64
3.1.2-jadval
Ota-onalarning
o„zini-o„zi
va
bolalariga
munosabatlarining
interkorrelyatsiyasi
Ota-onalarning
o„zini-o„zi
baholashi
va
bolaning
baholari
Onaning
o„zini-o„zi
baholashi
Otaning
o„zini-o„zi
baholashi
Onaning
bolasiga
bahosi
Otaning
bolasiga
bahosi
1. Onaning
o„zini-o„zi
baholashi
1
0,451**
0,580**
0,487**
2. Otaning
o„zini-o„zi
baholashi
1
0,355**
0,362**
3. Onaning bolasiga bahosi
1
0,368**
4. Otaning bolasiga bahosi
1
Izoh: **p<0.01
Ota-onalarning o„zini va farzandini baholashidagi ichki korrelyatsiya deyarli
yaqqol ijobiy bog„lanishdagi koeffitsientlarda ifodalandi. Onaning o„zini-o„zi
baholashi boshqa ko„rsatkichlar bilan (r=0,451, r=0,580, r=0,487; p<0.01 );
otaning o„zini-o„zi baholashi ham (r=0,355, r=0,362, p<0.01); onaning farzandiga
bergan bahosi ham (r=0,580, r=0,355, p<0.01); otaning farzandiga bergan bahosida
ham ((r=0,487, r=0,362, r=0,368; p<0.01) ijobiy ichki korrelyatsion bog„liqlik
kuzatildi. Natijalarimiz bunday tus olishining o„ziga xos psixologik sabablari
bo„lishi tabiiy, ya‟ni oilaning bola ijtimoiylashuviga ta‟sir ko„rsatuvchi institut
ekanligi ota-onaning ta‟siri orqali o„zini anglashiga, dastlabki ijtimoiy
tajribalarni
o„zlashtirishiga olib kelishi bilan bog„liq.
Shuningdek, tadqiqotning yana bir maqsadi maktabgacha bo„lgan yoshdagi
bolaning o„zini baholashi, uning uchun ahamiyatga ega bo„lgan
boshqa shaxslar
baholashi bilan bog„liq holda shakllanish xususiyatlarini o„rganishiga e‟tibor
qaratilgan bo„lib, buni o„rganishda Dembo-Rubinshteyn shkalasida baholashning
verbal omillari bilan tig„iz darajada bog„liq bo„lgan variantidan foydalanilgan.
Bunda biz tomonimizdan o„zini baholashda fikrning asoslanishiga,
baholash
65
mulohazalarining chuqurligi va turli-tumanligiga e‟tibor qaratildi (3-jadval).
Dostları ilə paylaş: