O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/25
tarix23.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#120337
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
oilada maktabgacha yoshdagi bola shaxsi ozini-ozi anglashning ijtimoiy psixologik omillari

3.4.4-jadval 
O„zini-o„zi baholash natijalari orasidagi korrelyatsiya koeffitsientlari 
Men-hozirda 
Men-ilgari 
Ona 
Ota 
Men-hozirda 

0,680** 
0,636** 
0,613** 
Men-ilgari 

0,445* 
0,471* 
Ona 

0,617** 
Ota 

Izoh: *p<0.05, **p<0.01 
Ma‟lumotlar tahlili shuni ko„rsatmoqdaki, ushbu yoshdagi barcha bolalarda 
o„ziga yuqori baho berish rivojlangan bo„lib, ko„rib chiqilgan o„zini baholashning 
individual ko„rinishlari uning shakllanish jarayoni aslida murakkab ekanligini 
hamda bolaning o„z “Men”ini baholashi bilan ota-onalarning o„zlarini real baholari 
o„rtasida muayyan aloqa borligini ko„rsatadi. 
Bola o„zini-o„zi anglashiga aloqador bo„lgan muhim ijtimoiy psixologik 
omil bu – shaxs ijtimoiy makonining tasavvur etishi hamda undagi huquq va 
majburiyatlarning aniq tasavvurlarda aks etishidir. Masalan, biz o„rgangan bog„cha 
yoshidagi bolalarning bir qismigina o„z huquq va majburiyatlarini ularga ota-
onalari bergan imkoniyatlar bilan bog„lab tavsiflashlarini aniqladik. Biz bu toifa 
javoblarni shartli ravishda uch guruhga taqsimlab, burch-huquq tizimida o„zini 
anglashning quyidagi darajalarini ajratdik: 
1) yuqori daraja – majburiyatlar va huquqlar aniq belgilangan va ularning 
ro„yxati 3 tadan 7 tagacha nomdan iborat bo„lib, ular faqatgina axloqiy me‟yorlar, 
maishiy, gigienik talablar, xulq-atvor qoidalari bilangina cheklanib qolmaydi. 
Masalan, “Rasm chizishi, narsa yasashi lozim”, “Ona bilan birga o„rinni yig„ish 
va almashtirish”, “Onaga idish-tovoq yuvish va artishga yordamlashish”, “Jo„ja 
va Mushukchani boqish”, “Matematika bilan shug„ullanish lozim”, “Kitob o„qish 
kerak”, “Xushmuomala bo„lish”, “Yaxshi bola bo„lish, quloq solish”. Huquqlar: 
“Ona bilan teatrga, ota bilan attraksionlarga, buvi bilan sirkka borish”, 
“Televizorda multfilm tomosha qilish”, “Kompyuterda ishlash va o„yin o„ynash” 


68 
kabi
2) o„rtacha – majburiyatlar ham, huquqlar ham aniqlangan bo„lsa-da, yetarli 
darajada aniqlik bilan yozib qo„yilmagan, ro„yxat kam sonli, odatda 3 ta jumladan 
ham kam, faqat axloqiy me‟yorlar, xulq-atvor, gigiena va maishiy qoidalar bilan 
cheklangan: “Ota-onaga quloq solish”, “Urishmaslik”, “To„polon qilmaslik”, 
“O„yinchoqlarni sindirmaslik”. Huquqlar: “Konstruktor o„ynash”, “Sayr qilish” 
kabi. 
3) past – javoblar oddiy bo„lib, faqat majburiyatlar, asosiy qoida va 
me‟yorlarga rioya qilish sanab o„tiladi, ro„yxatga u yoki bu tavsifnomani 
kiritishning biron-bir aniq izohi bo„lmaydi, majburiyat va huquqlar aralashib 
ketgan: Majburiyatlar: “Ovqat yeyish kerak”, “Uxlash”, “Quloq solish”
Huquqlar: “O„ynash”, “Ovqat yeyish”
Shunday qilib, maktabgacha bo„lgan yoshdagi bolaning o„zini anglashida 
aks ettirilgan shaxs ijtimoiy makonini belgilashi lozim bo„lgan savollar majmui 
sinovda ishtirok etayotganlarning yarmini huquq va majburiyatlar kabi asosiy 
jihatlar haqida tushunchalarning hali to„la shakllanmaganligini ko„rsatdi. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning oilaviy munosabatlar tizimida o„zini aks 
ettirishi va shunga bog„liq tarzda o„ziga bergan bahosini o„rganishda “Oilaning 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin