O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Modellashtirishlarning psixologiyalashtirilishi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
7.6. Modellashtirishlarning psixologiyalashtirilishi. 
Kuzatish, so‟roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o‟rganilayotgan 
hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda modellashtirish usuli qo‟llaniladi. 
Bunda o‟sha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, 


65 
o‟sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o‟rganiladi va xulosalar 
chiqariladi. Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bo‟lishi 
mumkin. 
Matematik model asosida o‟rganilgan hodisaga mashhur tadqiqotchilar 
Veber-Fexnerlarning sezgirlikning quyi va yuqori chegarasini aniqlashga 
qaratilgan matematik formulasi hamda shu asosda to‟plangan ma‟lumotlar tahlilini 
misol qilish mumkin. Mantiqiy modellar yordamida ko‟pincha inson aqli va 
tafakkuri jarayonlari va qonunlarini hisoblash mashinalari ish prinsiplari bilan 
qiyoslash orqali tuzilgan g‟oyalar va simvollar ishlatiladi. Kibernetik 
modellashtirishda esa g‟oyalar psixologiyasini EHM dagi matematik 
programmalashtirish tamoyillariga moslashtirish nazarda tutiladi. Hozir ko‟pgina 
murakkab shaxs xususiyatlari ham programmalashtirilgan bo‟lib, ular algoritmlar 
asosda qisqa fursatda ko‟pgina sifatlarni ko‟plab parametrlar nuqtai nazaridan 
hisoblab, natijalarni umumlashtirishga imkon bermoqda. Ko‟pincha matematik 
o‟yinlar g‟oyasi odamlar o‟rtasidagi o‟zaro munosabatlar sohasini o‟rganishda ham 
qo‟llanilmoqda. Ma‟lum bo‟lishicha, odamning fikrlash operasiyalari bilan EHM 
larning ishlash prinsiplari o‟rtasida ma‟lum uyg‟unlik bor ekan, bu esa murakkab 
psixik jarayonlarni modellashtirish orqali inson aqlu-zakovati chegarasini yanada 
kengaytirish istiqbolini beradi. 
Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o‟ziga xos 
metodlari bor. Ular ijtimoiy xulq va alohida individ ichki dunyosini kompleks 
tarzda o‟rganish imkonini beradi. Gap shundaki, ularni o‟z vaqtida va professional 
tarzda qo‟llay bilish va olingan natijalardan to‟g‟ri xulosalar chiqara olishdir. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin