O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
Nazorat savollari: 
 
1. Psixologiya fanining predmeti haqida tushuncha bering? 
2. Psixikaning zamonaviy va klassik ta‟riflari nimalardan iborat? 
3. Psixik jarayonlarning namoyon boʻlish shakllari va ular oʻrtasidagi oʻzaro 
bogʻliqlik nimalardan iborat? 
4. Psixik mahsullar umumiy ma`lumot bering? 
 
 


36 
6- MAVZU. PSIXOLOGIYANING TARMOQLARI. 
Tayanch tushunchalar: psixologik bilimlar, psixologiya tarixi, antik dunyo, 
empirik psixologiya, ekmperimental psixologik laboratoriya, strukturalizm, 
funksionalizm, bixeviorizm, psixoanaliz, kognitivizm, geshtald psixologiya, 
psixologiya va falsafa. 
 
6.1. AQSH va RFdagi mavjud ba‟zi psixologik tarmoqlar klassifikasiyasi. 
Psixologiya fanini muayyan sohalarga bo„lishda aniq, yaqqol faoliyatining 
psixologik tomoni, insonning jamiyatga nisbatan psixologik munosabati, 
taraqqiyotining psixologik jabhasi asos qilib olingan. Psixologiya sohalarining 
tavsifiga qisqacha to„xtalib o„tamiz. Umumiy psixologiya - umumiy psixologik 
qonuniyatlar, mexanizmlar, murakkab ichki bog„lanishlar, nazariy va metodologik 
printsiplar, ilmiy tadqiqot metodlar, psixikaning filogenetik va ontogenetik 
o„zgarishlarini, ilmiy tushunchalar va kategoriyalar, bilish jarayonlarini amaliy va 
nazariy jihatdan tadqiqot qiladigan soha. Umumiy psixologiya boshqa sohalar kabi 
shartli ravishda qabul qilingan nomdan iboratdir. Psixologiya fanining ilmiy 
tushunchalarini, kategoriyalari (shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ong)ni, 
tadqiqot metodlarini umumiy psixologiyada umumlashtirish uchun uning boshqa 
sohalaridagi tekshirish natijalarini mavhumlashtirish maqsadga muvofiq. Shuning 
bilan birgalikda umumiy psixologiyaning tadqiqot natijalari psixologiyaning 
boshqa sohalari uchun asos bo„lib xizmat qiladi.
Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar, tushunchalar, psixik 
jarayonlar, holatlar, hodisalar, individual-tipologik xususiyatlarni o„z ichiga oladi. 
1. Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol va boshqalar. 2. 
Irodaviy jarayonlar: motiv, motivatsiya, ehtiyojlar, intilishlar, qaror qabul qilish 
kabilar. 3. Hissiy jarayonlar: his-tuyg„ular, emotsiya, kayfiyat, emotsional ton, 
stress, affekt singarilar. Psixik holatlarga psixik jarayonlarning ma‟lum bir 
sifatlarining ko„rinishlari kiradi. Masalan, hissiy jarayonlardan psixik holat sifatida 
kayfiyat, psixik xususiyatlarga qobiliyatlar va boshqalar kiradi.


37 
Umumiy psixologiyadagi bu bo„linish shartli ravishda amalga oshirilgan 
bo„lib, unda jarayon tushunchasi umumiy tadqiq qilinayotgan hodisaning jarayoniy 
xususiyatga ega ekanligi ta‟kidlanadi, xolos. Psixik holat tushunchasi psixik 
holatlarga nisbatan nisbiy statikligini anglatadi. Psixik xususiyat tushunchasi esa 
tadqiq qilinayotgan hodisaning mustahkamligini, qaytaruvchanligini aks ettiradi va 
bu narsa shaxs tuzilishida o„z ifodasini topadi. Umumiy psixologiyadan boshqa 
sohalar, bilimlar asos sifatida foydalaniladi, xuddi shu boisdan u universal 
xususiyat kasb etadi. 
Eksperimental psixologiya - eksperimental metodlar yordamida psixik 
hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan 
ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar o„tkazish asosiy rol o„ynagan. XIX 
asrning o„rtalarida psixologik hodisalar ustidan ilk bor amaliy eksperimental-
psixologik tadqiqotlar o„tkazilgan. Bu fiziologik laboratoriyalarda elementar 
funksiyalarni o„rganish orqali, ya‟ni ilk bor sezgi va idrokni o„rganish bilan 
boshlangan. 
Bu 
tadqiqotlar 
eksperimental 
psixologiyaning 
falsafa 
va 
fiziologiyadan mustaqil, alohida fan sifatida vujudga kelishiga muhim asos va 
obyektiv shart-sharoit yaratib bergan. Eksperimental psixologiya fan sifatida 
ajralib chiqishiga V.Vundt o„zining katta hissasini qo„shgan. Ilk eksperimental 
tadqiqotlar o„zini o„zi kuzatish metodi yordami bilan insonning ichki funksiyalarini 
o„rganishga qaratilgan edi. Keyinchalik eksperimental ishlar turlicha hayvonlarda 
o„tkazila boshlangan. Tadqiqotlarning ko„pchiligi T.L.Morgan, E.L.Torndayklar 
tomonidan olib borilgan. Eksperimental tadqiqotlar orqali faqat psixik 
funksiyalargina emas, balki hissiyotlarning individual variantlari ham tekshirilgan. 
Eksperimental psixologiyaning tadqiqotlari psixologiya sohalarining nazariyasiga 
asos bo„lib xizmat qiladi. 
Pedagogik psixologiya - tarbiya va ta‟lim muammolarini tadqiq qiladigan 
psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya shaxsning maqsadga muvofiq 
rivojlanishi, 
bilish 
faoliyatining 
va 
shaxsda 
ijtimoiy 
ijobiy 
sifatlarni 
tarbiyalashning psixologik muammolarini o„rganadi. Pedagogik psixologiyaning 
maqsadi - o„qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta‟sirini, shart-sharoit va boshqa 


38 
psixologik faktorlardan kelib chiqqan holda kuchaytirishdir. Pedagogik 
psixologiya XIX asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy taraqqiyotning ta‟siri natijasida 
vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari pedagogik psixologiya 
rivojlanishiga katta hissa qo„shganlar. Bundan tashqari, pedagogik psixologiyaning 
fan sifatida taraqqiy etishida o„sha davrda yuzaga kelgan psixologik yo„nalishlar 
ham o„zining ijobiy ta‟sirini o„tkazgan. Bixevioristik psixologiya yo„nalishi 
pedagogik psixologiya uchun asos qilib, tarbiyachi va o„qituvchiga vosita qilib 
tashqi muhit ta‟sirini oladi. Tashqi muhit qanchalik ijobiy ta‟sir qiluvchi omil 
bo„lsa, ya‟ni qulay shart-sharoit vujudga kelsa, demak, shaxsning tarbiyalanishi 
shunchalik ijobiy kechadi. 
Hozirgi zamon pedagogik psixologiya rivojlanishi natijasida insonning 
individual-psixologik farqlari, ijtimoiy-tarixiy tajribalar ta‟siri hamda boshqa 
odamlar o„rtasidagi muloqot, muomala ta‟siri borligini, shuningdek, yana bir 
qancha faktorlarni hisobga olgan holda shaxsni rivojlantiruvchi ta‟lim orqali 
o„qitish va tarbiyalash yotadi. Pedagogik psixologiyani shartli ravishda bir necha 
turga ajratish mumkin: a) ta‟lim psixologiyasi; b) tarbiya psixologiyasi; v) 
o„qituvchi psixologiyasi; g) oliy maktab psixologiyasi kabilar. 
Tibbiyot psixologiyasi - kasallarning davolanishi, gigiyena, profilaktika, 
diagnostika 
jabhalarini 
tadqiq 
qiluvchi 
psixologiya 
sohasi. 
Tibbiyot 
psixologiyasida tadqiqotlar tizimiga kasalliklarning kechishi, ularning shaxs 
psixologiyasiga ta‟siri qonuniyatlari, insonning kasallikdan sog„ayishiga 
mikrosotsial guruh ta‟siri o„rganiladi. Tibbiyot psixologiyasi o„z ichiga klinik 
psixologiya, patopsixologiya, neyropsixologiya kabi bo„limlarni qamrab oladi. 
Tibbiyot psixologiyasi tarkibiga psixoterapiya sohasini ham kiritadilar. 
Tibbiyot psixologiyasining asosiy muammosi kasallikni davolashning inson 
psixologiyasiga ta‟sirini tadqiq qilishdir. Uning asosiy muammosi insonning 
psixologiyasiga ijobiy ta‟sir qiluvchi va shu bilan davolanishni tezlashtiruvchi 
ijobiy davolash muhitini tashkil qilishdir. Psixik hodisalar bilan miyaga fiziologik 
tuzilishlar o„rtasidagi nisbatni o„rganadigan soha - neyropsixologiya. Dorivor 
moddalarning kishi psixik faoliyatiga ta‟sirini tekshiradigan soha - 


39 
psixofarmokologiya. Bemorlarni davolash uchun psixik jihatdan salomatligini 
ta‟minlash chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish bilan shug„ullanuvchi soha -
psixoprofilaktika.
Yuridik psixologiya - huquq doirasidagi munosabatlar odamlarning psixik 
faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o„rganuvchi 
psixologiya sohasi. Eksperimental psixologiya ta‟siri ostida XX asrning boshlarida 
yuridik psixologiya sohasida ilk laboratoriya tadqiqotlari o„tkazilgan. Bu 
tadqiqotchilar guvohlarning ko„rsatmalarini va so„roqolib borish asoslarini 
o„rganishni maqsad qilib qo„ygan edilar. Yuridik psixolog sifatida yozuvchi 
A.K.Doylning qahramoni Sherlok Xolmsni atash mumkin. Yuridik psixologiya 
bo„yicha tadqiqot ishlari o„sha vaqtlarda G.Gross, K.Marbe, V.Shtern, K.Yung va 
boshqa psixologlar tomonidan olib borilgan. Keyinchalik yuridik psixologiyaning 
o„ziga xos tadqiqot yo„nalishlari vujudga keldi: jinoyatchilar shaxsini tadqiq qilish, 
guvohlik 
ko„rsatuvchilar 
ko„rsatmalarini 
tekshirish, 
sud 
psixologiyasi 
ekspertizasining nazariy va amaliy tomonlari ishlab chiqilgan. Yuridik psixologiya 
umumiy psixologiyaning metodlari va o„ziga xos ularning shakllarini qo„llaydi. 
Hozirgi zamonda uning bir qancha bilimlari mavjuddir: kriminal psixologiya, sud 
psixologiyasi, jinoyatchilarni qayta tarbiyalash psixologiyasi yoki axloq tuzatish 
mehnat psixologiyasi kabilar. 
Harbiy psixologiya - harbiy faoliyatning inson psixikasiga ta‟siri, harbiy 
faoliyatning xususiyatlarini psixologik qonuniyatlarini o„rganuvchi, tadqiq 
qiluvchi psixologiya sohasi. Jangchi shaxsining psixologik faktorlarini tekshirish 
harbiy psixologiyasining asosiy muammolaridan biridir. Harbiy jamoalarda 
shaxslararo munosabatlar, komandirlar bilan jangchilar muloqotining psixologik 
xususiyatlari, favquloddagi holatlarda harbiy xizmatdagi kishilar psixikasining 
o„zgarishi, bo„linmalarda psixologik muhit masalasi, harbiy-vatanparvarlik 
tuyg„usini shakllantirish birlamchi muammo ekanligi va hokazo. Harbiy 
psixologiya negizida sotsial psixologiya, mehnat psixologiyasi, muhandislik 
psixologiyasi, pedagogik psixologiya sohalarining nazariy-amaliy materiallari, 
umumbashariy qonuniyatlar yotadi. 


40 
Sport psixologiyasi - sport musobaqalari va mashqlanish faoliyatida inson 
psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini 
tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Mazkur soha XX asrning 60-70-yillarida jadal 
sur‟atlar bilan rivojlana boshladi va uning ilk tadqiqotlari sportchilarning 
individual-psixologik farqlarini o„rganishga qaratilgan edi. Hozirgi davrga kelib 
esa sport psixologiyasi o„rganayotgan muammolar ko„lami kengaydi, shu boisdan 
uning asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotiga ta‟sir 
o„tkazuvchi muhim shart-sharoitlarni yaratib berishdir. Bundan tashqari sport 
psixologiyasi sportchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga, erishgan yutuqlariga 
psixologik yordam ko„rsatish jabhalari bilan ham shug„ullanadi. 
Yosh psixologiyasi - shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini inson 
tug„ilishidan to umrining oxirigacha bo„lgan davrni, ya‟ni ontogenezni 
o„rganadigan psixologiya sohasi.
Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi sifatida XIX asrning oxirida vujudga 
kelgan bo„lib, u fan va texnika taraqqiyoti, jamiyat talabiga binoan bolalar 
psixologiyasi taraqqiyotida qo„llanilgan. Yosh psixologiyasi hozirgi zamonda 
bolalar psixologiyasi, o„smirlik va o„spirinlik psixologiyasi, yetuklik psixologiyasi, 
gerontopsixologiyadan iboratdir. U insonning ontogenezda rivojlanish jarayonida 
psixik holatlarning kechishi, psixik funksiyalarning roli, ularning o„zgarishi, 
harakatlantiruvchi kuchlar, mexanizmlar, ta‟sir o„tkazuvchi obyektiv va subyektiv 
faktorlar, taraqqiyot qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Yosh psixologiyasi umr o„tishi 
bilan psixologik farq, individual-psixologik xususiyatlar o„rganishini o„rganadi, 
tadqiqotlarda madaniy, ijtimoiy-tarixiy, milliy ta‟sirni hisobga oladi. Shuning 
uchun yosh psixologiyasining obyektlari o„ta murakkab bo„lib, taraqqiyotlar 
taraqqiyotini tekshirishni taqozo qiladi. Jahon psixologiyasida to„plangan barcha 
nazariy materiallarga, shu jumladan, genetik modellashtirish (L.S.Vigotskiy) 
metodlariga, egizaklar metodiga va shunga o„xshash o„ta murakkab jarayonlarning 
longityud 
(uzluksiz) 
uslubi 
yordamida 
tekshirishga 
asoslanadi. 
Yosh 
psixologiyasining asosiy vazifalaridan biri - bolani psixik rivojlanishining ijobiy 
shaklda tashkil etilishi, yosh davrlari inqirozi bosqichlari, jarayonlari va paytlarida 


41 
psixologik yordam ko„rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Yosh 
psixologiyasi pedagogik psixologiyaning ilmiy, amaliy, tajribaviy asosi bo„lib 
hisoblanadi, lekin boshqa sohalari bilan ham uzviy alohida faoliyat ko„rsatadi, 
inson kamolotining o„ziga xos xususiyatlari to„g„risida ijtimoiy ahamiyatga molik 
materiallar to„playdi. 
Maxsus psixologiya - normal psixik rivojlanmagan tug„ma yoki keyinchalik 
orttirilgan nuqsonlar, defektlar ta‟siri ostidagi insonlarning psixologiyasini tadqiqot 
qilish sohasi. Uning bir necha bo„limlari mavjud: patopsixologiya - rivojlanish 
jarayonida psixikaning aynishi, miyadagi kasallikning turlicha kechishi, 
psixikaning 
tamoman 
izdan 
chiqishi 
hollarini 
o„rganuvchi 
soha; 
oligofrenopsixologiya - psixik rivojlanishning miyadagi tug„ma asoratlar bilan 
bog„liq patologiyasi to„g„risida tadqiqot ishlarini olib boruvchi soha; 
surdopsixologiya - quloq eshitishining butunlay kar bo„lib qolgunga qadar jiddiy 
kamchiliklari, nuqsonlari bilan shug„ullanuvchi, bolani voyaga yetkazishning 
omilkor yo„l-yo„riqlarini topuvchi, korreksion-tuzatish ishlarini olib boruvchi soha; 
tiflopsixologiya - chala ko„ruvchi va mutlaqo ko„zi ojiz odamlarning psixologik 
rivojlanishini tadqiq qiluvchi soha. Maxsus psixologiyaning yana o„ziga xos tor 
bo„limlari ham mavjud bo„lib, insonlarning kasalligi, nuqsoni, aql-idrok darajasi, 
nutq faoliyati patologiyasiga binoan tadqiqot ishlari olib boriladi. 
Qiyosiy psixologiya - psixologiyaning murakkab bo„limlaridan biri bo„lib, 
psixikaning filogenetik holatlari va ularning shakllarini tadqiq qiladigan soha. 
Qiyosiy psixologiyada hayvonlar psixologiyasi odamlarniki bilan qiyoslanadi, 
ularning xulq-atvoridagi o„xshashliklar va tafovutlar sabablari tekshiriladi, 
harakatlantiruvchi kuchlar, ta‟sir o„tkazuvchi vositalar, omillar aniqlanadi. 
Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning bo„limidan iborat bo„lib, u turli 
guruhlarga, turlarga mansub hayvonlar, jonivorlar psixikasini, ularning xatti-
harakatlarini o„rganadi. Etologiya - biologik va psixologik jabhalar qorishmasidan 
iborat bo„lib, hayvonlarning xatti-harakatidagi tug„ma alomatlar, mexanizmlar 
insonniki bilan umumiy negizga ega ekanligini o„rganuvchi soha. 


42 
Differensial psixologiya - shaxslar o„rtasidagi tafovut va farqlarni hamda 
guruh a‟zolari orasidagi nomutanosibliklarning psixologik tomonlarini, ya‟ni 
psixologik farqlarini o„rganuvchi psixologiya sohasi. Differensial psixologiyaga 
F.Galton asos solgan bo„lib, u individual farqlarni statistik analiz qilish uchun bir 
qancha usullar va asboblar yaratgan. Differensial psixologiya terminini nemis 
psixologi V. Shtern o„zining “Individual farqlar psixologiyasi” (1900 yil) asarida 
ishlatgan. Differensial psixologiyaning asosiy metodlaridan biri - testdir. Avval 
individual testlar, keyinchalik esa guruhiy testlar qo„llanila boshlangan, ular asosan 
aqliy rivojlanishdagi farqlarni o„rganishga qaratilgan bo„lib, muayyan vaqt 
o„tgandan so„ng proyektiv testlar ishlab chiqilgan. Mazkur testlar qiziqishdagi, 
intilishdagi, hissiyotdagi tafovutlarni tekshirishga qaratilgandir. Testlarning faktor 
analizi yoki intellektga oid ma‟lumot beruvchi omillari o„rganilgan. Jahon 
psixologiyasida eng keng yoyilgan nazariyadan biri - bu N.Spirmenning ikki 
faktorli konsepsiyasidir. Bu nazariyaga binoan, har bir faoliyat uchun umumiy bitta 
faktor mavjuddir, bundan tashqari, o„sha faoliyatga qaratilgan xususiy faktor ham 
mavjud. Shu sohaga oid yana bir nazariya L.Tyorston, Dj.Gilford va boshqalarning 
multifaktorlik yondashuvidir. Mazkur nazariya umumiy faktor borligini inkor 
qiladi, unda boshlang„ich aqliy qobiliyatlar asosiy o„ringa qo„yiladi. Psixologiya 
inson qobiliyatlari genetik, biologik omillarga asoslangan, degan g„oya mavjud 
bo„lib, ta‟kidlanishicha, ular go„yoki nasldan naslga o„tadi. Hozirgi zamon 
differensial psixologiya diagnostika, prognostika metodlari yordami bilan 
shaxslarni qobiliyati bo„yicha tanlashda ilmiy prinsip va qonuniyatlarga asoslanadi. 
Psixofiziologiya - odamlarning individual psixologik va psixofiziologik 
farqlarini tadqiq qiluvchi, psixikaning genetikasini o„rganuvchi psixologiya sohasi. 
Hatto differensial psixofiziologiya termini mavjud bo„lib, uni 1963-yilda 
V.D.Nebilitsin tomonidan fanga kiritilgan. Psixofiziologiyaning ikkita asosiy 
tadqiqot yondashuvi mavjud: a) mustaqil amaliy tadqiqotlarda olingan fiziologik 
va psixologik natijalarni o„zaro solishtirish, qiyoslash; b) biron-bir faoliyatda 
fiziologik funksiyalar o„zgarishini o„rganish. 


43 
Ijtimoiy (sotsial) psixologiya - odamlarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, 
bu guruhiy tavsifni, shaxsning guruhiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy-
psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiqot 
qiluvchi psixologiya sohasi. Qadim zamondan ijtimoiy-psixologik voqelik falsafiy 
nuqtai nazardan o„rganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari 
qamrab olinmagan. Ijtimoiy psixologiya faniga asos bo„lib psixologiya, 
sotsiologiya, antropologiya, etnografiya, kriminologiya, falsafa kabi fanlar xizmat 
qilib kelgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida sotsial psixologiyani fan sifatida 
rivojlantirishga ilk urinishlar boshlangan. Jahon jamoatchiligi tomonidan sotsial 
psixologiya 1908-yildan e‟tiboran alohida fan sifatida tan olingan. Bunga asos 
bo„lib bir vaqtning o„zida angliyalik psixolog U.V.Makdugall va amerikalik 
sotsiolog E.Rosslarning tadqiqot natijalari xizmat qildi. Chunki bu ishlarda “sotsial 
psixologiya” termini qo„llanilgan edi. Urushdan keyingi yillarda AQShda va 
boshqa mamlakatlarda sotsial psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar 
o„tkazish jarayoni keng yoyildi. Ayniqsa, AQShda o„tkazilgan Kotornning 
tajribasi, E.Meyoning izlanishlari sotsial psixologiya tarixida asosiy rol o„ynaydi. 
Bu tadqiqotchilarning asosiy obyekti bo„lib kichik guruhlar xizmat qilgan, 
tajribalar laboratoriya sharoitida o„tkazilgan. Sotsial psixologiya fan sifatida 
muloqot, muomala qonuniyatlari, shaxslararo munosabat, individual va guruhiy 
o„zaro ta‟sir, guruhlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, 
ommaviy holatlar va boshqalarni tekshiradi. Sotsial psixologiya bir necha sohalarni 
o„z ichiga qamrab oladi: din psixologiyasi, oila psixologiyasi, muomala 
psixologiyasi, kichik guruh psixologiyasi, katta guruh psixologiyasi, modalar 
psixologiyasi, insonni inson tomonidan idrok qilish psixologiyasi, etnopsixologiya 
va boshqalar. 
Din psixologiyasi - psixologik va ijtimoiy-psixologik omillarning diniy ong 
bilan shartlanganligini, dinning insonga ta‟sirini o„rganuvchi psixologiya sohasi. 
Din psixologiyasi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida vujudga kelgan bo„lib, 
insonni ibodat qilishdagi, diniy an‟analarni, rasm-rusumlarni bajarishdagi hissiyot 


44 
holatlarini o„rganishni o„z oldiga maqsad qilib qo„yadi. Diniy psixologiyani 
o„rganish quyidagi yo„nalishlarda amalga oshirilmoqda: a) umumiy nazariya: diniy 
ong, uning tuzilishi, diniy hissiyot, dinning shaxs shakllanishidagi ahamiyati; b) 
din psixologiyasi differensiatsiyasi: ijtimoiy muhit va tarixiy davrdan shakllangan 
ong va hissiyot tadqiqoti; v) diniy guruh psixologiyasi; g) diniy rasm-rusumlar 
psixologiyasi; d) hurfikrlilik ta‟limi psixologiyasi kabidir. 
Oila psixologiyasi - oilaning psixologiyasini o„rganuvchi fanlararo tadqiqot 
qilishga yo„nalgan psixologiya sohasi. Oila psixologiyasi oilaning psixologik 
muammolarini o„rganadi, u oilaga ta‟sir qiluvchi omillarni, oiladagi rollar 
taqsimlanishi, er-xotin munosabati, shaxslararo munosabat, yosh xususiyatlari, 
jinsiy tafovutlarga asoslanib muloqotga kirishish kabilarni o„rganadi. Oila 
psixologiyasi tomonidan to„plangan materiallar oila mustahkamligini saqlash 
uchun maslahatlar berishda, sotsiologik va psixologik dasturlar tuzishda 
qo„llaniladi. Shuningdek, oila tiplari, tuzilishi, ierarxiyasi, ularga ta‟sir qiluvchi 
obyektiv va subyektiv omillar ham mazkur sohaning tadqiqot predmetiga kiradi. 
Boshqaruv psixologiyasi - jamiyatda faoliyat ko„rsatayotgan shaxslar, 
guruhlar va jamoalar o„rtasidagi ishlab chiqarish bilan bog„liq bo„lgan nazorat, 
baholash, munosabat qonuniyatlarini, rahbar faoliyati va xarakteri, qobiliyati 
xususiyatlarini tadqiq qiladigan ijtimoiy psixologiyaning sohasi. 
Parapsixologiya - hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, 
tushuntirish qiyin bo„lgan psixik hodisalarni o„rganadi. Ekstrasensorika - o„ta 
sezuvchanlik, telepatiya - fikrni masofaga uzatish, kelajakka bashorat qilish va 
hokazo. Parapsixologiyaga nisbatan qiziqish qadimdan mavjud bo„lib, unga 
nisbatan ishonch to hozirgi kungacha kamaygani yo„q, goho uni psixotronika deb 
ham atashadi. Xiromantiya - qo„l kaftiga qarab fol ochish, inson kelajagi va uning 
taqdiri haqida oldindan bashorat qilishdan iborat noilmiy soha.
Psixologik xizmat AQShda 1800-yillardan boshlab rivojlana boshladi. 
AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o`z-o`zini tarbiyalash muammosini 
o`rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot 


45 
koeffitsientini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik «Gaydens» xizmatining 
rivojlanishiga olib keldi. 
Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo`lib, u bu sohada 1894-
yildan ish boshlagan. 1905-yilda Fransiya ta‟lim vazirligi Binega umumiy dastur 
bo`yicha o`qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan murojaat qiladi va 
shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi 
yaratildi. 1909-yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1970-
yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning 
asosiy turini tashkil etdi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi bo`yicha bir 
mutaxassis, ta‟lim psixologiyasi bo`yicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanish 
bo`yicha bir 5 mutaxassisni o`z ichiga oladi. Bunday brigada 800-1000 o`quvchiga 
xizmat qiladi, bir maktabda joylashib, bir necha maktabga xizmat qilishi mumkin. 
1985-yilda Fransiya pedagog-psixologlarining funktsiyalari aniqlab berildi. 
Pedagog-psixolog shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qo`lidan kelgan 
barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga o`qituvchilarni va ota-onalarni 
ham jalb etishi mumkin. Pedagogik psixolog o`z ishida lozim topsa, maktab va oila 
tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus ta‟kidlangan. 
Ko`pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati 
tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. 
Masalan, 1980-yilda Chexoslavakiyada tarbiya masalalari bo`yicha modda maktab 
to`g`risidagi qonunga kiritildi. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni – sog`lom 
shaxsning o`sishini ta‟minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni 
korreksiya qilish, kasb tanlash muammolaridir. Chexoslavakiyadagi psixolog 
maslahatchining asosiy funktsiyasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir. 
Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta‟limida psixologiyadan 
foydalanish borasida urinishlar pedologiya doirasida vujudga keldi. Pedologiya 
rivojlanayotgan va o`sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy 
xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936-yilda pedologik qarashlarni to`xtatish 
haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga rus psixologlari amalga oshirayotgan 


46 
bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to`xtab qoldi. Faqat 60 yillarning 
oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi. 
Sobiq Sovet Ittifoqida birinchi bo`lib Estoniyada 1975-yilda maktabda 
psixologik xizmat tashkil etildi (rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Sierd bo`lib, tarbiyasi 
qiyin o`smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar). Rossiyada 1982-yilda 
maktablarda psixolog shtati ochildi. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik 
xizmatning rivojlanishiga ulkan ulush qo`shgan, u ushbu mavzuda doktorlik 
dissertasiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar muallifidir. 1984-yilda Moskvada 
sobiq sovet ittifoqida psixologiya institutida «SSSRda psixologik xizmat 
muammolari bo`yicha umumittifoq anjumani bo`lib o`tdi. Anjumanda maktabda 
psixologik xizmat sektsiyasi ham ish olib bordi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin