O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Soʻrov metodi va uning klassifikasiyasi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
7.3. Soʻrov metodi va uning klassifikasiyasi. 
Odamlarni so‟roq qilish, u yoki bu bilmagan yoki qiziqtirgan narsalarni so‟rab 
o‟rganish insonga xos xislat. Ko‟cha-kuyda ketayotganimizda ham vaqtni yoki 
ko‟chalar nomini so‟rovchilar bo‟ladi. Katta tadbirlar arafasida, mustaqillik, 
“Navro‟z” bayramlari arafasida odamlar kayfiyatlarini bilish uchun ham oddiy 
odatiy so‟roqlar o‟tkazilishi rasm bo‟lgan. Lekin bu hayotiy usul psixologiyada 
ham fikr-o‟ylarni o‟rganish orqali qimmatli ilmiy ma‟lumotlar to‟plash vositasi 
sifatida qadrlanadi. Shuning uchun so‟roq metodlari psixologiyaning barcha 
tarmoqlarida birlamchi ma‟lumotlar to‟plashning an‟anaviy usullaridan 
hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo‟yilgan qator 
savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo‟ladi. 
Og‟zaki so‟roqni yoki ba‟zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, 
o‟tkazadigan shaxs unga ma‟lum darajada tayyorgarlik ko‟rgach so‟roq o‟tkazadi. 
Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo‟lmasa, 
so‟rov o‟z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so‟rovchi ushbu metod 
yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo‟lgan noyob ma‟lumotlarni 
to‟plash imkoniga ega bo‟ladi. 
Yozma so‟roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir 
vaqtning o‟zida ko‟pgina odamlar fikrini o‟rganish mumkin bo‟ladi. Unga 
kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o‟z 
fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‟rovnomalar aniq va 
ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo‟lsa, 
shubxasiz, qimmatli birlamchi materiallar to‟planadi. 
So‟roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‟lib, 
birinchisida oldindan nimalar so‟ralishi qat‟iy belgilab olinmaydi, ikkinchi 
shaklida esa, xattoki, komp‟yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir 
xil talablar doirasida so‟roq o‟tkazilishi nazarda tutiladi. So‟rovlar o‟tkazilishida 


61 
hal qilinishi lozim bo‟lgan eng muhim masalalardan biri so‟raluvchilarni 
tanlashdir. Chunki agar saylovoldi kompaniyalarida yoki talaba-yoshlarning o‟z 
ijtimoiy harakatini tuzish borasidagi fikrlari o‟rganilganda, tabiiy bir muammo 
paydo bo‟ladi: necha kishini va qayerlardan so‟rash lozim, degan. Tanlov 
obyektini tanlashda uning tarkibiga kiruvchilarning u yoki bu ijtimoiy qatlamga 
mansubligi muim rol o‟ynaydi. Masalan, talaba yoshlarning fikrini o‟rganish uchun 
barcha talabalar fikrini mutloq o‟rganish shart emas. Tanlov agar 10% deb 
belgilansa, O‟zbekiston oliy o‟quv yurtlarida tahsil olayotgan barcha talabalar 
sonidan kelib chiqib, o‟shaning 10% i o‟rtasida, bir necha oliygohlarda so‟roq 
o‟tkazilishi kifoya qiladi. Barcha nafaqaho‟rlarning ijtimoiy himoya borasidagi 
fikrlarini o‟rganish kerak bo‟lganda ham shu tamoyil nazarda tutiladi. Demak, 
tarkiban monand guruhlar ajratib olingach, tadqiqotchi o‟sha guruhning tushunish 
darajasi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, so‟roq o‟tkazadi yoki intervyular 
uyushtiriladi. 
Savolnomalarda savol berish tartibi va mazmuni ham katta ahamiyatga ega. 
Yoshlarga “Siz vatanparvarmisiz?” yoki jamoatchilikka “Siz tinchlik 
tarafdorimizsiz?” kabi savollar oldindan javobi aniq bo‟lgani uchun ham odatda 
respondentlarga havola etilmaydi. Psixologik nuqtai nazardan o‟sha vatanparvarlik 
belgilarining namoyon bo‟lishini savollarda mujassam etish yoki dunyoda tinchlik 
bo‟lishi uchun har bir insondan nimalar talab qilinishini o‟rganish birinchidan, turli 
xil fikrlarni to‟plashga yordam beradi, ikkinchidan, ijtimoiy xulqning turli 
qirralarini aniqlashga imkon beradi. Yanada sodda qilib aytilsa, odamga “Siz 
aqllimisiz?” degan savolni intellektual darajani aniqlashga imkon beruvchi 
savollar, topshiriqlar yoki testlar bilan almashtirishni nazarda tutadi. 
Ko‟pincha psixologik so‟rovlarda odam o‟z fikrini ochiq va erkin bayon etishi 
uchun ismi-sharifini aytmasligi tavsiya etiladi, bu anonim so‟rov deyiladi. Ba‟zi bir 
so‟rovnomalarda esa “Ismingiz” deyish o‟rniga “O‟zingiz o‟ylab topgan ism-
sharifingiz?” deb ham qator ajratiladi. Bu ham anonim so‟rov o‟tkazish usuli 
sifatida oxirgi yillarda qo‟llanib kelinmoqda. Xulosa qilinadigan bo‟lsa, shuni 
aytish kerakki, so‟rov metodlari inson psixologiyasini o‟rganish, uning 


62 
dunyoqarashi, saviyasini aniqlashning qimmatli usulidir. Lekin uni professional 
tarzda to‟g‟ri ishlatish va natijalarni to‟g‟ri tahlil qilish juda katta amaliy 
ahamiyatga egadir. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin