O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/25
tarix23.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#120337
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
oilada maktabgacha yoshdagi bola shaxsi ozini-ozi anglashning ijtimoiy psixologik omillari

kinetik rasmi” proektiv testidan foydalanildi. Test natijalari quyidagicha olindi: 
a) “qulay oilaviy vaziyat”ni ifodalovchi xususiyatlar majmui 8 dan 12 
ballgacha; 
b) “hadiksirash, mojaro, oilaviy nizolar”ni ifodalovchi sifatlar majmui – 1 
dan 7 ballgacha; 
v) “oiladagi jinsiy rollar bo„yicha identifikatsiya” majmui – 0 dan 10 
ballgacha ko„rsatkichlar o„zgarish diapazonini berdi. Bulardan oxirgisi, 
bizningcha, maktabgacha bo„lgan yoshdagi bolaning oilaviy munosabatlarni 
rasmda texnik jihatdan tasvirlash qobiliyati ayni shu paytda ancha rivojlangan 
bo„lganligi sababli ko„p axborotli bo„lib chiqdi (1-rasm). 


69 
0
1
2
3
4
5
6
7
8
1
Қулай оилавий вазият
Ҳадиксираш, адоватли
ҳол
Жинсий роллар бўйича
идентификация
1-rasm. OKR rasmlarida keltirilgan ijtimoiy xislatlarning ifodalanganlik 
darajasi 
Test natijalari orasidagi ichki korrelyatsion bog„liqlik o„rganilganda, shu 
narsa aniqlandiki, bolalarning qulay oilaviy sharoitga egaligi, ularda hadiksirash, 
adovatli hollardan yiroq bo„lishlariga imkon yaratishi mumkin ekan (r=-0,391, 
p<0.05). 
Shuningdek, bolalarning jinsiy tafovut va o„zining jinsiga mansubligini 
identifikatsiyalashtirish, ularning dastlabki yosh davrlaridayoq namoyon bo„lishi 
hadiksirash, adovatli holatlar bilan jinsiy identifikatsiyalashuv orasidagi natijalarda 
ham kuzatildi (r=0,673, p<0.01) (5-jadval, 1-rasm). 


70 
3.1.5-jadval 
OKR rasmlarida keltirilgan ijtimoiy xislatlarning ifodalanganlik 
ko„rsatkichlari orasidagi korrelyatsion munosabatlar 
Qulay 
oilaviy 
vaziyat 
Hadiksirash, 
adovatli hol 
Jinsiy rollar bo„yicha 
identifikatsiya 
Qulay oilaviy vaziyat 

-0,391* 
-0,069 
Hadiksirash, adovatli hol 

0,673** 
Jinsiy rollar bo„yicha 
identifikatsiya 

Izoh: *p<0.05, **p<0.01 
Dissertatsiyaning “Oilaviy munosabatlarning o„ziga xosligi va bolalarda 
“Men” konsepsiyasi rivojlanish darajalarini tadqiq etish natijalarining tahlili” deb 
nomlanuvchi paragrafida oilaviy munosabatlarni bolaning o„zini anglashiga 
ta‟sirini o„rganish yuzasidan natijalar keltirilgan. Buning uchun tadqiqotda 
tanlangan oilalarda ota-onalarning er-xotin sifatidagi rollarining adekvatligini 
ta‟minlovchi qadriyatlari tizimini o„rganishga e‟tibor qaratildi. 
Oilaviy qadriyatlar, er-xotinlik rollari bo„yicha erning (xotinning) rolli 
da‟volari shkalasi individual ko„rsatkichlari tahlili shuni ko„rsatdiki, oilaviy 
qadriyatlar shkalasi bo„yicha to„plangan ballar qanchalik katta bo„lsa, er (xotin) 
uchun oila hayotining ushbu sohasi shunchalik ahamiyatli bo„ladi; 
– erning (xotinning) nikohdagi hamkor sifatidagi faol roli bevosita uning 
xulq-atvor yo„nalishini, kutishlarini belgilasa, bu holat ularning bir-birlariga 
nisbatan da‟volari darajasini ham belgilaydi. 
Er va xotinning oilaviy qadriyatlar va rol bo„yicha ustanovkalarining 
muvofiqligi erning oilaviy qadriyatlar shkalasi va xotinning oilaviy qadriyatlar 
shkalasi ko„rsatkichlari ballari o„rtasidagi farq bilan tavsiflanadi. Bu farq qanchalik 
kam bo„lsa, er-xotin oila hayotining eng ahamiyatli sohalari haqidagi tasavvuri bir-
biriga muvofiqligi shunchalik yuqori bo„ladi. 3 ballgacha farq o„zaro muammoli 
munosabatlarga sabab bo„lmaydi, 3 balldan ortiq farq esa, er-xotin o„rtasidagi 


71 
munosabatlar nizoli xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Deyarli bunday 
tafovutlar bizning tadqiqot ob‟ektlarimizda uchramaganligini qayd etish mumkin 
(5-jadval). 
Oiladagi shaxslararo o„zaro aloqalarning adekvatligi erning rol bo„yicha 
da‟volari va xotinidan rol bo„yicha ijtimoiy kutishlari o„rtasidagi farqqa tengdir. 
Farq qanchalik kam bo„lsa, erning (xotinning) rol bo„yicha adekvatligi, demak, 
xotinning (erning) belgilangan funksiyalarni shaxsan bajarishga yo„nalganligi 
erning (xotinning) oilada faol nikoh hamkori rolini o„ynashini ta‟minlaydi (3.1.6-
jadval). 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin