O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Psixik jarayonlarning namoyon boʻlish shakllari va ular oʻrtasidagi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

5.3. Psixik jarayonlarning namoyon boʻlish shakllari va ular oʻrtasidagi 
oʻzaro bogʻliqlik. 
Psixik hayot turli-tuman hodisalarda namoyon bo„ladi. Psixik hayot 
hodisalarida psixik jarayonlar, psixik mahsullar va psixik holatlar ajratiladi. 
Psixik jarayon – psixik hodisaning qonuniy, ketma-ket o„zgarishi, uning bir 
stadiya yoki fazodan ikkinchi stadiya yoki fazoga o„tishdir. 
Psixik mahsullar – psixik jarayonlarning natijasidir. Bularga sezgi va 
idroklarning obrazlari, tasavvurlar, muhokamalar, tushunchalar shaklidagi 
subyektiv psixik masullar kiradi. 
Yoqimli va yoqimsiz tuyg„ular, tinchlik-farosat, hayajonlanish va 
ma‟yuslanish, uyg„oqlik va uyqu holatlari, dadillik va taraddudlanib qolish 
holatlarini boshdan kechirish holatlarga kiradi. 
Xilma-xil psixik hodisalarni bilish, emotsional soha (hissiyot sohasi) va iroda 
sohasi deb uchga bo„lish qadimdan bor. Odam ongi faoliyatida zohir bo„ladigan 
ana shu turlar psixik funksiyalar deb ataladi. 
Bilish hodisalari boshqacha aqliy, intellektual jarayonlar deb ataladi. Sezgilar, 
idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq – bilish jarayonlaridir. 
Sezgilar – muayyan paytda sezgi organlarimizga: ko„ruv, eshituv, tuyish, hid 
bilish va boshqa shu kabi organlarimizga ta‟sir etib turgan narsalardagi ayrim 
xossalarning aks etishidir. Masalan, qizil, oqni, shirin, achchiqni, og„ir, yengilni 
sezamiz. 
Idrok - tevarak-atrofimizdagi narsalarning yaxlit holda aks etishidir. Masalan, 
uy, gul, nutq, musiqa va boshqa shu kabilarni idrok etamiz. Narsalar sezgilar 


34 
asosida idrok etiladi. Sezgi va idrok – tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar 
hamda ulardagi xilma-xil xossalarning miyamizdagi obrazlaridir. 
Xotira - narsa va hodisalar hamda ulardagi xossalarning sezgi va idrok orqali 
hosil bo„lgan obrazlari nom - ular miyamizda o„rnashib, saqlanib qoladi va qulay 
sharoitda yana esimizga tushadi. Ilgari idrok etilgan narsalarning esimizga 
tushirilgan obrazlari tasavvurlar deb ataladi. Sezgi va idrok kabi ko„nglimizdan 
kechgan fikr, hislarimiz va qilgan ishlarimiz ham miyaga o„rnashib, saqlanib 
qoladi va yana esimizga tushadi. Idrok etilgan va ko„ngildan kechgan narsalarning 
miyamizga o„rnashib (esimizda qolib), saqlanishi va yana esimizga tushishidan 
iborat bo„lgan ana shu psixik faoliyatga aytiladi. 
Xayol - narsa va hodisalarning idrok orqali miyamizda hosil bo„ladigan 
obrazlardan tashqari, o„zimiz bevosita idrok etmagan narsalar haqidagi tasavvurlar 
ham miyamizdan katta joy oladi. Masalan, ibtidoiy odamning hayot sharoiti 
haqidagi tasavvurlarimiz, Marsdagi hayot haqidagi tasavvurimiz va shunga 
o„xshashlarga aytiladi. Bu tasavvurlar xotiramizda bor ma‟lumotlar asosida 
xayolda (fantaziyada) hosil bo„ladi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin