,613, p<0.01) hamda “O„tmish Men” bilan ona munosabatida (r=0,445,
p<0.05), ota munosabati bilan (r=0,474, p<0.05) hosil qilingan korrelyatsiya
bog„liqliklari bir-birini mantiqan taqozo etganligining guvohi bo„lamiz. O„z
navbatida ona bilan otaning farzandga bildirgan munosabatlari ham o„zaro
bog„liqlikka ega ekanligini tasdiqladi (ona munosabatida (r=0,636, p<0.01), ota
munosabati bilan (r=0,617, p<0.01).
|