O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

8.2. Diffuz nerv sistemasi. 
Agar nerv tolasining biron joyiga tegilsa, issiq; sovuq, elektr toki, kimyoviy 
moddalar va boshqa shu kabilar bilan ta‟sir etilsa, yoki qo‟zg‟atilsa, nerv 
tolasining qo‟zg‟atilgan joyida maxsus fiziologik jarayonlar ro‟y beradi, buni 
qo‟zg‟alshi deyiladi. 
Agar nerv tolasi yetarli darajada qo‟zg‟atilsa, bu qo‟zg‟alish sodir bo‟lgan 
joyidagina qolmay, balki nerv tolasi bo‟ylab tarqaladi va bir nerv hujayrasidan 
ikkinchi nerv hujayrasiga o‟tadi, nihoyat, qo‟zg‟atish kuchi muayyan darajaga 
yetganda qo‟zg‟alish butun nerv sistemasiga yoyilishi mumkin. 
Nerv to‟qimasida qo‟zg‟alish jarayoni yuz berganda bir qancha hodisalar: 
elektr, ximik, issiqlik hodisalari paydo bo‟ladi. Yonma-yon turgan bir nerv 
hujayrasining aksoni bilan ikkinchi nerv hujayrasining tutashadigan joyi – 
sinapslar borligi tufayli, qo‟zg‟alish nerv tolalarida bir tomonga tarqaladi. 
Miyelin pardasi borligidan, qo‟zg‟alish nerv tolasida ayrim-ayrim tarqaladi. 
Odamning nerv sistemasi hayvonot olamining uzoq evolyutsiyasi jarayonida 
va odamning tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan. Nerv sistemasi 
birinchi marta kovak ichli hayvonlarda ro‟yi rost ko‟rinadi. Bu nerv sistemasi 
butun organizmga yoyilgan ayrim hujayralardan tuzilgan. Masalan, gidroid 


69 
poliplarning nerv sistemasi shunday bo‟ladi. Bu – diffuz tipda tuzilgan nerv 
sistemasidir. Umurtqali hayvonlar bilan odamda nerv sistemasi murakkab 
tuzilgan bo‟lib, uch qismga – markaziy, periferiyadagi va vegetativ qismlarga 
bo‟linadi. 
Nazorat savollari: 
1. Nerv hujayrasi, uning oʻsimtalari va ularni qoplovchi pardalaridan 
qaysilarni bilasiz?
2. Diffuz nerv sistemasini izohlab bering? 
3. Vegetativ nerv markazlari haqida so‟zlab bering? 
 


70 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin