O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
Nazorat savollari: 
 
1. Psixologiya fanining asosiy metodlari haqida ma‟lumot bering?
2. Kuzatish metodi va uning qisqacha tasnifi keltiring? 
3. Soʻrov metodi va uning klassifikatsiyasini tushuntirib bering? 
4. Psixologik testlar va ularning turlari haqida nimalarni bilasiz? 
5. Psixologik eksperiment va uni tashkil etish bosqichlarini izohlang? 


66 
8-MAVZU. NERV SISTEMASINING TUZILISHI
Tayanch tushunchalar: nerv hujayrasi, neyron, qo‟zg‟aluvchanlik, 
o‟tkazuvchanlik, diffuz nerv sistemasi, bosh miya, orqa miya, ketingi miya, o‟rta 
miya, oraliq miya, oldingi miya, uzunchoq miya, varoliy ko‟prigi va miyacha, to‟rt 
tepalik, vegetativ markazlar, miya dastasi, oldingi miyaning o‟ng va chap yarim 
sharlari, bosh miya yarim sharlari po‟stining yuza qismlari, bosh miya po‟stining 
qismlari. 
8.1. Nerv hujayrasi, uning oʻsimtalari va ularni qoplovchi pardalar.
Psixikaning moddiy asosi nerv sistemasi va bosh miya hisoblanadi. Shu 
sababli nerv sistemasining tuzilishini va qanday ishlashini bilmasdan turib, psixik 
hayot hodisalarini tushunib bo‟lmaydi. Nerv siyetemasi nerv to‟qimasidan iborat, 
bu to‟qima esa nerv hujayralaridan tashkil topgan. Nerv hujayrasi protoplazmadan 
tuzilgan tana bo‟lib, ikki turli o‟simtalari bor, bu o‟simtalarning bir xillari kalta, 
boshqa bir xillari uzun bo‟ladi. Kalta o‟simtalari sertarmoq bo‟lib, dendritlar deb 
ataladi. Uzun o‟simtalari aksonlar yoki neyritlar deb ataladi. Har bir hujayrada bu 
o‟simtalar ikkitadan ortiq bo‟lmaydi. Neyrit ikkita parda bilan o‟ralgan. Neyritga 
yopishib turadigan birinchi pardasi yog‟simon parda bo‟lib, uni et parda yoki 
mielin pardasi deb ataladi. Ikkinchi tashqi pardasini shvann pardasi deyiladi. Bu 
pardalar toladan o‟tuvchi nerv qo‟zg‟alishini ajratib turuvchi izolyasiyadek bir 
vazifani o‟taydi. Neyrit, odatda, nerv tolasi, deb ataladi. 
Nerv hujayrasi, uning o‟simtalari va ularni qoplovchi pardalar birgalikda 
neyron deb ataladi Nerv sistemasi juda ko‟p neyronlardan tuzilgan. Nerv tolalari 
miyadan tutam-tutam bo‟lib chiqib nerv stvolini yoki, oddiy so‟z bilan aytganda, 
nervni hosil qiladi. Nerv hujayralari va miyelinsiz tolalar to‟plami miyaning 
kulrang moddasini, miyelinli nerv tolalarining to‟plami esa miyaning oq moddasini 
tashkil etadi. Hujayralar – ularning yadrolari va tolalari sinapslar degan maxsus 
mayda tolachalar yordami bilan bevosita bog‟lanadi (sinaps grekcha so‟z bo‟lib, 
“ilgak” degan ma‟noni bildiradi).
Analizatorlar - bu nerv fiziologik apparat bo‟lib, periferiyadagi nerv uchidan 


67 
(reseptor) sezuvchi nervdan( o‟tkazish yo‟li) va miya qobiqining tegishli 
qo‟zg‟atuvchini qabul qiluvchi sohasidan iboratdir. 
I.P.Pavlovning birinchi va ikkinchi signal tizimlari to‟g‟risidagi ta'limoti 
ilmiy psixologiya uchun katta ahamiyatga egadir. 
Hayvonlar uchun borliq katta yarim sharlaridagi ta'sirlagichlar va ularning 
izlari bilan signallashib ular organizmning ko‟rish, eshitish reseptorlariga bevosita 
kelib turadi. Bu birinchi signallar tizimi bo‟lib, odam va hayvonlarda umumiydir. 
So‟zlar ikkinchi, maxsus insoniy signal tizimini tashkil etadi. So‟zlar narsa va 
hodisalardan kelayotgan signallarning o‟rnini egallagani uchun I.P.Pavlov 
tomonidan "signallar signali" deb nomlangan. Ikkinchi signal tizimining faoliyati 
birinchi signal tizimidan ajralmagan holda bevosita bog‟liq tarzda boradi. Ikkinchi 
signallar tizimi tafakkur va nutqning fiziologik asosi hisoblanadi.
Refleksning klassik tushunchasi yordamida psixik faoliyat asoslarini 
tushuntirishdagi muhim kamchilik shundan iboratki, refleks tizimi inson 
psixikasining idora etuvchi va o‟zgartiruvchi rolini tushuntirib bermaydi. 
I.P.Pavlovning shogirdlari va izdoshlari bu kamchilikni reflektor organik tizimi 
tushunchasini reflektor halqasi tizimi tushunchasiga o‟zgartirish yo‟li bilan 
yechishga intildilar. 
Har bir nerv hujayrasi, ya'ni neyron yadrosi bo‟lgan juda ko‟p tarmoqlangan 
kalta o‟simtalar - dendritlar va bitta uzun o‟simta - aksondan iborat hujayradan 
tashkil topgan. Turli nerv hujayralarining tutashgan joyi sinaps deyiladi va u bir 
neyrondan boshqasiga impulslarni o‟tkazish (to‟xtatish yoki ushlab qolish)ni 
ta'minlaydi. Nerv hujayralari to‟plami miyaning kulrang moddasini, nerv 
tolalarining to‟plami esa miyaning oq moddasini tashkil etadi. Nerv to‟qimasi 
o‟ziga xos xususiyatlarga ega bo‟lib, ular qo‟zg‟aluvchanlik va o‟tkazuvchanlik 
asosiy xususiyatlar hisoblanadi. 
Markaziy nerv tizimi bosh va orqa miyadan iborat. Orqa miya umurtqa 
pog‟onasining kanalida joylashgan bo‟lib, nerv to‟qimasidan iborat. Orqa miya 
ikkita yarim, ya'ni o‟ng va chap qismlardan iborat bo‟lib, ularni uzunasiga ketgan 
oldingi va orqa kesiklar ajratib turadi.


68 
Nerv sistemasining maxsus xossalari bor, bu xossalardan asosiylari 
qo‟zg‟aluvchanlik va o‟tkazuvchanlikdir. Bu xossalar shundan iborat. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin