75
oid tasavvurlarning shakllanganlik darajasi o„rtachadan baland; ijtimoiy jihatdan
o„zining jamiyatdagi o„rnini
anglash endi shakllanayotgan, ya‟ni yaqin o„rab
turgan ijtimoiy muhit to„g„risidagi tushuncha va tasavvurlarining shakllanganlik
darajasi o„rtachadan past; bolaning o„z jinsi bilan bog„liq rollar to„g„risidagi
tasavvurlarining shakllanganlik darajasi pastdan yuqorigacha bir xilda
taqsimlanadi.
Nominativ tasavvurlar, ya‟ni o„z ismi, uning ma‟nosi atrofidagi
tasavvurlar ham mavjud bo„lib, ular shu yosh uchun yuqori darajada shakllangan;
qadriyatlar identifikatsiyasi esa endi rivojlanish bosqichida ekanligi ma‟lum bo„ldi.
Ushbu fikrlarning identifikatsion tasavvurlar nuqtai nazaridan olingan va biz
tomonimizdan umumlashtirilgan ma‟lumotlar quyidagi
8-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: