O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/25
tarix23.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#120337
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
oilada maktabgacha yoshdagi bola shaxsi ozini-ozi anglashning ijtimoiy psixologik omillari

3.1.8-jadval 
Bolalarning “Men” konsepsiyasiga oid tarkibiy qismlarining shakllanishi 
bo„yicha taqsimlash 
“Men” 
konsepsiyasi 
komponentlarinin
g shakllanganlik 
darajasi 
“Men” konsepsiyasi komponentlarining shakllanganlik 
darajasi bo„yicha guruhlar soni (%) 
Nominativ 
Yoshga 
oid 
Jinsiy 
Ijtimoiy 
Qadriyatli 
Past 


43,3 
50 
96,7 
O„rta 

50 
36,7 
46,7 
3,3 
Yuqori 
100 
50 
20 
3,3 

“Maktabgacha yoshdagi bolalarning “Men” konsepsiyasi shakllanishiga 
ta‟sir etuvchi oiladagi shaxslararo munosabatlarni o„rganish natijalari” deb 
nomlanuvchi paragrafda maktabgacha yoshda bo„lgan bolaning “Men” 
konsepsiyasi shakllanishiga ta‟sir etuvchi oiladagi ota-onalarning o„zaro er-xotin 
hamda ota-ona sifatidagi munosabatlarining o„ziga xosliklarini o„rganishga harakat 
qilindi. 


76 
Ota-onalarda o„tkazilgan so„rov natijalari 
savollar 
javoblar 




49 
83% 
13 
22% 
10 
16,9% 


6,7% 
13 
22% 

5% 


3,3% 
23 
38,9% 
17 
28,8% 


6,7% 

8,4% 

5% 


8,4% 
11 
18,6% 



15 
25,4% 


Tadqiqotimiz oilaning bola “Men”ini shakllantiruvchi muhim sotsium – 
ijtimoiy muhitga aylanib, o„zining ushbu muhitga aloqadorligini anglash, 
baholashga imkon berdi. Tadqiqot davomida shunga ishonch hosil qildikki, 
maktabgacha bo„lgan yoshdagi bolada o„ziga nisbatan munosabat ota-ona bilan 
muloqoti ta‟siri ostida shakllanishi isbotlandi. Ya‟ni bolalardan olingan 
ma‟lumotlardan shu narsa ma‟lum bo„lmoqdaki, ulardagi aksariyat belgi va 
xislatlar, avvalo, onasining ta‟sirida shakllanishi, bu yoshda o„zini baholashga 
salbiy ta‟sir ko„rsatuvchi yagona omil bu – ota-ona, xususan, onaning farzandiga 
bo„lgan munosabatining yaxshi emasligi (xususiy hollarda), yetarli darajada ota-
ona mehridan bahra olmagan bolalargina maktabgacha bo„lgan yoshdagi 
bolalikdayoq o„z imkoniyat va qobiliyatlarini beqaror, o„ta tanqidiy baholashlari; 


77 
maktabgacha bo„lgan katta yoshdagi bolalarda oilaviy qadriyatlar va ular ta‟sirida 
shakllanadigan “Men” konsepsiyasining pastligi aniqlandi. 
Sinaluvchilarni maktabgacha ta‟limning 5-7 yoshli (15 nafar) tarbiyalanuvchilari, 
7-10 yoshli boshlang„ich sinf o„quvchilari (15 nafar) tashkil etdi. Jami 
qatnashganlar bolalar soni 30 nafar, ota-onalar soni 46 nafarni tashkil etdi. 
Tadqiqotda shuningdek, 17 nafar boshlang„ich ta‟lim o„qituvchilari, 12 nafar 
pedagogika va psixologiya ta‟lim muassasasi xodimlari ham ishtirok etishdi 
.Tadqiqotda jami 30 nafar respondent qatnashdi. 
Tadqiqotning birinchi bosqichida biz maktabgacha va boshlag„ich ta‟lim 
bolalarining ruxiy xolat xususiyatlarini tadqiq etdik. R. Bens, S. Kaufman, B. 
Gudinaf, 
S.R. 
Reynolds, 
G. 
Xomentauskas, 
R.F. 
Belyauskaytelarning 
tadqiqotlariga asoslanib, bolaning o„zini yaxshi xis etishi, o„ziga va atrofdagilarga 
samimiy munosabati, o„ziga ishonch xisslarini konstruktiv asab psixika statusi 
sifatida qabul qililishni lozim topdik,zero aynan shu psixik xolatlar bolaning 
shaxsiy rivojlanishiga asos soladi. Destruktiv asab-psixika statusi esa, aksincha 
boning shaxsiy rivojlanishiga to„sqinlik qilib, quyidagi xususiyatlar bilan ajralib 
turadi: xavotirlik, qo„rquv, to„laqonli emaslik xissi, nizolarga moyillik va 
asabiylik.Bolaning asab-psixik statusi xususiyatlarini aniqlash va o„rganish 
maqsadida "Uy. Daraxt. Inson" (UDI) rasmli testdan foydalandik. Rasmli testlar 
orqali bolaning ichki dunesini bilib olish imkoniyati juda keng, zero bola rasm 
chizish faoliyati orqali o„z ichki kechinmalarini, atrof-muxitga bo„lgan 
munosabatini to„laroq bayon eta oladi.
Natijalar 
interpretatsiyasi 
B.Gudinaf, 
S.R.Reynolds, 
R.F.Belyauskaytelarning (1983) tadqiqotlariga asoslangan. Sifat ko„rsatkichlari 
simptomokomplekslarda tizimli ravishda ifodalangan: xavotirlik, o„z-o„ziga 
ishonch sustligi, to„laqonli emaslik xissi, jahldorlik, qo„rquv, muloqotga kirisha 
olmaslik va tushkunlik. Bolalarning chizgan rasmlarini tadqiq etishda biz
R.F.Belyauskayte i G.T.Xomentauskas (1987, 1989) fikrlaridan hamda I. 
Sunnatovaning (2008) tavsiyalariga asoslandik. 


78 
Tayyorlov guruhidagi maktabgacha ta‟lim muassasasi tariyalanuvchilari va 
boshlang„ich ta‟limning o„quvchilaridan iborat ikkala gurux natijalari statistik 
taxlildan so„ng, “UDI” testi bo„yicha o„rta ko„rsatkichlarning normal xolatini ifoda 
etishdi. Bu xolatni Kolmogorov-Smirnovlarning taqsimot tengligi mezoni 
isbotladi (r -qiymati 0,620 va 0,623ga teng) hamda mediana va o„rta qiymat 
ko„rsatkichlari tengligi o„rta nisbatda bo„ldi. Mazkur ko„rsatkichlar sinalmalarning 
reprezentativligini ifodalaydi hamda turli emotsional xolatda bo„lgan bolalarni 
aniqlash imkoniyatini beradi. Buning uchun biz protsentil usulidan foydalandik. 
Ushbu usul 24% dan 74% gacha bo„lgan o„tra ko„rsatkichlar qiymatini ifodalaydi. 
Demak, bizda «konstruktiv A-PS» ( 24% dan kam) va «destruktiv A-PS» ( 
74%dan yuqori) ko„rsatkichlarga ega bo„lgan ikki guruh xosil bo„ldi, ya‟ni yuqori 
ball ko„rsatkichi ruhiy xolat samaradorligiga teskari proporsionalligini ifoda etdi.
Asab–psixika statusi komponentlaridan aynan simptomokomplekslarni 
ko„rib chiqsak. Dispersion tahlilga ko„ra maxsus simptomokomplekslarning
guruxlararo dispersiya ballari guruh ichidagi qiymatdan yuqori ( 0,033 nisbatda F-
qiymati 3,32). Bu shundan dalolat beradiki, simptomokomplekslar tizimli yaxlit
strukturaga ega.
“UDI” metodikasi natijalarining dispersion taxlili orqali tayyorlov guruhi 
tarbiyalanuvchilari va kichik maktab yoshi o„quvchi bollarning asab-psixika 
statusida yesh davrlari xususiyatlari aniqlandi. 
F- qiymatning yosh davrga ta‟sirida 13,71 r=0,009 o„rtacha ko„rsatkichi
tayyorlov guruhidagi bolalarda va kichik maktab yoshi o„quvchilarida destruktivlik 
darajasi statistik jihatdan xar xil ekanini ifodalaydi. «Simptomokompleks yosh 
nisbati» dagi F-qiymatning 9,84 r=0,004 ko„rsatkichi bolaning asab-psixika 
statusiga uning yoshi ta‟sir etishidan dalolat bermoqda. Ko„rsatilgan farqlar o„rta 
qiymat hisobida ifodalangan, ya‟ni: tayyorlov guruhidagi tarbiyalanuvchilar 
destruktivlikning o„rta darajasi N-PS 6,17ga ega; kichik maktab yoshi o„quvchilari 
esa – 3,93ni ifodalaoqda. Boshqacha qilib aytganda, “destruktiv” guruhidagi kichik 


79 
maktab yoshi o„quvchilari tayyorlov guruhidagi tarbiyalanuvchilariga nisbatan 
yaxshirok emotsional xolatga ega.
Destruktivlikning o„rtacha ko„rsatkichlarini solishtirish bilan birga har bir yosh 
davrga doir simptomokomplekslarning o„rtacha qiymatlari aks etgan №1 grafikka 
e‟tibor qarating. Mazkur ko„rsatkichlar tarbiyalanuvchilarda kichik maktab yoshi 
o„quvchilarnikiga nisbatan yuqoridir. Bunda grafiklar chizig„i deyarli bir xil bo„lib, 
simptomokompleslar nisbatan yaqqol, tizimli strukturaga ega ekanligini ifodalaydi. 
Boshqacha aytganda, bolalar katta bo„lishi bilan birga nafaqat psixik statusdagi 
simptomokomplekslar ko„rsatkichlarining o„zgarishi, balki emotsional xolatdagi 
sifat ko„rsatkichlari ijobiy tomonga o„zgarishi ham kuzatiladi. Asab psixik statusi 
simptomokomplekslarning oddiy yig„indisi bo„libgina qolmay, o„zaro bog„langan 
elementlar tizimi hamdir. 
Kichik maktab yoshi o„quvchilarda emotsional xolatning yaxshilanishi balki 
bolaning tabiiy o„sishi bilan ham bog„liqdir, bunga mustaqil ko„nikmalarni 
ifodalovchi ma‟lum bir psixofiziologik tizimlarning rivojlanishi, aqliy va ijtimoiy 
taraqqiy etish ta‟sir etgan bo„lishi mumkin.
Izoh: grafikdagi yuqori chiziq –kichik maktab yoshi o„quvchilari , quyi chiziq – 
tarbiyalanuvchilar.
Shu bilan birga, simptomokomplekslarda ba‟zi farqlarni ajratish mumkin, 
xususan, to„laqonli emaslik xissi tarbiyalanuvchilarda kichik maktab yoshi 
o„quvchilarnikiga nisbatan yuqoriroq. O„quvchilarda bu xis 3 chi o„rinda turar 
ekan, bu xolat o„quvchining ijtimoiy vaziyati bilan bog„liq, ya‟ni maktab 
o„quvchisi ma‟lum bir ijtimoiy maqomga ega bo„lgan shaxs sifatida o„zini qabul 
qilishi bu xisni (to„laqonli emaslik xissini) kamayishidan dalolat beradi.
Yakkol 
“konstruktiv” va “destruktiv” asab-psixika statusi bilan ajralib turgan individual 
xususiyatlar farqlarining natijasi bilan tanishamiz.
Izoh: grafikdagiyuqori chiziq – konstruktiv, quyi chiziq – destruktiv. 
Grafikda ko„rsatilganidek, kichik maktab yoshi o„quvchilari va 
tarbiyalanuvchilarning asab-psixika statuslarida ma‟lum bir o„xshashliklar mavjud. 


80 
Bu xolat rasmda ham yaqqol aks etgan. Ikkala guruhda ham xavotirlik, to„laqonli 
emaslik xissi va ximoyasizlik yuqori ko„rsatkichlarga ega, nizolar va muloqotdagi 
qiyinchiliklar esa o„rtacha ko„rsatkichdan pastrok qiymatlarni ifoda etgan. Ushbu 
ko„rsatkichlar xavotirlik, to„laqonli emaslik xissi va ximoyasizlik kabi ruhiy 
xolatlarning yosh davr bilan bog„liq bo„lgan determinantlikni asoslaydi.
Tadqiqotimizning ikkinchi bosqichida ota-onalarning bolalariga bo„lgan 
munosabatini aniqlash uchun Varga-Stolin metodikasidan foydalandik, shu 
maqsadda ota-ona va tarbiyachilar uchun Pari metodikasi ham ishlatildi (bizning 
tadqiqotga bevosita doir bo„lgan shkalalar tanlab olindi). 
SPSS 
kompyuter 
dasturi 
orqali 
tarbiyachilar 
va 
o„qituvchilar 
ko„rsatkichlarining Mann Uitni korrelyatsiyasini ham o„tkazdik. 
Birlamchi natijalarning tahlilidan so„ng biz konstruktiv va destruktiv asab psixik 
statusga ega bo„lgan bolalarning (tarbiyalanuvchilar va kichik maktab yoshi 
o„quvchilar) ota-onalarini ikki guruhga ajratib oldik. Konstruktiv A-PS ga ega 
bo„lgan ota-onalarning aksariyati o„z bolalarini intergral qabul qilishlari, 
gipersotsial ustanovkalar “mening bolam-omadsiz”dan foydalanmasligi bilan 
ajralib turishini faraz qilgan edik. Destruktiv A-PSga ega bo„lgan bolalar guruhida 
ota-onalarning bolalariga salbiy yondashuvini hisobga olgan edik. 
Ota-onalarning bolaga munosabati xususiyatlari hamda A-PS to„liq mos 
kelishi kuzatilmagan, chunki bolaning kayfiyati faqat ota-onasining unga bo„lgan
munosabati bilan bog„liq emas. 3jadvalda berilganidek,bolaning asab psixika 
statusi ota-onalarning ularga bo„lgan munosabati turiga bog„liq. Ota-onalarning 
qanchalik gipersotsial ustanovkalari kuchli bo„lsa, bolaning asab psixika statusi 
shunchalik salbiy bo„ladi. 
Olingan natijalarga ko„ra, kattalar bolalarni tarbiyalashda tobelikni, ortiqcha 
qo„llab-quvvatlashni, irodasini bo„ysundirishni, pedagogga itoat qilishni 
shakllantirib boradilar. Pedagoglarning bolaga bo„lgan munosabatlarini tahlili 
shuni ifodaladiki, ta‟lim muassasalarida bolaning o„ziga nisbatan bo„lgan 


81 
ishonchni so„ndirish determinanti, passivlikni kuchaytiruvchi, bolada infantillikni 
rivojlantiruvchi ijtimoiy muxit xukm surar ekan.
Bizning tadqiqotda ishtirok etgan pedagoglarda bolaga nisbatan ortiqcha 
talabchanlik, ularning itoat qilishiga urinish, bolaning fikrini inobatga olsa-da, buni 
bildirmaslikka urinish namoen bo„lgan.Kattalarning bolaga bo„lgan bunday 
munosabatida tarbiyalanuvchilardan xavotir olishni ifodalaydi, biroq tarbiyadagi 
bunday yondashuv bolaning ijtimoyilashuv jaraeniga salbiy ta‟sirini ko„rsatadi.
O„tkazilgan statistik-matematik tahlil va olingan natijalarga ko„ra, ilmiy 
farazlarimiz asoslanganligini ifodalaydi va quyidagi xulosalarni taqdim etadi. 
Konstruktiv A-PS ga ega bo„lgan ota-onalarning aksariyati o„z bolalarini intergral 
qabul 
qilishlari, 
gipersotsial 
ustanovkalar 
“mening bolam-omadsiz”dan 
foydalanmasligi bilan ajralib turishi to„g„risidagi farazimiz asoslandi.
Bu esa, destruktiv AP-Sga ega bo„lgan bolalarda ota-onalar bilan qarama-
qarshi munosabatlar ustun bo„lishini ham ifodalab berdi.Bolaga nisbat gipersotsial 
ustanovkalar “mening bolam – omadsiz bola” qanchalik kuchli bo„lsa, maktab 
o„quvchisiga yangi talablar qancha tez ortib borsa – bu xolatlar uning asab psixika 
statusiga salbiy ta‟sir etishi, qiyinchiliklar tug„dirishi aniqlandi. 


82 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin